7.4. Quduqlarni sinashda va tadqiqotlashda yer usti jihozlarining bog„lanmasi
Quduqning ustiga favvora armaturasi o‗rnatilgandan
keyin unga quvur
uzatmalarning (manifold) tizimi bog‗lanadi, favvora armaturasiga nisbatan favvora-
kompressori quduq jihozining muhim qismlaridan biri hisoblanadi.
Quduqning bog‗lanmasi yaxshi buriladigan va tezda olinadigan, sinashda,
tadqiqotlashda, ishlatishda va xizmat qilishda hamma
operatsiyalarni olib borish
xavfsizlik taminlanishi kerak:
1)
tekshirishda va shtutserni almashtirishda, strunlarni tekshirishda va
ta‘mirlashda, shtutser kameralarini va zulfinlarni,
hamda boshqa turdagi
ta‘mirlash ishlarini olib borishda suyuqlik oqimini ishchi strundan
zahiradachisiga tezda qo‗shilishini ta‘minlashi kerak;
2)
kuchli gaz oqimlari paydo bo‗lganda kerakli bo‗lgan kuchli agregatlarni va
quduqni uchirishda qo‗llanildigan agregatlarni ulashni imkoniyati bo‗lishi
kerak;
3)
ajratgichlarni va kirish chiziqlarini quduqni to‗xtatmasdan ta‘mirlash va
tozalash imkoniyatining mavjudligi;
4)
armatura ishdan chiqarilganda bosim ostida quduqni to‗liq bekitish
mumkinligi;
5)
suyuqlik oqimini vaqtinchalik omborga qayta qo‗shish mumkinligi;
6)
nasos-kompressor quvur va quvur orqa halqasi
orqali harakatlanadigan
mahsulotlarni qabul qilish.
Quduqning bog‗lanmasiningtarkibiga sxemasiga quyidagi jihozlar kiradi:
1)
diametri 73 mm bo‗lgan ikkita otma chiziq (ishchi va zahiradagi) shtutserlarni
manometrlarni, termometrlarni, va hakozalarni o‗rnatish uchun xizmat qiladi;
2)
diametri 73 mm va uzunligi 25 metrdan kichik bo‗lmagan haydovchi chiziq
favvora armaturasini quvur boshchasining chorbarmoqdagi zulfinga biriktiradi
va quduqqa suvni yoki loyli eritmani bostirish uchun xizmat qiladi;
3)
diametri 73 mm.li otma chiziqning tizma oralig‗idagi fazoga yuqori bosimli
ishlatish va oraliq tizmasining oralig‗iga krancha ulanadi.
Manifolddan ikkita otma chiziq yotqiziladi:
295
Birinchisi ajratgich orqali mash‘alaga, ikkinchisi esa-to‗g‗ri mash‘alaga
ortiladi.
Gazni to‗liq tozalash uchun ba‘zida ikki pog‗onali ajratgich qo‗llaniladi, u
orqali ikkita ketma-ket va parallel o‗langan ajratgichlarga gaz uzatiladi.
Neft quduqlarini o‗zlashtirish jarayonida sinashda ajratgichdan neft uzatma
yotqizilib, neft yig‗iladi yoki yoqib yuboriladi. Otma strunlar, hamma quvur
uzatmalar, ajratgichlar bog‗lanmalar bilan birgalikda 1,5
barobar ishchi bosimning
gidravlik bosim kattaligi bilan sinaladi.
Gaz quduqlarini tadqiqotlashda ajratishning kirish qismiga rostlovchi
shtutserlar o‗rnatiladi. Ajratgichdan keladigan mash‘ala chizig‗ida ajratgichda qarshi
bosimni hosil qilish uchun-tezda almashtiriladigan shtutser o‗rnatiladi.
Mash‘alaning kirish joyiga shtutser montaj qilinadi. Ajratgichga yaqin joyga
shtutser o‗rnatilmaydi, chunki gidratlarning otilmasini bekitib qo‗yishi mumkin.
Xuddi shunga o‗xshash mash‘alaga to‗g‗ri ketuvchi chiziqqa shtutserning o‗rnatish
joyi tanlanadi.
Neft quduqlarida tadqiqot olib borishda boshqariladigan (rostlanadigan)
shtutser ajratgichning kirish qismida o‗rnatiladi. Quduqlarni ishida shtutser
ajratgichga o‗rnatilmasdan favvora armaturasidagi
shtutserning kamerasiga
o‗rnatiladi.
Tizma boshchasidagi tizma oralig‗i fazosidagi favvora armaturasining
charbormoqidagi (quvurning orqa fazosidagi) , favvora archasining buferida (quvur
fazosida), ikkala otilmadagi, va ajratgichda (tropda)gi bosimlar manometr yordamida
nazorat qilinadi.
Tizma boshchasida gazning haroratini nazorat qilish uchun termometrik
cho‗ntaklar quyidagi joylarda joylashtirilishi mumkin:
1)favvora armaturasi chorbarmog‗ining buferida quvurni orqa fazosida gazning
haroratini o‗lchash uchun;
2)ajratgichdan keyin gazning chizig‗ida va ikkala tashlanmada-gaz oqimining
haroratini o‗lchash uchun.
Bosimni va bosim farqini o‗lchashda ishonchli natijalarni
olish uchun yuqori
aniqlikka ega bo‗lgan manometrlar qo‗llaniladi (namunali, prujinali, porshenli,
suyuqlikli) mexanik shikastlanishlardan,
tebranishdan, ifloslanishdan, korroziyadan
himoya qiladi.
Quvur uzatmalarda va ajratgichning bog‗lanmasida talab qilingan bosimlarga
mos keladigan po‗latli zulfinlar va jo‗mraklar o‗rnatiladi.
Tashlanma chiziqlar,
chorbarmoqlar, uchliklar zavodda tayyorlanadi. Hamma bog‗lanmalar nasos-
kompressor quvurlarining ishonchli birikmasidan tayyorlanadi, ularning yorilib
ketishini va jarohatlanishning oldi olinadi.
Gaz ajratgichning asosiy parametrlari 7.9 -jadvalda keltirilgan
Gaz va gaz kondensat quduqlaridagi bosim 10 MPa va undan yuqori bo‗lganda
og‗ir karbonsuvchillarni maksimal kondensatsiya bo‗lishini ta‘minlash uchun bosimi
6,4 MPa-dan past bo‗lgan bosimga ajratgichlar o‗rnatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: