9.8.
Haydovchi quduqlarni o„zlashtirish
Agar ishlatish quduqlarini o‗zlashtirishdan maqsad qatlamning berilgan
parametrlari bo‗yicha mumkin bo‗lgan yuqori mahsuldorlik koeffitsientini olish
bo‗lsa, haydovchi quduqlarni o‗zlashtirishdan maqsad mumkin bo‗lgan ko‗proq
yutilish va qabul qiluvchanlik koeffitsientini olish bo‗lib, uning haydaladigan suvni
miqdorining oshish qiymatini haydash bosimining o‗zgarish nisbatiga teng bo‗ladi.
2
1
2
1
P
P
Q
Q
К
m
yoki differensial ko‗rinishida quyidagi ko‗rinishda
dp
dQ
К
m
Katta maxsuldorlik koeffitsient
K
m
-ni olish uchun qatlamga hisobiy miqdordagi
suv nisbatan kichik bosimda haydaladi. Bu qatlam bosimini ushlab turishda energetik
xarajatlarni qisqartiradi va haydovchi quduqlarni sonini kamaytirishga olib keladi.
Haydovchi quduqlar qatlamning suvga to‗yingan (kontur chegarasida) va
neftga to‗yingan (qatorlarni kesishini yoki kontur ichida) qismlarida burg‗ilanadi.
Haydovchi quduqlarni o‗zlashtirish usullari har xildir. Agar birinchi quduqlar
birdaniga suv haydash uchun o‗zlashtirilsa, ikkinchi quduqlar esa ma‘lum bir muddat
davomida neft olish uchun hamda quduq zonasida qatlam bosimini pasaytirish uchun
ishlatiladi. Agarda haydash uchun bir qator haydovchi quduqlar kontur ichida
o‗zlashtirilsa, ulardan keyin esa neft qazib olish uchun quduqlar o‗zlashtiriladi.
Navbatdagi qator esa maksimal neft qazib olishda ishlatilad, undan keyingi
navbatdagi qatordagi quduqlar esa haydash uchun o‗zlashtiriladi, yana navbatdagi
qator esa – ishlatishda qo‗llaniladi va hokazo.
Haydovchi quduqlar qatoridan maksimal neft olishni imkoniyati shunday
darajada bo‗ladiki, uni mahsuloti tarkibiga haydovchi qo‗shni suv quduqlar
tomonidan chuchuk suv kirib kelishi kerak. Bunday tartibda o‗zlashtirishni shunday
shakllantirish kerakki, haydaladigan suvning chiziqli fronti qatlamning neftga
to‗yingan qismiga, siqiladigan neft esa ishlatish quduqlar qatoriga yo‗nalishi kerak.
Haydovchi quduqlar o‗zlashtirilishini qiyinchilik darajasi bo‗yicha uchta
guruhga bo‗linadi.
I-guruh. Quduqlar nisbatan bir jinsli qumoqtosh yaxshi o‗tkazuvchan
2
12
10
7
,
0
5
,
0
m
qatlam qalinligi 10 metrdan katta bo‗lgan yaxlit qatlamlarda
burg‗ilangan. Ular oddiy usullarda o‗zlashtiriladi. Quduq yaxshilab yuvilgandan
keyin qatlamning quduq tubi zonasida drenaj kanallarini hosil qilish uchun quduq
jadal porshenlanadi. Bunday quduqlar yuqori solishtirma qabul qiluvchanlikka (1
metr qalinlikdagi qatlamga 0,25 m
3
/kun) ega ekanligi va 700-1000 m
3
/kundan yuqori
bo‗lgan barqaror sarf bilan ishlaydi.
365
II-guruh. Gilli qatlamchali qatlamlarda quduqlar ochilganda qumoqtoshlar past
o‗tkazuvchanlikka ega bo‗ladi. Qumoqtoshli qatlamchalarni umumiy qalinligi 6
metrdan 12 metrgacha bo‗ladi. Bunday quduqlarda o‗rtacha solishtirma qabul
qiluvchanligi I-guruhdagi quduqlarga nisbatan 2 marta kichik bo‗ladi. II-guruhdagi
quduqlar qiyin o‗zlashtiriladigan quduqlar guruhiga kirib, maxsus o‗zlashtirish
usullarini qo‗llashni talab qiladi yoki butun kompleks usullar qo‗llaniladi. Yutilish
xususiyatini sekinlatish va qabul qiluvchanligi bo‗yicha tadbirlarni qo‗llashni davriy
to‗xtatilishi bilan tavsiflanadi.
III-guruh. Quduqlar ochiladigan qatlamlar gilli qatlamchalar navbatma-navbat
o‗tkazuvchan qumoqtoshlardan umumiy kichik qalinlikdan va past o‗tkazuvchan
tavsifga ega. Solishtirma qabul qiluvchanlik koeffitsienti 0,1 m
3
/(kun.MPa) kichik
emas.
Bunday quduqlarni o‗zlashtirishda haydash jarayoni bir necha oylar davom
etadi va quduqning tubini zonasiga samarali ta‘sir qilish uchun eng zamonaviy
texnologiyalar qo‗llaniladi. Masalan, oraliqlararo qatlamni gidravlik yorish, kislotali
ishlov berish va yuqori bosimda haydash. III-guruhdagi quduqlarning qabul
qiluvchanligi tezda sunadi va 2-3 oydan keyin esa quduqda oqimni qayta tiklash
ishlarini amalga oshirish bo‗yicha qattiq talablar qo‗yiladi, ya‘ni haydaladigan
suyuqlikning tarkibida cho‗kmalar va temir oksidlari bo‗lmasligi kerak.
Haydovchi quduqlarni o‗zlashtirishda quyidagi texnik usullardan foydalaniladi:
1. To‗g‗ri va teskari yuvishni 1200-1500 m
3
/kun sarf kattaligida teskari yuvish
oqimda amalga oshirilganda uning tarkibida kichik miqdordagi va muallaq holatdagi
zarrachalar barqaror miqdorda bo‗lishi kerak. Yuvish 1’3 kun davom etadi.
Suv uzatmalaridan yoki maxsus tindirilgan sig‗im idishlarida tayyorlangan
halqali sxema yordamida yuvuvchi suvlarni haydashda nasos agregatlaridan
foydalaniladi. Shuning uchun chiquvchi va haydovchi suvlarning tarkibidagi muallaq
cho‗kmalarning miqdori qattiq nazorat qilinadi. Umuman olganda hamma jarayondan
keyin quduq yuviladi, uning yutish sig‗imdorlik holati o‗rganiladi.
2. Quduq tubi zonasini tozalash uchun jadalli drenaj hosil qilinadi.
Drenaj har xil usullarda amalga oshiriladi:
a) Porshenlash yuli bilan porshen maksimal chuqurlikgacha tushuriladi buning
uchun halqa oralig‗ini bekituvchi paker o‗rnatiladi. Bunday sharoitda qatlamga
yuqori depressiya hosil qilinadi (12 MPa-gacha).
b) Kompressor usulida suyuqlik NKQ-ning boshmog‗igacha bostirilganda
quduqdan suyuqlikni olishda ko‗chma kompressordan foydalaniladi. Bunday
sharoitda quvurlar filtrning yuqori teshigigacha tushiriladi. Kompressordagi bosimni
pasaytirish uchun NKQ-da ishga qo‗shish teshiklarni parmalash maqsadga muvofiq
emas, yana NKQ orqali quduqqa suv haydalganda bu teshiklar orqali quvur halqa
fazosiga chiqishi mumkin.
Suvning tarkibidagi muallaq cho‗kmalarning miqdori nazorat qilinadi va
barqarorlashguncha drenajlashtirish davom ettiriladi.
v) Nasos usulida suvning tarkibidagi muallaq cho‗kmalarni miqdorini
barqarorlashgunga qadar drenajlashtirish mumkin.
g) Suv jadal oqimga yig‗iladi va o‗z oqimi bilan quduqdan to‗g‗ridan to‗g‗ri
oqovaga tashlanadi. Bunday jarayon ko‗p martali takrorlanadi va qisqa muddatda
oqib chiqarish samarali bo‗ladi, quduq 6’15 daqiqa davomida davriy maksimal
ko‗rsatgichda chiqarib yuborish rejimida ishlaydi. Bunday jarayon muallaq
cho‗kmalarni tarkibi barqarorlashgunga qadar takrorlanadi.
Bunday usulni qo‗llash quduqning debiti bir kunda bir necha o‗nlab metr kubni
tashkil qilganda maqsadga muvofiqdir. Muallaq cho‗kmalarni barqaror tarkibiga
erishish uchun suvni sarfi qisqa vaqt davomida 4-6 martaga kamaytiriladi.
3. Qatlamlarni karbonat qatlamlarni yoki ochishda tarkibi karbonatli
sementlangan materiallardan tashkil topgan quduq tubi atrofi zonasini ochishda tuz
kislotali ishlov berish qo‗llaniladi. Buning uchun qatlamning bir metr qalinligiga 10-
15% li ingibirlangan tuz kislotali aralashma 0,8-1,5 m
3
miqdorida haydaladi va bir
kun davomida qoldiriladi. Quduq drenajlashtirilgandan va yuvilgandan keyin
haydash rejimiga o‗tkaziladi.
4. Qatlamni gidravlik yorish (QGYo).
III-guruhdagi quduqlar QGYo va bir qator navbatdagi (drenajlash, yuvish)
usullar
qo‗llanilib o‗zlashtirish amalga oshiriladi. Ba‘zida qatlamlashib
367
takrorlanayotgan gilli va qumoqtoshlar uchraganda QGYo samarasizdir, bunda
yoriqlar eng yaxshi o‗tkazuvchan qatlamlarda shakllanadi va haydalgan suv esa shu
oraliqlar orqali bir yo‗nalishda qatlamga yutilib ketadi. Eng yaxshi natijaga erishishi
uchun oraliqlararo har bir qatlamda alohida QGYo amalga oshiriladi. Bunday
sharoitda ikkita paker qo‗llaniladi, u NKQ orqali tushiriladi ishlov beriladigan
oraliqning yuqorisi va pastki qismlariga o‗rnatiladi.
5. Quduqlarni NKQ-lar va suv-qumli aralashmali suv uzatmalar orqali yuvish.
Ko‗pincha haydovchi quduqlarni o‗zlashtirishni kam samarali yoki qatlamni kam
qabul qiluvchanlikka ega bo‗lishiga sabab suv oqimi orqali uzatmalardan temir
quyqumlarini va qattiq zarrachalarni tashilishi hamda qatlam yuzalarini
ifloslantirishining natijasidir.
Bunday holatni bartaraf qilishda suv uzatmalari va quduqlar suv qum
aralashmasi (1 m
3
suvga 50 kg qum) bilan sementlash agregati yordamida yuviladi.
Bunday usulda quduqlar yoki suv uzatmalar yuvilib kuzatilganda suv qum
aralashmasi chiqadi. 20-30 daqiqadan so‗ng esa yuvish jadalligiga bog‗liq holda toza
suv yoki muallaq cho‗kindilarning zarrachalari chiqadi. Yuvish tugallangandan keyin
suv uzatmalarida bosim yo‗qotilishi ham kamayadi.
6. Yuqori bosimda quduqqa suv haydalganda qatlam kollektorlari yoriqli
bo‗lganda haydash bosimi normal belgilangan bosimdan oshiriladi. Buning uchun
quduqqa uch-to‗rtta nasos agregati ulanadi va qo‗shimcha bosim hosil qilinadi.
Bunda qatlamdagi tabiiy yoriqlar kengayadi va quduqning yutish qobiliyati keskin
oshadi. Bu QGYo-ning eng sodda sxemasi bo‗lib, qatlamda yoriqlarni ochilishi sodir
bo‗ladi, hamda cho‗kmalar va gilli zarrachalar qatlamga chuqurroq kirib boradi.
7. Neft quduqlariga issiq suv yoki neft bilan ishlov berilganda quduq tubi
zonasining atrofida to‗planib qolgan parafin va smolalar yuvib chiqariladi. Isitish
avtomobillarga o‗rnatilgan ko‗chma qurilmalar yordamida bug‗ haydash amalga
oshiriladi. Haydaladigan suvning sarfi bosim ko‗tarilishi bilan tezda oshadi.
Chuqurlik sarf o‗lchagichlari yordamida quduqlarda tadqiqot o‗tkazilganda yutish
oralig‗i va yutilish oshadi, tabiiy yoriqlar kengayadi va suyuqlikni yutilish jarayonida
qo‗shimcha qatlamlar ham bir-biri bilan tutashib ketadi.
Xulosa
Qatlamni ochish va quduqlarni o‗zlashtirish sifatli texnologiyasi deganda mos
bo‗lgan jarayonlar amalga oshirilgandan keyin qatlamning gidroo‗tkazuvchanlik
darajasining o‗zgarishi tushiniladi.
Qatlamlarni ochish usullari qatlamning bosimi, qatlamni neft bilan to‗yinganlik
darajasi, drenajlanish darajasi va boshqa samaralar bo‗yicha har xil, lekin ular
quyidagi asosiy talablarni qondirishi shart. Burg‗ilash aralashmasini yengilroq
suyuqlikka almashtirish tugallanishi bilan qatlamdan flyuid oqimini kelishi
boshlanadi. Bunda nasosning otmasidagi bosim pasayadi, uni uzaytirishda oqimni
ushlab turish uchun yetmay qolishi mumkin.
Bunday holatlarda, ayniqsa kuchsiz sementlangan va buzilishga duchor bo‗lgan
kolektorlarni sinashda otma tizimga shtutser o‗rnatiladi, qaysiki u oqim tezligini va
bosimini rostlab turadi. Quduqlarni bir tekis ishga tushirishda shtutserlar o‗rnatish va
oqimni boshqarish tavsiya qilinadi, bunda quduq tubidagi bosim asta sekin pasayadi.
Haydovchi quduqlar qatoridan maksimal neft olishni imkoniyati shunday darajada
bo‗ladiki, uni mahsuloti tarkibiga haydovchi qo‗shni suv quduqlar tomonidan
chuchuk suv kirib kelishi kerak. Bunday tartibda o‗zlashtirishni shunday
shakllantirish kerakki, haydaladigan suvning chiziqli fronti qatlamning neftga
to‗yingan qismiga, siqiladigan neft esa ishlatish quduqlar qatoriga yo‗nalishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |