137
Май 2021 10-қисм
Тошкент
TARBIYASI OG’IR BO’LGAN O’SMIRLAR BILAN ISHLASH.
Sufibekova Shaxnoza Abduraxmanovna
Toshkent shahar Yashnobod tuman
230-maktab psixologi.
Annotatsiya:
ushbu maqolada tarbiyasi og’ir bo’lgan o’smir o’quvchilar bilan ishlash haqida
ma’lumot beriladi.
Kalit so’zlar:
psixolog, maktab, bilim, ota-ona, o’qituvchi.
Inson umrining o’smirlik bosqichida, bizningcha, asosan ikkita xatarli jihat paydo bo’ladi. Uning
bittasi-kattalarga taqlid qilish, ikkinchisi – o’smirning oilada va maktabda nazoratn chetda qolish.
Shu ikki jihat katta yoshdagi odamlar e’tiboridan tashqari, o’z oqimida, maqsadga muvofiq, tarzda
kechadigan bo’lsa, oqibat tarbiyasi qiyin deb ataluvchi o’smirlar paydo bo’lishiga olib keladi.
Birinchi jihatni tahlil qilib ko’raylik,
chunonchi, o’smirlik bosqichidagi o’g’il va qizlarda
ilk «kattalik» hissi yuzaga keladi. Bu yoshdagi o’smir munosabat uslubini o’zgartiradi,
axloq
mazmuni ham keskin o’zgaradi. Kattalarning tashqi qiyofasi, yurish-turishi, ko’zga tashlanadigan
ayrim tomonlari o’smir shu davrga tezroq yetish istagini uyg’otadi.
Jumladan modaga qiziqish, o’ziga aro berish, o’zgacha «madaniy» horqdiq chiqarish, mulzamat
qilishga intilish kabilar. Ular ko’pincha talablarga, katta yoshdagi kishilarga, televizor va kinolarda
ko’rgandlariga taqlid qiladi. O’z tasavvurida nimani ommabop deb hisoblasa, xuddi shu narsani
namuna tarzida qabul qiladi. O’smirda o’z-o’zini va o’zgalarni baholash mezoni ana shu tariqa
yuzaga keladi. Shuning uchun unda yangi his-tuyg’ular, orzu-umidlar, sevgi haqidagi kitob solish
holatlari ko’zga tashlanadi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, o’smirda dastlab kattalga taqlid qilish odati kuchli bo’ladi.
Shuning uchun, ota-ona va yaqin kishilar bu jihatni o’smir huzurida doim esda tutishlari, o’zaro
munosabatlarida, yurish-turishlarida, unga namuna bo’larli maqomda turishlarizarur. O’qituvchilar
maktab jamoa tashkilotlari rahbarlari haqida ham ayni mulohazani bildirish ma’qul.
Endi ikkinchi jihatga diqqat qilsak, bunda engsh xatarli tomon-o’smirning beqaror yigitchalar
bilan muloqotga kirishishidir. Bunday kishilar uni noto’g’ri, egri yo’lga
boshlaydilar, o’z
shaxsiyatini ko’zlab yashashga o’rgatadilar.
Shuni aytish joizki, bo’sh vaqtni nazoratsiz o’tkazishga o’rgangan o’smir ko’cha-kuyda bevaqt
va behuda yuradigan bo’lib qoladi. Bunday sharoitda ayniqsa pulga ruju qilgan o’smir turli xil
qonunbuzar ishlarni amalga oshirishga kirib ketishi ehtimoldan holi emas. Shunga ko’ra, har bir
ota-ona o’z o’g’il yoki qizining bo’sh vaqtini maqsadga muvofiq o’tkazishni ta’kidlashi zarur.
O’smirni bo’sh vaqtlarida nazoratsiz qoldirish noxush kechinmalar sari yetaklaydi.
Bolalari maktabda kelib qayoqqa yuradi, kimlar bilan uchrashadi, o’rtoqlari kim – buni ota-ona
albatta bilishi, doimo kuzatib aniqlashi kerak. Agar o’smirning yurish-turishi nazorat qilinmasa,
bamaylixotir yurishga o’rganib ketadi va keyin uni bunday xulqdan qaytarib olish qiyin kechadi.
Har qanday holatda o’smirni haqorat qilish, uni kaltaklash mutlaqo chramaydi. Aksincha uning
salbiy odat va xatti-harakatlari, axloqiy jihatdan aynishlari oqibatini shirin so’z bilan ko’z oldiga
keltirib, ishonchli dalillar bilan tushuntirish zarur.
Psixologiya fanida inson xulq-atvoridagi o’zgarish, goho chetga og’ish hodisasi ijtimoiy hayot
bilan bog’liqligi haqida umumiy qonuniyat mavjud. Jahon psixologlari olib borgan tadqiqotlar
tarbiyasi qiyin o’smirlarning paydo bo’lishga ijtimoiy muhitdan tashqari
pedagogik-psixoloik
omillar ham sabab bo’lishini ko’rsatmoqda.O’smirlar harakatlarini izchil va uzluksiz o’rganishщ,
ulardagi chetga og’ish ko’rinishlari turlicha bo’lishini ta’kidlamoqda. Oiladagi nosog’lom muhit va
sharoit ham tarbiyasi qiyin o’smirlarning yashashi va o’qishi uchun imkoniyatlar, qulay sharoitlar
yo’qligi uning ruhiy dunyosiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Unda ota-onasidan norzilik hissi kundan-
kunga avj olib ichki tug’yonga aylanadi. Alamdan chiqish ustun kelganda, o’smir ba’zi noxush
hatti-haraktgacha borib yetishi mumkin. Biroq u o’zida bu kezda alamli kechinmalarni idrok
qilolmaslik, nojo’ya qilmishini darrov payqab olmasligi ham ehtimol. Oilada ota-ona o’rtasida
samimiy munosabatning bo’lmasligi, ichimliklar iste’mol
qilinishi, chayqavchilik, sudxo’rlik,
xalq mulkini talash kabi nopok ishlar bilan shug’ullanish o’smirning ruhiy dunyosida yomon iz
qoldiradi. «Qush uyasida ko’rganini qiladi» deganlaridek, o’smir ham ota-onasi orqasidan ketishi
mumkin. Ba’zan esa u oiladagi bunday jirkanch holatni ko’rmaslik uchun o’z uyini tark etgan