«Mahsus fanlar» kafedrasi «avtomobillar tuzilishi, txk va ta`mirlash» fanidan tayyorlangan Dars №1 Mavzu: Kirish, Avtomobillarning umumiy tuzilishi



Download 3,74 Mb.
bet73/82
Sana15.04.2022
Hajmi3,74 Mb.
#554494
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   82
Bog'liq
Avto tuz TXK Tuplam......

Ishchi tormoz tizimi asosiy xisoblanib, traktor yoki avtombilning tezligini xar qanday sharoitda o’zgartirish va to’la to’xtatishlar uchun ishlatiladi.
To’xtatib turuvchi tormoz tizimi xaydovchisiz traktor va avtomobilni faqat qiyalikda ushlab turish uchun ishlatiladi.
YOrdamchi tormoz tizimi mashinani qiyalikdagi xarakatni oshirmay bir xil ushlab turish, traktorlarda esa keskin burilish paytida ishlatiladi.
Zaxiradagi tormoz tizimi ishchi tormoz tizimi buzilgan paytda xarakatni biroz pasayishini ta’minlash uchun ishlatiladi.
Bundan tashqari traktorlar va avtomobillar tirkalma aravani tormozlash uchun tormoz uzatmalari bilan ham jixozlangan.
Tormozlashni tormoz tizimi, dvigatel yordamida va ikala usulni birdaniga ishlatib amalga oshirish mumkin.
Birinchi xilida xarakatga qarshilik tormoz mexanizmi yordamida xosil qilinadi.
Ikkinchi usulda qarshilik tirsakli valni g’ildiraklar yordamida aylantirilishidan xosil bo’ladi. Bu vaqtda iloji boricha tsilindr ichiga yonilg’i berilmasligi kerak. Agar traktor yoki avtomobil transmissiyasida pastki uzatmalar ulangan bo’lsa tormozlash samarali bo’ladi.
Uchunchi usulda ikkinchi usulda xosil qilinayotgan qarshilikka tormoz mexanizmlarida xosil qilinayotgan qarshilik qo’shiladi. Tormozlashni keskinligi bu holda ortadi va tormoz yo’li 20…30 foizga kamayadi.
Tormoz tizimi tormoz mexanizm iva tormoz uzatmasidan iborat.
Tormoz mexanizmlarining xillari va tuzilishi
Tormoz mexanizmi ishqalanish kuchini xosil qilib, g’ildiraklar yoki transmissiyaning Biron bir o’qini aylanishlar tezligini kamaytiradi. Tormoz mexanizmi joylanishiga ko’ra g’ildirak tormozlari va transmissiya tormozlariga bo’linadi.
Ishqalanish xosil qiluvchi detalning tuzilishi bo’yicha tormoz mexanizmilentali, kolodkali va diskali turlariga bo’linadi.
G’ildirakda joylashgan tormoz mexanizmi bevosita g’ildirak gubchagida tormoz kuchini xosil qiladi.
To’xtatib turuvchi tormoz esa markaziy (transmissiya o’qiga) yoki g’ildiraklarning bir qismiga qo’yilgan bo’ladi.
CHopiq traktorlarida esa faqat markaziy tormoz tizimlari qo’llanilgan.
Lentali tormozlar soda yoki qalquvchan xillariga bo’linadi. Soda lentali tormoz transmissiyaning o’qiga qatirilgan baraban va ishqalanishi yuqori bo’lgan qoplagich 5 parchinlangan (yopishtirilgan) lenta 4 dan iborat, 9.2-rasm. Lentaning bir uchi tortqi 7 orqali karterga rostlovchi gayka 8 yordamida qatirilgan. Ikkinchi uchi esa ikki yelkali richag 3 va tortqi 2 orqali tepki 1 ga bog’langan. Prujinalar 9 lentani tormozlash tugagandan so’ng barabandan ajratsa, tayanch vinti 10 esa lentani osilib qolishidan saqlaydi.
Tormozlash uchun tepki 1 bosiladi, natijada tortqi 2 ikki yelkali richag 3 orqali lenta 4 ni tortadi va barabanni tormozlaydi.
Bu tormozning kamchiligi shuki, tormozlash barabanini faqat bir tomonga aylanish vaqtidagina amalga oshiriladi, chunki lentaning bir tomoni qatirilgan bo’lib, tormozlash paytida tortilmaydi.
Qalquvchan lentali tormoz shu kamchiliklardan xoli bo’lib, tormozlash paytida lentaning ikala uchi xam tortiladi. SHuning uchun bu tormoz zanjirli traktorlarda va ayrim g’ildirakli trktorlarda qo’llaniladi.
Kolodkali tormoz (8.6-rasm) xarakatlanuvchi baraban 5, yuzasiga ishqalanishi yuqori bo’lgan qoplama 7 parchinlangan (yopishtirilgan) kolodka 6 va kulachok 4 lardan iborat. Prujina 9 tormozlanish tugagandan so’ng kolodkani barabandan ajratadi.
Tormozlash uchun tepki 1bosiladi. Natijada richag 3 ning o’qiga joylashtirilgan kulachok 4 aylanib (strelka bo’yicha), prujinalarning kuchini yenggan xolda kolodkalarni keradi va ishqalanishi yuqori bo’lgan qoplamani barabanga yopishtirib, ishqalanish kuchini (tormoz kuchini) xosil qiladi. Bunday tormoz asosan avtomobillarda keng qo’llanilgan.
Diskali tormozlar ko’p diskli yoki bir diskli bo’lishi mumkin. ko’p disklida ishqalanuvchi qoplamaga ega bo’lgan aylanuvchi disklar qo’zg’almas disklarga qisilib ishqalanish kuchini xosil qiladi.
Bir disklida aylanayotgan diska ishqalanuvchi qoplamaga ega bo’lgan aylanmaydigan kolodkalar (yoki kolodkalarni bir qismi) qisilib ishqalanish kuchini xosil qiladi, 8.8-rasm. Bunday tormozlar g’ildirakli traktorlarda keng tarqalgan.
Zanjirli traktorlarning tormozlari. Zanjirli traktorlarda, asosan, qalquvchan lentali tormozlar qo’llaniladi. Ular ham planetar mexanizmida, xam yarim o’qlarida o’rnatilgan bo’ladi. Planetar mexanizmidagi tormoz traktorni burilishida qo’llaniladi, keskin burilish paytida esa ham planetar mexanizmining tormozi, xam yarim o’qlardagi to’xtatish tormozi ishlatiladi. Odatda planetar mexanizmining tormozi tortilgan, to’xtatish tormozi bo’shatilgan bo’ladi.










Download 3,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish