Xoja Yusuf Burxon – mashhur shayh Ahmadi Jomiy avlodidan, tasavvuf bilimdoni bo‘lgan mazkur shoirni Navoiy ―musiqiy ilmni ham yaxshi bilur erdi va faqir musiqiy fanida aning shogirdimen. Ko‘proq o‘z she‘rig‘a musiqiy bog‘lar erdi.
―Isfahon‖ amalini yaratgan‖, deb yozadi.
Mavlono Javhariy – samarqandlik shoir, ―Siyar un-nabiy‖ (Payg‘ambar xislatlari) nomli asari bor, aruzni bag‘oyat chuqur tushungan shoir. Yetti qalamda ham xatni go‘zal yozgan. U ilmi musiqiy va advor (musiqa nazariyasi) va boshqa sohalarni puxta bilgan deb ta‘riflanadi.
Andijonlik shoirlar Mavlono Safoiy va Yusuf Bade`iylar bilan Navoiy Samarqandda ekanida uchrashgan. Yusuf Bade‘iy keyin Hirotga kelgan, yaxshi suhbati bor, aruzni yaxshi bilar edi, deydi Navoiy.
Mirzobek – insoniyat va xushaxloqlikda Xuroson va Samarqandda yagona bo‘lgan bu shoir yosh vafot etgani aytiladi. Xondamir ―Makorim ul-axloq‖ asarida Mirzobekning otasi Amir Sulton Hasan ekanligi va ular ―Ko‘p ichish orqasida o‘lib ketgan‖ini yozgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |