Mahsuldor qatlamlarni ochish va


Mustahkamlash kolonnasini perforatsiya qilish



Download 7,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/204
Sana30.03.2022
Hajmi7,46 Mb.
#517239
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   204
Bog'liq
fayl 1759 20210908

Mustahkamlash kolonnasini perforatsiya qilish 
 
 
Qatlamni ekspluatatsiya qilish va sinash uchun mustahkamlash kolonnasi va 
sement halqasi o‗qli yoki o‗qsiz perforatsiya qilinadi. Perforatorlar girlyandlar bilan 
birlashtirilib karotaj kabelida quduqqa tushiriladi. Perforatorning kamerasiga porox 
va zapal zaryadi o‗rnatiladi. Kabel orqali tok uzatilganda porox alangalanadi va o‗q 
esa katta tezlikda perforatorning stvolidan uchib chiqadi. Perforatorni bir marta 
tushirish va ko‗tarish jarayonida 6 – 12 teshiklar 11 -11,5 mm.li diametrda otib 
teshiladi. 
O‗qsiz perforatsiya qilish keng qo‗llanilmoqda. Bunday holda kolonnadagi 
teshiklar o‗qlar yordamida hosil qilinmasdan, gazni fokuslash oqimi orqali ya‘ni, 
qumlyativ zaryadlarni portlatish natijasida hosil qilinadi. Kumulyativ samaraning 
mohiyati yuqori chuqurlikdan zaryad portlaganda portlash to‗lqinining tarqalish 
yo‗nalishiga nisbatan simmetrik holda portlash moddasining yo‗naltirilgan oqimi 
sodir bo‗ladi. 
Qumulyativ perforatorlar korpusli va korpussiz bo‗ladi. Korpussiz perforatorlar 
aniqmas va to‗liq parchalovchi bo‗ladi ya‘ni, u bir martalik ta‘sir qiladi. Korpusli 
kumulyativ perforatorlar har xil kattalikdagi diametrlarda ishlab chiqariladi, shu 
jumladan nasos-kompressor quvurlari orqali (NKQ) ham tushirishga mo‗ljallanadi. 
Kolonnada teshiklarni otishda quduqning ustiga maxsus zulfin o‗rnatiladi 
ya‘ni, qatlam otilgandan keyin quduqda oqim paydo bo‗lganda uni bekitish 
imkoniyatini beradi. Otish ishlari jarayonida qatlamga qarshi bosimni hosil qilish 
uchun quduq loyli eritma bilan to‗ldiriladi. 
Har bir alohida holat uchun geologik xizmat tomonidan qatlamning 
kollektorlik xossasi, quduqning konstruksiyasi, harorat va bosimga bog‗liq holda 
perforatsiya oralig‗idagi otish zichligi (1 metrga to‗g‗ri keladigan teshiklar soni) va 
perforatorning turi tanlanadi. Quduqni mahsuldor qatlam bilan aloqasini yaxshilashda 
qatlamni ochishning gidravlik – qum oqimli usuli qo‗laniladi. Quduqqa nasos-
kompressor quvurlari kolonnasida oqimli apparat tushiriladi hamda u korpus va 
sopladan tashkil topgan. Quvurga katta bosim bilan haydalgan qum bilan suyuqlik 


sumakdan katta tezlik bilan chiqadi hamda qum kolonnani, sement halqasi va tog‗ 
jinslarini parchalaydi.
Gidravlik – qum oqimli perforatsiya boshqa usullarga nisbatan qator 
afzalliklarga ega: kolonnadagi va sementdagi teshiklar yoriqlarga ega emas, 
teshiklarning diametri va chuqurligi boshqarishning imkoniyati mavjud, gorizontal va 
tik qirqishlarni hosil qilsa bo‗ladi. Bu usulning kamchiligi yer ustida katta jihozlarga 
bo‗lgan iste‘mol va narxining balandligi hisoblanadi. 

Download 7,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish