Mahsulotlar sifatini aniqlash va sertifikatlash


Paxta tolasidan namuna tanlab olish va sinash uchun tayyorlash



Download 3,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/164
Sana31.12.2021
Hajmi3,5 Mb.
#271668
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   164
Bog'liq
mahsulotlar sifatini aniqlash va sertifikatlash

Paxta tolasidan namuna tanlab olish va sinash uchun tayyorlash
Sinash uchun namunalar rangi va iflosligi bo‘yicha tashqi ko‘rinish namunalari
bilan solishtirilib, nuqtadan olinadigan namunalarnig bir xilligi aniqlangandan
so‘ng tanlab olinadi. Agar paxta tolasining sifati nuqtalardan olingan turli
namunalarda har xil bo‘lsa, sinash uchun namunalar nuqtadan olingan bir xil
namunalarning har bir guruhidan alohida tanlab olinadi. Nuqson va iflos aralash-
malarning massaviy ulushi hamda mikroneyr ko‘rsat-kichi uchun namuna, nuq-
tadan olingan namunalar ikki tarafining har xil joyidan olingan bir xil tutamdan
tashkil topadi.
Sinash uchun olingan na-munalarning massasi va soni qo‘llaniladigan sinash
usuli bo‘yicha belgilanadi.
Paxta tolasining shtapel massa uzunligi, chiziqli zichligi, pishib yetilganligi
va so-lishtirma uzilish kuchi ko‘r-satkichlarini tekshirish uchun namuna nuqtadan
olingan namunalarning ikki tarafidan, hammasi bo‘lib, umumiy massasi 4-5 g
bo‘lgan 16-20 tutam paxta tolasi olinadi.
Olingan qismdan nuqsonlar va iflos aralashmalar olib tashlanadi va uni to‘rtta
bo‘lakka bo‘linadi. Namuna piltasini tayyorlash uchun har bir bo‘lak ketma-ket
PPL asbobidan o‘tkazilib, tortib tekislanadi.
Birinchi, ikkinchi nav paxta tolalari tortib tekislash asbobi PPL dan kamida
uch marta, uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi nav paxta tolalari esa kamida besh
marta o‘tkaziladi. So‘ngra har bir pilta ko‘ndalang teng ikki bo‘lakka bo‘linadi.
Har bir piltaning bir bo‘lagidan iborat to‘rtta bo‘lak ikkitadan ustma-ust qo‘yiladi
va tortib tekislash asbobi PPL dan 3-5 marta o‘tkaziladi. Piltaning qolgan
bo‘laklari tashlab yuboriladi. Yangi olingan ikki pilta ham yana ikkiga bo‘linadi,


88
har bir piltaning bir bo‘lagidan iborat ikki bo‘lak ustma-ust qo‘yilib, yana tortib
tekislash asbobi PPL dan 3-5 marta o‘tkaziladi. Piltaning qolgan bo‘laklari tashlab
yuboriladi.
PPL asbobining tortib tekislovchi valiklar orasidagi masofa paxta tolasining
uzunligiga qarab, 32-jadvalga muvofiq belgilanishi kerak. Yakuniy pilta tayyorlash
uchun namuna piltasi bo‘ylab mas-sasi 190-200 mg bo‘lgan qism ajratiladi, bu
qism tolalarning chigallarini yozgan va tekislagan holda sinchiklab tekshiriladi.
Qolgan iflos, tuguncha, paxta tolasiga va kalta paxta momig‘iga ega qobiq pinset
bilan tozalanadi. Shu tartibda tekshirilgan paxta tolalarining yaxshi parallellanishi
maqsadida tortib tekislash asbobi PPL dan o‘tkaziladi.
                                                                                                                32-jadval
Paxta tolasining klassifikator
uzunligi, mm
PPL asbobining tortib tekislovchi
valiklari orasidagi masofa, mm
26,1 gacha
Paxta tolasining uzunligi +3
26,2 dan - 32,1 gacha
Paxta tolasining uzunligi +4
32,2 va undan yuqori
Paxta tolasining uzunligi +5
Olingan 175-180 mg massaga ega bo‘lgan yakuniy piltaning kengligi 25 mm
dan oshmasligi kerak.
Tola sanoat navlarining pishganlik koeffitsiyentlari va uzilish kuchi
                                                                                                     33-jadval
Ko‘rsatkich
Navlar bo‘yicha meyor
0
I
II
III
IV
V
V ko‘pi
bilan
kamida
Pishganlik koeffitsiyenti
2,1
2,0
1,8
1,6
1,4
1,2
1,2
Uzilish kuchi sN
4,9
4,4
3,9
3,4
3,0
2,5
2,5


89
Paxta tolasini klasser usulda va HVI sistemasida Xalqaro standartlar bo‘yicha
sinash uchun nuqtadn olingan namuna ishlatiladi. Namuna tanlash, tolaning uzilish
kuchi va chiziqli zichligini aniqlash Paxta tolasi O‘z DSt 618- ga muvofiq
pishganlik darajasi va uzilish kuchiga qarab I, II, III, IV, V navlarga bo‘linadi, u
33-jadvalda berilgan talablarga muvofiq bo‘lishi kerak.

Download 3,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish