Maket Akusherlik 2013. pmd


Homilador ayolning ovqati



Download 10,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/513
Sana13.01.2022
Hajmi10,01 Mb.
#355334
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   513
Bog'liq
akusherlik va ginekologiya

Homilador ayolning ovqati. 

Homila-


dorlik vaqtida to‘g‘ri ovqatlanish ayolning

sog‘lig‘ini saqlash uchun va qorindagi

homilaning normal rivojlanishi uchun

g‘oyat muhim ahamiyatga egadir. Homiladorlik vaqtida to‘g‘ri

ovqatlanmaslik onaning turli kasalliklar bilan og‘rishiga yo‘l ochadi

va homilaning noto‘g‘ri rivojlanishiga sabab bo‘ladi.



63-rasm.

Homilador ayol siynabandi.



64-rasm.

Homilador ayol bandaji.




132

Homilador ayollarning ovqatlanish tartibi: 1) shu davrda ayol

organizmida ro‘y beradigan fiziologik o‘zgarishlarni; 2) ona va

homila organizmiga yetarli miqdorda oqsil, yog‘, tuz va vitaminlar

yetkazib berish zarurligini hisobga olib tuziladi.

Homiladorlikning birinchi yarmida alohida parhez qilishning

hojati yo‘q. Homilador ayol asosiy oziq moddalarning hammasi

bo‘ladigan odatdagi ovqatlarni yeyaveradi. Ovqat rang-barang va

mazali qilib tayyorlanishi kerak.

Homiladorlikning dastlabki oylarida ayol ehtiyoj sezsa, o‘tkir va

sho‘r ovqatlar (selyodka, ikra, tuzlangan karam, sho‘r bodring

va hokazo) yeyish ruxsat etiladi. Odatda, homiladorlikning III —

IV oyida ayolning bosh qorong‘iligi qoladi. Homiladorlik boshlarida

ko‘p ayollarning ko‘pincha ertalab ko‘ngli ayniydi. Bunday hollarda

ertalab yotgan joyda ovqat yeyish, shundan keyingina o‘rindan

turish tavsiya etiladi.

Homiladorlikning ikkinchi yarmida, asosan, sutli-o‘simlik

ovqatlari buyuriladi. Go‘sht va baliq ovqatlar taqiqlanmaydi-yu,

me’yori bilan yeyiladi. Sut, kefir, qatiq, suzma, smetana, qay-

moq, sariyog‘, sabzavot, kartoshkadan tayyorlangan ovqatlar,

bo‘tqa, shirguruch kabilar tavsiya etiladi. Meva-sabzavotni (ay-

niqsa, karam, sabzi va hokazo) xomligicha yeyish juda foydali,

chunki ularda homilador ayol sog‘lig‘i va qornidagi bolaning

rivojlanishi uchun zarur vitaminlar ko‘p. Homiladorlikning ikkin-

chi yarmida go‘shtni haftada 3—4 marta yeyish kerak. Hayvon

oqsillarining qo‘shimcha miqdori tuxum, pishloq, suzma va boshqa

sutli mahsulotlar ko‘rinishida iste’mol qilinadi. Go‘sht va baliq

solingan suyuq oshlar o‘rniga sutli va sabzavotli suyuq oshlar

iste’mol qilinadi. Alkogolli ichimliklar, garmdori, murch, xantal

(gorchitsa), xren, sirka va boshqa o‘tkir dorivorlar taqiqlanadi.

Homiladorlikning ikkinchi yarmida tuzni evi bilan iste’mol

qilish zarur. Modomiki shunday ekan, sho‘r ovqat yeyish tavsiya

etilmaydi. Ichiladigan suyuqliq miqdorini kamaytirib, kuniga 4—5

stakanga tushirish kerak.

Yuqorida aytilgan parhez jigar, buyrak va homiladorlik vaqtida

zo‘r berib ishlaydigai boshqa a’zolarning normal funksiyasi uchun

zarur. Homiladorlik vaqtida ona organizmi va qorinda o‘sayotgan

homilaning vitaminlarga ehtiyoji oshadi. Vitaminlar yetishmasligi

organizmning yuqumli kasalliklarga chidamini va mehnat qobiliya-

tini kamaytiradi; vitaminlar yetishmaganda raxit, singa, asab ti-




133

zimining kasalliklari va boshqa kasalliklar avj oladi. Homiladorlik

vaqtida vitaminlarni yetarli iste’mol qilmaslik natijasida homila

noto‘g‘ri rivojlanishi, bola tushishi, barvaqt tug‘ilishi mumkin.

Modomiki shunday ekan, homilador organizmining hayot fao-

liyati uchun eng muhim vitaminlar bo‘lgan ovqatlarni iste’mol

qilib turish tavsiya etiladi.


Download 10,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   513




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish