teshigi to‘la ochilishi bilan yakunlanadi.
137
BACHADON BO‘YNINING OCHILISH DAVRI
Tug‘ruqning birinchi davrida bachadon bo‘yni sekin-asta te-
kislanadi va bo‘yin kanalining tashqi teshigi bachadon bo‘sh-
lig‘idan homila chiqib ketishi uchun yetarli darajagacha ochiladi.
Dard tutishi tufayli bachadon bo‘yni tekislanib, tashqi teshigi
ochiladi. Dard tutgan vaqtda bachadon tanasining muskullarida
quyidagi jarayonlar ro‘y beradi:
a) muskul tolalari qisqaradi bu jarayon –
kontraksiya
deyiladi.
b) qisqarayotgan muskul tolalari joyidan siljiydi, ularning
o‘zaro joylashuvi o‘zgaradi, bir biri bilan chalkashib, qisqarishni
kuchaytiradi –
retraksiya
deyiladi.
Dard tutguncha uzunlik bo‘yicha ketma-ket yotgan muskul to-
lalari dard tutgach kaltalanadi, qo‘shni tolalar qavatiga siljib kira-
di, bir-biriga yonma-yon yotadi.
Bir dard tutishi bilan ikkinchi marta dard tutguncha o‘tadigan
davr (pauza)da muskul tolalarining siljiganligi saqlanib turadi. Nav-
batdagi dard tutishi (bachadon muskullarining qisqarishi) vaqtida
muskul tolalarining retraksiyasi kuchayadi, shunga ko‘ra bachadon
devorlari tobora qalin tortadi.
Bundan tashqari, retraksiya tufayli bachadonning pastki segmenti
cho‘ziladi, bachadon bo‘yni tekislanadi va bo‘yin kanalining tashqi
teshigi ochiladi. Buning sababi shuki, bachadon tanasining qisqara-
yotgan bo‘ylama muskul tolalari bachadon bo‘ynining doiraviy
(sirkulyar) muskullarini chetga va yuqoriga tortadi, ayni vaqtda
bachadon bo‘ynining kanali dard tutishi sayin kengayaveradi – bu
holat
distraksiya
deb ataladi.
Qog‘onoq suvlarining bachadon bo‘yni kanali tomonga siljishi
ham bachadon bo‘ynining ochilishiga yordam beradi. Har bir dard
tutishida bachadon muskullari homila tuxumiga, asosan, qog‘onoq
suvlariga tazyiq ko‘rsatadi. Bachadon tubi va devorlarining bir tekis
qisishi (tazyiq ko‘rsatishi) tufayli bachadon ichi bosimi oshadi va
qog‘onoq suvlari bachadon bo‘yni kanalining ichki teshigiga,
ya’ni qarshilik yo‘q tomonga intiladi (65-rasm). Qog‘onoq suvlari-
ning tazyiqi ostida qog‘onoq pardasining pastki qutbi bachadon
devorlaridan ko‘chib, bachadon bo‘yni kanalining ichki teshigiga
ponasimon shaklda kiradi. Homila tuxumi pastki qutbi pardalarining
shu qismi qog‘onoq suyuqlig‘i bilan birga bachadon bo‘yni kanaliga
kiradi va
homila pufagi
deb ataladi.
138
Dard tutgan vaqtda homila pufagi tarang-
lanib va bachadon bo‘yni kanaliga tobora
chuqur kirib, bu kanalni ichkaridan ken-
gaytira boradi.
Shunday qilib, bachadon bo‘ynining
teshigi: a) bachadon tanasidagi bo‘ylama
muskullar qisqarishi munosabati bilan ba-
chadon bo‘yni doiraviy muskullarining
cho‘zilishi (distraksiya) hisobiga, b) ta-
ranglashgan homila pufagining bo‘yin ka-
naliga kirib, unga gidravlik pona kabi ta’sir
etishi bilan shu kanalni kengaytirishi hiso-
biga bachadon bo‘yni ochiladi. Bachadon
bo‘ynining ochilishiga sabab bo‘ladigan aso-
siy omil – bachadoninng qisqarishi (dard
tutishi)dir; dard tutishi tufayli bachadon
bo‘ynining distraksiyasi ham ro‘y beradi,
bachadon ichidagi bosim ham ko‘tariladi, natijada homila pufagi
taranglashib, bachadon bo‘ynining teshigiga kiradi.
Bachadon retraksiyasida bachadonning bo‘ynigina emas, pastki
segmenti ham cho‘ziladi. Bachadonning bo‘g‘zidan va bachadon
tanasining eng pastki bo‘limidan iborat bo‘lgan pastki segment
birmuncha yupqa devori, undagi muskul elementlari bachadonning
yuqori segmentidagiga nisbatan kamroq. Pastki segmentning
cho‘zilishi homiladorlik vaqtidayoq boshlanadi va tug‘ruq vaqtida
yuqori segment muskullari (kavak muskul) retraksiyasi tufayli
kuchayadi.
Dard tutishi avjiga chiqqach, qisqaruvchi kavak muskul (yuqori
segment) bilan bachadonning cho‘zilayotgan pastki segmenti
o‘rtasidagi chegara sezila boshlaydi. Bu chegara
Do'stlaringiz bilan baham: