Shayh Kamol Turbatiy – Ko‘p diqqatlik va tobe‘lik kishi erdi (ya‘ni, nozik ma‘noli she‘rlari bor, iste‘dodli shoir - S.G‘.). Xofiz g‘azallariga ko‘p muxammaslar yozgan‖ shoirdir. Navoiy Mashhadda yashagan paytlari qattiq xastalanganida Shayh Kamol Turbatiy undan xabar olgani, u bilan tez-tez yaxshi suhbatlashib turgani haqida bayon etadi.
Darvesh Mansur – sabzavorlik shoir, uning aruz, badiiy san‘atlar haqidagi asarlari bor. ―Faqir aruzni Darvesh qoshida o‘qubmen, Darvesh qirq bilan ellik yoshinda olamdan o‘tdi‖, deya e‘tirof etadi Navoiy.
Astrabodlik Xoja Hasan Xizrshoh – nasta‘liq xatini yaxshi yozgan bu shoir
―Layli va Majnun‖ qabilida ―Zayd va Zaynab‖ nomli masnaviy bitgani, yana bir shoir Xoja Mas`ud Qumiy Husayn Boyqaro tarixini, ―Yusuf va Zulayho‖, ―Shams va Qamar‖, ―Tig‘ va qalam‖ nomida doston hamda munozara yozgani haqida ma‘lumotlar berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |