44
2
)
zamonaviy didaktik vositalar
(texnik vositalar, o‘quv
qurollari)dan foydalanish
malakasiga egalik
5. Ekstremal kompetentlik
1
)
favqulotda holatlarda (tabiiy
ofatlar sodir bo‘lganda,
texnologik jarayon ishdan
chiqqanda) oqilona qaror qabul
qilish, to‘g‘ri harakatlanish
malakasiga egalik
2
)
muammoli vaziyatlarda
(pedagogik ziddiyatlar
yuzaga
kelganda) oqilona qaror qabul
qilish, to‘g‘ri harakatlanish
malakasiga egalik
Shunday qilib, bozor munosabatlari sharoitida mehnat bozorida yuzaga
keladigan kuchli raqobatga bardoshli bo‘lish ehtiyoji har bir mutaxassisni o‘zida
kasbiy kompetentlik va unga xos sifatlarni tarkib toptirishga undaydi. Lug‘aviy
jihatdan “qobiliyat”, mazmunan esa “faoliyatda nazariy bilimlardan samarali
foydalanish, yuqori darajadagi kasbiy malaka, mahorat va iqtidorni namoyon eta
olish” ma’nosini anglatuvchi kompetentlik negizida muayyan sifatlar namoyon
bo‘ladi. Xususan, pedagogga xos kasbiy kompetentlik negizida ijtimoiy, maxsus
(psixologik, metodik, informatsion, kreativ, innovatsion hamda kommunikativ),
shaxsiy, texnologik va ekstremal kompetentlik kabi sifatlar aks etadi. Bir qator,
xususan, A.K.Markova hamda B.Nazarovalarning tadqiqotlarida pedagogik
kompetentlikning tarkibiy asoslari qayd etib o‘tilgan. Pedagogning kasbiy
kompetensiyasi pedagogik (o‘quv va tarbiya) jarayonni samarali, muvaffaqiyatli
tashkil etilishini ta’minlaydi. Kasbiy kompetensiyaga ega bo‘lish uchun pedagog
o‘z-o‘zini izchil rivojlantirib borishga e’tiborni qaratishi zarur. O‘z-o‘zini
rivojlantirishda pedagogga “Individual rivojlanish dasturi” qo‘l keladi. Zero,
ushbu dasturda pedagogda mavjud bo‘lgan kompetentlik sifatlari va rivojlantirish
zarur bo‘lgan sifat, BKMni aniq, xolis ifodalash mumkin. Pedagogik muloqot -
qulay psixologik muhit yaratish maqsadida o’qituvchining o’quvchi bilan dars va
undan tashqaridagi haqiqiy mulqotdir.
Hozirgi zamon psixologiyasi shaxslararo muloqotning ahamiyatini chuqur
o’rganmoqda. Ayniqsa muloqot qonuniyatlarini bilish hamma muloqot o’rnatish
malakalari va qobiliyatlarini rivojlantirish pedagog uchun, ayniqsa muhimdir.
Negaki, uning kasbiga ko’ra vazifasi ham agar u o’quvchilarni o’zi bilan
45
birgalikdagi faoliyatga unumli talab qila bilgan, tarbiyaning maqsadlari va
vazifalariga javob bervadigan tarzdagi o’zaro birgalikdagi harakat va o’zaro
hamjihatlikni yo’lga qo’ya olgan, ya`ni to’laqonli pedagogik muloqotni o’rnata
olgan taqdirdagina, muvaffaqiyatli hal etilishi mumkin.
Pedagog faoliyatining didaktik va xususan tarbiyaviy vazifalarini o’qituvchi
bilan o’quvchilar jamoasi o’rtasidagi sermahsul muloqat jarayonini tashkil
etmasdan turib yetarli darajada unimli tarzda amalga oshirib bo’lmaydi. Shu tariqa
pedagog faoliyatida muloqat;
Do'stlaringiz bilan baham: