Mahsuldor qatlamlarni ochish va


– Quduqdagi UFPK-1 asbobining



Download 7,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/204
Sana30.03.2022
Hajmi7,46 Mb.
#517239
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   204
Bog'liq
fayl 1759 20210908

8.1 – Quduqdagi UFPK-1 asbobining 
umumiy ko„rinishi: 
1- karotaj kabeli; 2-elektronika bloki; 3-
elektrodvigatel; 
4-yuqorini 
 
fiksatsiyalash 
tuguni; 5-mustahkamlash kolonnasi; 6-tog‘ 
jinsi; 7-frezerli burg‘ilash 
kolonnasi; 8-
burg‘ilash tuguni; 9-burg‘ilash vtulkasi; 10-
pastki fiksatsiyalash tuguni; 11-prujina; 12-
kassetnik 
8.2 – rasm. Quduqning stvolida UFPK 
asbobini ishlatish sxemasi
Shunday qilib, yuqorida keltirilgan kon ma‘lumotlari bu texnologiyadan 
istiqbolda past o‗tkazuvchan mahsuldor qatlamlarni, murakkab suvgazneftga 


329
to‗yingan yaqin joylashgan oraliqlarni samarali ochishda foydalanish mumkinligi 
haqida xulosa qilish mumkin.
Umumiy holda mahsuldor qatlamlarni ehtiyotkorlik bilan sifatli ochishda 
parmalab perforatsiya qilishdan samarali foydalanish mumkinligini yoritish mumkin. 
Parmalab perforatsiya qilishni taksamaralashtirish texnologiyasi mahsuldor 
qatlamlarni ochishda murakkab joylashgan tub suvlari yoki shipida gaz do‗ppisi 
joylashgan qatlamlarni ochishdagi muammolarni yechish imkoniyatini beradi. 
Suv-qum oqimli perforatsiY. 
Suv-qum oqimli perforatsiya mahsuldor qatlamni 
ochishda suv-qumli oqimli perforatorning nasadkasidan yuqori bosim ostida 
chiqadigan qum suyuqlik aralashmasi bilan teshiklarni yuvishni yoki mustahkamlash 
kolonnasida, sement halqasida va tog‗ jinsida teshiklarni teshishni amalga oshiradi.
AP-6M turidagi suv-qum oqimli perforator mahsuldor qatlamning oralig‗iga 
NKQda tushiriladi va perforator orqali nasos agregatidan 30 MPa yuqori bosimda 
qum aralashtirilgan agregatdan qum suyuqlik aralashmasini uzatadi. 
Qum bilan aralshma sifatida quyidagi suyuqlikdan foydalaniladi: kalsiy xlorga 
0,5%li qo‗shmali SFM ning suvli aralashmasi, gazsizlantirilgan neft, texnik suv va 
mahsuldor qatlamning geologik joylashuviga mos keladigan quduq uchun 
belgilangan (haydovchi yoki qazib oluvchi) boshqa qo‗shmalardan tashkil topadi. 
Qumli aralashmaning tarkibida 1m3suyuqlikka 50-100 kg qum, qumning 
fraksiya tarkibi 0,2mm.dan 1mm.gacha o‗zgaradi. Aralashma perforatorning 
nasadkasidan katta tezlikda oqib chiqadi hamda mustahkamlash kolonnasini, sement 
halqasini va mahsuldor qatlam kanallarini 1 m chuqurlikkacha va 60 mm diametrda 
yuvadi. Nasadka teshigining diametri 3,0 mm; 4,5 mm; 6,0 mm; 9 mm.ni tashkil 
qiladi. 
Sum-qum oqimli perforatsiya nuqtali va yoriqli ko‗rinishda ham bo‗lib, 
mustahkamlash kolonnasida va tog‗ jinsida nuqtali teshiklarni va yoriqlarni hosil 
qiladi. 
Nuqtali perforatsiya AP-6M turidagi asbob yordamida amalga oshiriladi. 
Mahsuldor qatlamning 1 m oralig‗ida 6 – 10 ta teshikni qirqadi. Perforatsiya 
kanallarning hosil qilish vaqti 15 – 20 daqiqani tashkil qiladi. 


Mahsuldor qatlamning belgilangan oralig‗ida suv-qum oqimli perforatsiya 
tugallangandan keyin qatlamga suyuq haydash to‗xtatiladi, NKQ perforator bilan 
birgalikda ko‗tarib olinadi va navbatdagi oraliqqa o‗rnatiladi. 
Yoriqli suv-qum oqimli perforatsiya perforatorning harakatlanib ishlatish 
jarayonida mustahkamlash kolonnasi va tog‗ jinslarida yoriqlarni hosil qiladi. Sum – 
qum oqimli yoriqli perforatsiyada AP-6M turidagi perforator gidravlik dvigatel bilan 
birgalikda foydalaniladi va perforator dvigatel yordamida harakatlantiriladi. 
Mahsuldor qatlamning teshiladigan uchastkasi oralig‗ida bir vaqtning o‗zida 2 ta 
yoriq hosil qilinadi. 
Yoriqli perforatsiya qilishning 1 metr uzunligini qatlam oralig‗ida davom 
etishi 3-3,3 soatni tashkil qiladi. Mahsuldor qatlamning oralig‗i orqali 0,5 – 1,0 
metrda masofada navbatdagi yoriqlar hosil qilinadi. 
Mahsuldor qatlamning oraliqlarida suv-qum oqimli perforatsiya olib borish 
tugallangandan keyin teskari yuvish orqali teskari klapan ko‗tariladi hamda suv – 
qum oqimli perforatorni ko‗tarish uchun quduq toza suyuqlik bilan yuviladi, quduq 
o‗zlashtirishga va ishlatishga tayyorlanadi.
Shunday qilib, suv-qum oqimli perforatsiya tabiiy holatni saqlash rejimida 
mahsuldor qatlamlarni ikkilamchi chuqur kirib borish tartibida amalga oshirishning 
imkoniyatini beradi. 
Suv – qum oqimli yoriqli perforatsiyaning yutug‗i mahsuldor qatlamning 
quduq tubi atrofi zonasidagi tog‗ bosimining yuklanmalarini o‗ziga oladi ya‘ni, 
yoriqlarni 
va g‗ovakliklar maydonining oynasini kuchaytirish hisobiga 
kollektorlarning o‗tkazuvchanligini oshirishga olib keladi va qatlamdan oqim 
chaqirilganda o‗zini - o‗zi tozalash xususiyatini yaxshilaydi hamda quduqlarni 
o‗zlashtirish sifati yuqori bo‗ladi.
Suv – qum oqimli perforatsiyani olib borishda aniq texnik – texnologik 
murakkabliklarni ya‘ni, perforatsiya jarayonida qumli tiqinlarni shakllanishiga 
bog‗liq bo‗lgan holatlarning oldi olinadi. Suv – qum perforatsiyani qo‗llash 
suvgazneft kontaktlari yaqin joylashgan mahsuldor uyumlarni ochishda samarali 
hisoblanadi. 


331
Kon sharoitida suv – qum oqimli perforatsiyani qo‗llanilishi mahsuldor 
qatlamlarni ikkilamchi ochishda hamda quduq qurilishining texnik-iqtisodiy 
ko‗rsatgichlarini va quduqni ishlatishga topshirish jihatidan yuqori samaradorlikka 
ega ekanligi isbotlangan. 
Gidromexanik yoriqli perforatsiya Gidromexanik yoriqli perforatsiya 
(GMYOP) mexanik usulda mustahkamlash kolonnasida yoriqlarni hosil qiladi, keyin 
esa sement halqasi va tog‗ jinsi gidromonitor usulida qirqilgan yoriqlar orqali 
kanallar yuviladi. 
GMYOP mahsuldor qatlamning oralig‗iga NKQda quduqqa tushiriladi hamda 
mexanik yo‗l bilan to‗xtovsiz uzun bo‗ylama yoriqlar yaratiladi. Mustahkamlash 
kolonnasida yoriqlar hosil qilingandan keyin suyuqlik oqimining gidromonitor ta‘siri 
ostida perforatsiya yoriqlari orqali yuqori bosim ostida chiqqan sement halqasi va 
tog‗ jinslari perforatorning nasadkasi orqali kovaklar butunlay yuviladi. 
Undan keyin mahsuldor qatlamning aniq uzunligida (masalan 0,5 m) 
navbatdagi yoriqli perforatsiya kanallarini yaratish amalga oshiriladi. Bo‗ylama 
yoriqlarning uzunligi 3 metrgacha bo‗ladi. Urilgan kovaklarning chuqurligi 1 metrga 
yetadi. 
Gidromonitorli ta‘sir etish uchun nasos agregatlari orqali yaratilgan bosim 
sement halqasida va tog‗ jinsida kovaklarni hosil qiladi va bosim kattaligi 20-25 
MPa.ni tashkil qiladi. 
Masalan: GMYOP turidagi perforator mahsuldor qatlamlarni ochish uchun 
«NEKKO» OAJ komponiyasining texnologiyasi bo‗yicha ishlab chiqilgan [11]. Bu 
texnologiya asosida mahsuldor qatlamlarni ochishda 2 ta yoki 4 ta yoriqlar bir metr 
oralig‗ida quduqning stvolida qirqiladi. 
Kolonnada yoriqlar qirqilgandan keyin ular orqali perforatorda gidromonitor 
nasadkalari yordamida sement halqasini va mahsuldor qatlamning tog‗ jinsida hosil 
bo‗lgan kovaklar yuviladi. 
Kolonnada yoriqlar qirqilgandan keyin quduqda asbobning joylashish sxemasi 
va uning asosiy o‗lchamlari 8.3-rasmda keltirilgan. 



Download 7,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish