Mahsulotlar sifatini aniqlash va sertifikatlash



Download 3,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/164
Sana31.12.2021
Hajmi3,5 Mb.
#271668
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   164
Bog'liq
mahsulotlar sifatini aniqlash va sertifikatlash

Mikroneyrning ishlashi
Ishni boshlashdan oldin - elektr kompressor elektr tarmoqqa (220 volt)
ulanadi. Kompressordan havo rezinali shlangdan havo kamerasiga ko‘tariladi,
so‘ng porshen kameraning eng yuqori nuqtasiga ko‘tariladi (25-rasm).
Mikroneyrni ishga tayyorlash
Birinchi navbatda tarozining kolibrovkasi qilinadi. Buning uchun mikroneyr
ko‘rsatkich shkalasida romb shaklida bo‘linma bor. Taroziga tosh (8 gr) qo‘yiladi,
ammo ko‘rsatkichning strelkasi rombning o‘rtasida turish kerak, buni taroz va havo
kamerasining orasidagi uzatma vint bilan to‘g‘rilanadi. Tarozning kolibrovkasidan
so‘ng yuqori va pastki mikroneyr ko‘rsatkichining kolibrovkasiga o‘tiladi. Ishchi
kamerasiga kolibrovkali shaybani joylashtiriladi, plunjerni ko‘tarib (richagni
tushirib), ishchi kameraning tepasida joylashgan o‘ng vint bilan mikroneyrning
yuqori nuqtasi kolibrlanadi.


98
25-rasm. Mikroneyr chizmasi
1 - tarozi; 2 - mikroprotsessor;      3 - kamera; 4 - richag; 5- shkala; 6 - strelka;
7- vakuum-klapan
So‘ng klapan yordamida ishchi kamerasidan havo chiqariladi va
mikroneyrning nol ko‘rsatkichi kolibrlanadi. Bundan keyin plunjerni tushirib
(richagni ko‘tarib), kolibrovkali shaybani chiqariladi.
Mikroneyrni aniq kolibrovka qilish uchun kolibrovkali toladan foydalaniladi.
Kolibrovkali tola paxtaning navi bo‘yicha aniq bo‘linmaydi, ammo mikroneyrni
past ko‘rsatkichi bilan kolibrovkali tola paxtaning past navlari uchun, yuqori
ko‘rsatkichi bilan kolibrovkali tola paxtaning yuqori navlari uchun ishlatiladi.
Mikroneyrning ko‘rsatkichlarida kolibrovkali tola 2,1 mic.dan 6,0 mic.gacha
bo‘ladi. Kolibrovka uchun mikroneyr taro-zida yoki elektron tarozida, 8 gr
kolibrovkali tolani o‘lchab va keyin ishchi kamerasiga joylashtiriladi, so‘ng ishchi
kamerasining qopqog‘i yopilib va plunjer ishlash holatiga ko‘tariladi (richagni
tushirib).
Mikroneyr ko‘rsatkich strelkasi kolibrovkali tolaning ko‘rsatkichini aniqlash
uchun kerak. Agar mikro-neyr ko‘rsatkichi kolibrovkali tola-ning ko‘rsatkichi
bilan teng bo‘lma-sa, bunda uskunaning kolibrovkasi qaytariladi. Kolibrovkadan
so‘ng plunjer tushiriladi, ishchi kamera-sining qopqog‘i ochilib kolibrovkali tola
chiqariladi.
Paxta tolasining mikroneyrini aniqlash uchun o‘rtacha namuna olinadi,


99
tarozda 8 gramm paxta tolasi tortilib ishchi kamerasiga solinadi. Ishchi
kamerasining qopqog‘i yopilib, plunjerni ishchi holatiga keltiriladi va mikroneyr
ko‘rsatkichi shkalasi bo‘yicha yozi-ladi. So‘ng plunjer tushiriladi, ishchi
kamerasining qopqog‘i ochiladi va paxta tolasining namunasi olinadi.
Paxta tolasining partiyasidan 10 % namunasidan mikroneyr ko‘rsatkichi
yoziladi.
Sinash usullarini nazorat qilish uchun maxsus tartibda tasdiqlangan paxta
tolasining standart (etalon) namunalari qo‘llaniladi.
Paxta tolasining chiziqli zichligi — tola massasini uning uzunligiga nisbati
aniqlaydigan kattalikdir. Bu ko‘rsatkich tolaning qalinligini aniqlaydi.
Mikroneyr ko‘rsatkichi namunadagi tola qalinligining havo o‘tkazuvchanlik
bo‘yicha xarakteristikasidir.
Ba’zi bir seleksiya navlari uchun mikroneyr ko‘rsatkichi mikro-grammni
duymga nisbatida bo‘lgan chiziqli zichlik bilan to‘g‘ri kelishi mumkin.
Xalqaro kelishuvlarga binoan bu ko‘rsatkich paxta tolasining har xil seleksiya
navlari uchun shartli mikroneyr shkalasi birligida qo‘llaniladi.
Sinalgan namunalarning massasi shu tipdagi asbob uchun o‘zgarmas va u
g‘o‘zaning seleksiya naviga bog‘liq emas.
Namunalarni sinashdan avval iqlim sharoitda, harakatdagi havo oqimi ostida
kamida 4 soat yoki harakatsiz havo oqimi ostida 12 soat davomida yoki namuna
vaznining o‘zgarishi 2 soat davomida 0,25 foizdan oshmagan hollarda undan kam
vaqt davomida ushlab turiladi.
Mikroneyr ko‘rsatkichini aniqlash uchun LPS-4 qurilmasi qo‘llanilganda
sinash uchun namuna massasi 9,0±0,02 g. Sinash uchun namuna kichik-kichik
qismlarda qurilmaning kamerasiga tolalarning to‘p-to‘p bo‘lib yig‘ilib qolishiga
yo‘l qo‘yilmaydigan qilib joylashtiriladi. Zichlashgan va yig‘ilib qolgan tolalar
albatta qo‘l bilan titiladi. Namuna orqali qurilmaning konstruksiyasiga bog‘liq
bo‘lgan ma’lum bosim (yoki oqim) ostida havo oqimi yuboriladi. Asbob shkalasi
bo‘yicha hisob ± 1 foiz aniqlikda bajariladi.
Mikroneyr va LPS-4 asboblarida mikroneyr ko‘rsatkichini aniqlash uchun


100
ishlatilayotgan namuna sinash oldidan paxta analizatoridan o‘tkazilmaydi.

Download 3,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish