qorin devori orqali paypaslab bilish mumkin. Birinchi marta
tekislanishi va bo‘yin kanalining ochilishi bir xilda bo‘lmaydi.
139
Bachadon bo‘ynining kanali kengaygan sari bachadon bo‘yni kal-
talashadi va nihoyat, butunlay tekislanadi (yoziladi), faqat tashqi
teshik yopiq turaveradi. Keyinchalik tashqi teshik cho‘zilib, chetlari
yupqa tortadi, teshik ochila boshlaydi (66- va 67-rasmlar).
Takror tug‘ayotgan ayollarda bachadon bo‘ynining tashqi te-
shigi homiladorlik oxiridayoq picha ochiq turadi (68-rasm), undan
barmoq uchi bemalol o‘tadi. Bachadon bo‘ynining ochilish davrida
ichki teshikning ochilishi va bachadon bo‘ynining tekislanishi bilan
deyarli bir vaqtda tashqi teshik ham ochiladi (69–70-rasmlar).
66-rasm.
Birinchi marta
tug‘ayotgan ayol bachadonining
bo‘yni ochilish davrida; bachadon
bo‘yni tekislangan:
1–ichki teshikka mos keladigan joyi;
2–tashqi teshik (akusherlik teshigi) bir
barmoq sig‘arli ochilgan.
67-rasm.
Birinchi marta tug‘ayotgan
ayol bachadonining bo‘yni
tekislangan, tashqi teshigi to‘la
ochilgan:
1–ichki teshikka mos keladigan joyi; 2–
tashqi teshik cheti (kambar jiyak
shaklida).
2
1
2
1
68-rasm.
Òakror tug‘ayotgan ayol
bachadonining bo‘yni ochilish davri
boshlangan:
1–ichki teshik; 2–tashqi teshik; bo‘yin
kanali bir barmoq sig‘arli ochilgan.
69-rasm.
Òakror tug‘ayotgan ayol
bachadonining bo‘yni. Bachadon
bo‘yni yuqori yarmining tekislanishi va
ayni vaqtda tashqi teshikning ochilishi:
1–ichki teshikka mos keladigan joyi; 2–
tashqi teshik (ichki teshik bilan bir va-
qtda ochilmoqda).
2
1
2
1
Tashqi teshik sekin-asta ochiladi. Dastlab teshik bir barmoq
uchini o‘tkazadi, keyin ochiq teshikdan ikkita va undan ortiq bar-
140
moq o‘tadi. Teshik ochilgan sayin chetlari tobora yupqa tortadi,
ochilish davrining oxiriga yaqin teshik chetlari kambar yupqa jiyak
shakliga kiradi. Teshik taxminan 10–12 sm kengaygach, to‘la ochil-
gan deb hisoblanadi. Teshik shuncha ochilganda yetuk homilaning
boshini va tanasini o‘tkazadi.
Har bir dard tutgan vaqtda qog‘onoq suvi homila tuxumining
pastki qutbiga intiladi, homila pufagi taranglanib (to‘lishib), teshik-
ka suqilib kiradi. Dard tutib bo‘lganda qog‘onoq suvi qisman yu-
qoriga siljiydi, homila pufagining tarangligi picha kamayadi. Homi-
laning oldinda yotgan qismi chanoq og‘zida qimirlab turadigan
bo‘lguncha qog‘onoq suvi homila tuxumining pastki qutbiga va
teskariga bemalol siljib turadi. Homila boshi pastga tushgach, hamma
tomondan bachadonning pastki segmentiga tegib turadi va bacha-
don devorining shu qismini chanoq og‘ziga qisib ushlaydi. Homila
boshining pastki segmenti devorlari bilan o‘ralgan joyi
Do'stlaringiz bilan baham: