Quduqning ustiga favvora armaturasi o‗rnatilgunga qadar pasportdagi ishchi
bosimdan 2 marta katta bo‗lgan bosim bilan gidravlik sinash o‗tkaziladi.
Bunda
yuqoridagi zulfindan tashqari boshqasi hammasi ochiq bo‗lishi kerak.
Favvora archasi o‗rnatilgandan keyin stvolning pastki qismidagi va yon
zulfinlar yopiq holatda bo‗lganda shu armatura uchun qabul qilingan sinash
bosimining kattalik qiymatida favvora (archasi) sinaladi.
Bufer manometridagi teshik orqali favvora archasiga suyuqlik bosim bilan
haydaladi va 15 daqiqa davomida ushlab turiladi.
Favvora armaturasining quvur boshchasi ishlatish
tizmasini sinash bosim
qiymatidagi bosim bilan siqib sinaladi.
Quduqning ustiga favvora armaturasi o‗rnatilgandan so‗ng ishning
boshlanishigacha hamma zulfinlarning bir tekis ishlashi; yog‗langanligi (zulfinning
va zulfin korpusining tugunlariga qaytadan nazorat so‗rkovlar amalga oshiriladi)
tekshiriladi
;
Quduqdan
chiqadigan
flyuidlarning
oqimini
zulfin
korpuslariga
yo‗naltirilganligini mosligi
;
zulfin zatvorining ochilishi – yopilish ko‗rsatgichlarini
to‗g‗ri joylashtirilganligi, hamma birikmalardagi flanetsli tortmalarning to‗g‗ri
tortilganligi tekshiriladi.
Har bir zulfinning ishonchli ishlatish uchun to‗liq yopilgandan so‗ng
maxoviklar ¼ aylanish ochish yo‗nalish bo‗yicha burab tekshiriladi.
Favvora armaturasi konstruktiv va mustahkamlik parametrlari bo‗yicha
qo‗yidagilarga ajratiladi:
-ishchi yoki sinab ko‗rish bosimi bo‗yicha (70-105 MPa);archa stvoli
kesimining o‗tish o‗lchami bo‗yicha (50-150 mm);
-favvora archasining konstruksiya bo‗yicha (chorbarmoqli va uchlik turidagi);
-quduqqa tushiriladigan quvurlar qatorining soni bo‗yicha (bir
yoki ikki
qatorli);
-berkitish moslamasining turiga qarab (zulfin yoki kranlar);
uglerod ikki oksidining muhitiga chidamliligi bo‗yicha (korrozion-mustahkam
va oddiy tayyorlanmali).
281
Favvora armaturasi GOST 13846-74 ga mos holda uchlik turidagi 7, 14, 21-va
35 ishchi bosimlar, chorbarmoq turidagi esa 14,21,25,70 va 105 MPa ishchi
bosimlarda qo‗llaniladi.
Yuqori debitli neft va gaz quduqlari uchun 100-150 mm. diametri stvolga ega
bo‗lgan favvora armaturasi ham ishlab chiqariladi.
Favvora armaturasining ishchi bosimi quduq ustida kutiladigan maksimal
bosimga mos kelishi kerak. Favvorali armaturasining kirish
chiziqlarining sxema va
soni quduqning xususiyatga bog‗liq holda tanlanadi. Favvora neft va gaz quduqlarida
ko‗pincha armaturaga uchlik turidagi ikkitalik otma chiziqlar qo‗llaniladi. Favvora
armaturasida bittalik otma chiziq kompressor yoki favvora quduqining ustidagi bosim
katta bo‗lmaganda hamda mahsulotning tarkibida qum bo‗lmaganda qo‗llaniladi.
Yuqori bosim va mahsulotning tarkibida ko‗p mihdorda qumlar bo‗lganda favvora
archasiga bir joyda uchta otma chiziq o‗rnatiladi.
Favvora armaturasining quduq usti jihozlarining namunaviy sxemalari
Do'stlaringiz bilan baham: