285
Quduqlarni juda murakkab sharoitlarda va yuqori debitda, bosimli yemiruvchi
muhitda,
yuqori haroratda, abrazivlik miqdori ko‗p bo‗lgan suyuqliklarni qazib
olishda favvora armaturasiga rezerv elementlar o‗rnatildi, ayniqsa bekituvchi
qurilmalar ko‗pincha ishlamay to‗xtab qoladi yoki ishdan chiqadi.
Shuning uchun
favvora armaturasini konstruksiyasi yanada murakkablashdi, o‗lchamlari yanada
kattalashdi, quduqlarga xizmat ko‗rsatishni murakkablashtirdi.
Favvora armaturasining gabarit o‗lchamlarini kichiraytirish uchun uchlik bilan
qurilgan favvora armaturasi emas balkim chorbarmoq (krestovina) o‗rnatildi. U
favvora armaturasini muvozanatlashni va xizmat qilishni soddalashtirdi.
7.6-rasm. Standartlashtirilgan favvora armaturalarining sxemalari:
1-manometr; 2-jo‗mrak; 3-manometr
tagidagi bufer flanets; 4-berkitish qurilmasi; 5-uchlik; 6-
drossel; 7-quvurli boshchaning o‗zgartmasi; 8-javob flanets; 9-quvur boshchasi; 10-chorbarmoq.
Quduqlarda favvora armaturasini tezkor boshqarish talablarini oshirish, xizmat
qilish qiyinchiliklarini pasaytirishda favvora armaturasining berkitish qirilmalarini
masofadan
boshqarish, sarflarni telenazorat qilishni qo‗llash, bosimni o‗lchashda
masofadan boshqariladigan shtutserlardan foydalanildi.
Zamonaviy favvora armaturasini tayyorlashda katta hajmdagi metall
konstuksiyasidan, bir qator holatlarda yuqori ligerlangan po‗latdan, katta miqdordagi
defitsit legirlangan elementlardan ya‘ni nikel, molibden,
xrom va nisbiydan
foydalanildi.
Sxemadan ko‗rinib turibdiki (7.5-rasm) favvora armaturasi har xil
birikmalarning uchlik, chorbarmoq,
bekitish qurilmasi, jo‗mrak, lubrikator, NKQni
osib qo‗yuvchi qurilma va hakozolarni tizmasidan foydalanib quriladi.
GOST 13846-74 bo‗yicha favvora armaturasining sxemasi, o‗tish o‗lchamlari,
ishchi
va sinash bosimlari, bajarilishi hamda o‗lchamlarining nomlari ko‗rib
chiqilgan (7.6-rasm).
. 7.7-jadval
Favvora armaturasining diametrini shartli o‗tish teshigiga nisbati va bosimi keltirilgan
D
shar
, mm
50
65
80
100
150
P, MPa
35-105
7-70
21-70
21-75
21-35
O‗z navbatida bu qurilmalar har xil konstruktiv variantlarda bajariladi.
Armatura suyuqlik yoki gazning har xil sarflarida o‗tish teshigining diametri, har xil
bosimlar uchun – korpusning mustahkamligi, zichlama va mustahkamlanishning
konstruksiyasi, yemiruvchi komponentlarning har xil tarkibda (H
2
S va CO
2
)
va har
xil iqlimiy sharoitlar uchun po‗latning markasi, qo‗llaniladigan polimerlarning
xossalari bilan farq qiladi.
Quvur boshchasining (7.7-rasm) favvora armaturasida foydalaniladigan
o‗lchamlari va standartga mos keladigan turi keltirilgan bo‗lib, u ikkita yon tomondan
chiqib ketish quvur yo‗li
va flanetslarni mahkamlash, bekitish qurilmasi va quvur
ushlagichdan (4), NKQni osib qo‗yish uchun o‗zgartmadan (10), grund buksali (3)
zichlamadan (2), vtulka (9) va to‗xtatgichli vintlardan (6) tashkil topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: