Maket Akusherlik 2013. pmd



Download 10,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet256/513
Sana13.01.2022
Hajmi10,01 Mb.
#355334
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   513
Bog'liq
akusherlik va ginekologiya

Piyelonefrit – 

homiladorlikning eng jiddiy og‘irlashuviga sabab

bo‘luvchi buyrak oraliq to‘qimalari va jomlarining kasalligidir.

Piyelonefritni keltirib chiqaruvchi sabablari, asosan, homiladorlik

paytida kattalashgan bachadon tanasining siydik yo‘llarini qisishi nati-

jasida siydik oqishining susayishi, o‘tkir va surunkali yuqumli kasal-

liklar, chaqiruvchi o‘choqlar (angina, surunkali kolit, tishlar kariozi

va boshqalar)dan infeksiyaning gematogen yo‘llar bilan buyrakka

tushishi oqibatida buyrak oralig‘i to‘qimalari va jomining yallig‘lanishiga

olib keladi. Piyelonefritda ko‘pincha homiladorlik og‘ir o‘tadi. Piyelo-

nefritni ko‘pincha ichak tayoqchasi qo‘zg‘atadi. Tana harorati ko‘-

tarilib, ayol qaltiraydi, bel sohasida og‘riq paydo bo‘ladi, ahvoli yo-

monlashadi. Siydigida leykotsitlar, epiteliy hujayralari va bakteriyalar

topiladi. Pasternasskiy simptomi musbat bo‘ladi.

Bemorlar davolanganda aksari tuzalib ketadi. Homiladorlikda

qovuq ham yallig‘lanishi mumkin.

Davolashda homiladorlikning birinchi yarmida penitsillin, ok-

satsillin, ampioks yoki ampitsillinni 8–10 kun davomida qo‘llash

tavsiya etiladi. Homiladorlikning ikkinchi davridan boshlab, 5 NOK,

furadonin, makkajo‘xori popugining damlamasi qo‘llash tavsiya

etiladi.

Glomerulonefrit

 – buyrak koptokchalarining birlamchi immun

yallig‘lanishidir. Bu kasallikda ikkala buyrakning ham shikastlanishi

ko‘riladi. Kasallik homiladorlik va tug‘ruqda ko‘p asoratlar keltirib

chiqaradi. Eklampsiya, ona qornida homilaning o‘lishi va va perina-



225

tal o‘limga olib keladi. Ba’zan esa platsentaning barvaqt ko‘chishi,

homilani chala hamda giðotrofik tug‘ilishi kuzatiladi.

Pirovard natijada, bevosita onalar o‘limiga sabab bo‘lishi mum-

kin. Klinik ko‘rinishi bo‘yicha siydik tahlilida mikrogemoturiya,

mikroprotenuriya, silindruriya va yuzda, qovoqlarda shishlar bilan

xarakterlanadi.

Surunkali glomerulonefritda bemorlarning yuzi shishgan bo‘lib,

ularning oyoqlarida, bel sohasida, qornida xamirsimon yumaloq

shishlar paydo bo‘ladi, qo‘l bilan bosilsa uzoq muddat saqlanuv-

chi chuqurchalar qoladi.

Bemorlarda bir vaqtning o‘zida arterial giðertenziya va nefrologik

belgilar yig‘indisi kuzatilsa, bu surunkali glomerulonefritning ara-

lash shakli bo‘lib, kasallik juda og‘ir kechadi.



Davosi:

 giðotiazid, oksadolinlar tavsiya etiladi. Qon plazmasi,

albumin, protein venasiga yuboriladi. Giðotenziv dorilardan foy-

dalaniladi. Glomerulonefrit bo‘lgan homilador ayol doimo nefro-

log, terapevt, akusher ginekolog kuzatuvida bo‘lishi shart.


Download 10,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   513




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish