327
bo‗lib, qaysiki, uning evaziga mustahkamlash quvurlarini va tog‗ jinsini parmalash
amalga oshiriladi.
Qurilma mustahkamlash quvurining devoriga
tirkaladi va parmalashni
boshlaydi. Parmalash kanallarining chuqurligi 70-120mm.ni va diametri - 12-
20mm.ni tashkil qiladi. Parmalovchi perforatsiya mahsuldor qatlamning uyumlari
suvneft va suvgaz zonasida joylashganda mahsuldor
qatlamni ochish afzal
hisoblanadi ya‘ni, ikkilamchi ochish rejimini himoyalanishini ta‘minlaydi.
Konda olib borilgan tajribalarda PS-112 parmalovchi apparatining tadqiqoti
zarbasiz usulda ochishda keng tarqalgan perforator hisoblanadi
hamda suvgazneft
kontaktlari yaqin joylashganda mahsuldor qatlamlarni ikkilamchi ochishda yuqori
samaradorlikni ko‗rsatadi.
Shu bilan birga PS-112 perforatorning kamchiligi ham mavjud –
uning
qatlamga katta bo‗lmagan chuqurlikda kirishi hisoblanadi. Qatlamlarni himoyalovchi
texnologiyasini taksamaralashtirish maqsadida zamonaviy texnologiya ya‘ni,
qatlamni ikkilamchi ochishning parmalovchi perforatsiya usuli ishlangan.
Misol sifatida UFPK – 1 (ustroystvo dlya formirovaniya protyajennix
filtratsionnix kanalov – uzun filtratsiya kanallarini shakllantiruvchi qurilma)
parmalovchi perforatsiya qurilmasining texnologiyasini ko‗rib chiqamiz. Bu
texnologiya bo‗yicha qatlamlarni ochishda parmalovchi
perforatsiya yordamida
diametri 20 mm va uzunligi 1 m.gacha gidrodinamik kanallar hosil qilinadi.
UFPK-1 perforatorining umumiy ko‗rinishi 4.1-rasmda tasvirlangan.
UFPK-1 jamlanmasi yordamida perforatsiya qilish bir qator afzalliklarga ega:
yupqa qatlamli hamda qalinligi 0,5 m va undan katta bo‗lgan qatlamlarni
ochish;
burg‗ilangan chuqur kanallarni to‗g‗ri va urinma
usullarda nazorat qilish;
burg‗ilash vtulkalarini qattiq mahkamlanganligi uchun quduqning o‗qiga
nisbatan 900 burchak ostida kanallarni hosil qilish;
ko‗p kolonnali quduqning konstruksiyasida ochishni amalga oshirish ya‘ni,
ishlatish va texnik kolonnalar orqali ochishning imkoniyati.
UFPK-1 ning quduq stvolida ishlatish sxemasi 8.2-rasmda keltirilgan.
Parmalab perforatsiya qiluvchi qurilma UFPK-1 texnologiyasi ―Neftburservis‖
OAJda ishlangan va Tatariston konlarida sanoat tajribalidan muvaffaqiyatli
o‗tkazilgan [12].
Quduqlarda 4 tadan kanalni diametri 20 mm. va uzunligi 1000 mm.gacha hosil
qilgan.
Jarayon amalga oshirilgandan keyin natijalar tadqiqot
qilinganda neftni qazib
olish ko‗rsatgichlari va tavsiflarini yaxshilanganligi belgilangan.
suyuqlikning debiti 2.6 martaga: 2.57 m3 /kundan 6.61 m3/kungacha;
mahsuldorlik koeffitsiyenti 33% ga oshgan;
boshlang‗ich qazib olishga nisbatan mahsulotning suvlanganligi 18% ga
kamaygan.
Do'stlaringiz bilan baham: