4.4. Paxta tolasining pishib etilganligini aniqlash
Pishib yetilganlikni aniqlashdan maqsad - qutblangan yorug‘lik va
namunaning havo o‘tkazuvchanligini bilishdir.
Paxta tolasining pishib yetilganligini aniqlash uchun paxta tolasidan namuna
tanlab olish, namuna piltasini sinashga tayyorlash O‘z DSt 604 va O‘z DSt 618-
standartga muvofiq bajariladi.
Paxta tolasi pishib yetilganligi ko‘rsatkichi bo‘yicha qabul qilish va yetkazib
berishda sinash usuli uning havo o‘tkazuvchanligi hisoblanadi.
Pishib yetilganlikni qutblangan yorug‘lik bo‘yicha aniqlash usuli asosan
standart namunalarni attestatsiyalash va graduirovka ishlarida, zarur bo‘lganda
arbitraj sinashlarda qo‘llaniladi.
Ushbu standart talablari majburiy hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |