Mahsuldor qatlamlarni ochish va


Mahsulor qatlamlarni ochishda quduq ustiga o„rnatiladigan jihozlar



Download 7,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/204
Sana30.03.2022
Hajmi7,46 Mb.
#517239
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   204
Bog'liq
fayl 1759 20210908

7.6.Mahsulor qatlamlarni ochishda quduq ustiga o„rnatiladigan jihozlar
Mahsuldor qatlamlarni ochish vaqtida mumkin bo‗lgan neftgaz paydo 
bo‗lishini oldini olish uchun quduqning ustiga maxsus otilmaga qarshi jihoz (OQJ) 
o‗rnatiladi. Otilmaga qarshi jamlanmaning tarkibiga quyidagi elementlar kiradi: 
preventorlar, 
bekituvchi 
armaturali 
va 
boshqarish 
qurilmali 
manifoldlar 
(bog‗lanamasi).
Quduq ustiga o‗rnatilgan otilmaga qarshi jihoz yordamida quyidagilar olib 
boriladi:


unda quvurlar kolonnasi bo‗lsa ham bo‗lmasa ham quduqning ustini tezkor va 
ishonchli germetiklash;
qisilib qolishlarni oldini olish uchun quduqning usti germetiklanganda ham 
quvurlar kolonnasini u yoki bu tomonga harakatlantirish mumkin;
qatlamga qarshi bosim hosil qilishda eritmaning sirkulyatsiyasini, burg‗ilash 
nasosi yoki nasos agregatlari yordamida burg‗ilash eritmalarini haydash hamda 
quduqni tezda bo‗shatish mumkin.
Preventorlar mustahkamlash kolonnasi va burg‗ilash yoki nasos – kompressor 
quvurlarining oralig‗idagi halqali fazoni germetiklash va bekitish uchun mo‗ljallanadi 
hamda quduqda quvur bo‗lmaganda quduq ustini yopish vazifasini amalga oshiradi. 
Asosan ikki turdagi preventorlar qo‗llaniladi: gidravlik va qo‗l yordamida 
boshqariladigan plashkali (PPG) va universal (PUG, PU). 
Muvozanatlanmagan bosim sharoitida quduqlarni burg‗ilash uchun (qatlam 
bosimi va quduq tubi bosimining tenglik sharoitida va qatlamni depressiya sharoitida
ochishda) otilmaga qarshi jihozlar aylanuvchi preventorlar bilan jihozlanadi.
Plashkali preventorlar quyidagilarga ajratiladi: 
quduqda joylashgan o‗lcham ostidagi burg‗ilash yoki nasos-kompressor 
quvurlarni quduq ustida izolyatsiya qilish uchun quvurli plashkali preventorlar;
quduqda quvurlar bo‗lmagan holatda quduq ustini izolyatsiyalash uchun kar 
plashkali preventorlar;
quduqdagi quvurni kesish va quduq ustini izolyatsiyalash uchun kar qirquvchi 
plashkali preventorlar.
Plashkali preventorlar korpus, gidravlik silindrli va plashka qopqoqlardan 
tashkil topadi. Korpus qo‗yma po‗latdan tik o‗tuvchi qopqoqli va to‗liq teshilgan 
to‗g‗ri burchakli gorizontal plashka joylashtirilgan tekislik ko‗rinishida bajariladi. 
To‗g‗ri burchakli tekislik ikkala tomonidan otma qopqoqli rezina zichlamali 
prokladkadan tashkil topadi. Qopqoq korpusga vintlar bilan mahkamlanadi. 
Plashkalar korpusdan va unga o‗rnatilgan almashtirilib turiladigan vkladish va 
rezinali zichlamadan tuzilgan. Plashkalar quvurlarga mo‗ljallangan teshiklar va 
teshiksiz – yopiq holatda (kar) bo‗ladi. 


305
Zaruriy holatlarda preventor quduqdagi quvurni kesishish uchun qirquvchi 
pichoqli plashkalar bilan jihozlanadi. 
Quvurli plashkalarning vkladishlarida maxsus uch burchakli burtmalar 
(to‗sqichlar) mavjud ya‘ni, preventor yopiq bo‗lganda quvur kolonnasini majburiy 
markazlashtirishni ta‘minlaydi. Gidravlik silindrning porsheni va shtoki suyuqlik 
bosimi ostida siljiydi va plashkani harakatlanishga olib keladi. Silindrga suyuqlik 
bosim ostida haydaladi. 
Preventorlar oraliq masofadan gidravlik uzatma orqali va qo‗l yordamida 
alohida uzatma orqali boshqariladi. Qo‗l dastakli uzatma gidroakqumulyatorni 
elektrsizlantirish va plashkani yopiq holatda mahkamlashda qo‗llaniladi. Qish paytida 
plashkaning bo‗shlig‗i preventorning korpusiga montaj qilingan bug‗ uzatmalar 
orqali uzatiladigan bug‗ bilan qizdiriladi. 
Izlov – qidiruv quduqlarini burg‗ilashda elektr uzatmali plashkali 
preventorlardan foydalaniladi. Universal preventorlar burg‗ilash quvurining istalgan 
qismi atrofida quduq usti qismini (yetakchi quvur, burg‗ilash quvurlari, qulfli 
birikmalarda) germetiklashga va quduqda quvurlar kolonnasi bo‗lmaganda usti 
qismini to‗liq yopishga mo‗ljallanadi. 
Germetiklangan universal preventor yordamida quvurlar kolonnasini u yoki bu 
tomonga harakatlantirish, bo‗rash va siljitishni amalga oshirish mumkin, lekin 
bunday holatni quduq usti plashkali preventor bilan germetiklanganda. Shuning 
uchun universal preventorni plashkali preventor bilan jamlanmada foydalaniladi. 
Universal preventor korpusdan, qopqoqdan, zichlamadan, plunjerdan, vtulka, 
g‗altak va zichlamali manjetdan tashkil topgan. Korpus ichki pog‗onali yuzaga ega. 
Plunjerning tashqi yuzasi ham pog‗onali shaklga ega.
Korpusning va plunjerning pog‗onali yuzalari hamda qopqoq preventorda 
ikkita gidravlik kameralarni hosil qiladi: pastki (to‗suvchi) va yuqori (tirgak). 
Kameralar bir-biridan manjetlar bilan ajratiladi. Korpusdagi teshiklar orqali gidravlik 
boshqarish qurilmasi bilan biriktirilgan.
To‗suvchi kameraga suyuqlik haydalganda plunjer yuqoriga harakatlanadi, 
zichlamani qisadi, rezinali halqa markazga siljiydi va quduq ustini germetiklaydi.


Preventor yopiq bo‗lganda tirgak kameraga suyuqlik haydalganda plunjer yuqori 
holatdan pastga tomon siljiydi va to‗suvchi kameradan suyuqlikni gidravlik 
boshqariladigan to‗kish chizig‗iga siqadi. Bunda zichlama siqilishdan olinadi va 
boshlang‗ich shaklni egallaydi. Aylanuvchi preventorlar burg‗ilash kolonnasi 
aylantirilganda quduq ustining germetikligini ta‘minlaydi. Aylanuvchi preventor 
yordamida quduqning ustidagi rostlangan bosim ostida yuvish bilan burg‗ilash olib 
boriladi. 
Bunday sxemada preventorning joylashishi quyidagicha: pastga ikkita yoki 
uchta PPG (plashechniy preventor gadravlicheskiy), yuqoriga PUT (plashechniy 
universalniy preventor ) va yuqoriga aylanuvchi preventor (vrashayushiysya 
preventor). Quduq usti jihozlarini turini va parametrlarini tanlash mahsuldor qatlamni 
ochishning asosiy masalasini aniqlaydi. Quduq ustini jihozlarini tanlashning asosiy 
prinsipi mahsuldor qatlamni ochish usuli hisoblanadi. 
Muvozanatlangan bosimda mahsuldor gorizontni ochishda ikkita yoki uchta 
plashkali preventor va bitta universal preventor yetarli bo‗ladi. 
Preventorlarning parametrlari kutiladigan qatlam bosimining kattaligiga, 
burg‗ilash quvurlarining o‗lchamlari yoki nasos-kompressor quvurlar va tushirilgan 
mustahkamlash kolonnasiga bog‗liq holda tanlanadi 
Quduqlarni boshqarish va burg‗ilash vaqtida neftgaz paydo bo‗lishini 
avariyasiz ta‘minlash uchun preventor qurilmasining bog‗lanmasi quriladi.
Bog‗lanmalar jamlanmasining tarkibiga yuqori bosimli quvur uzatmalar, 
to‗g‗ri oqimli zadvijka yoki gidravlik va qo‗l dastakli boshqariladigan ponalar, 
boshqariladigan va tezda olinadigan shtutserlar, urilma kamera, fittinglar 
(chorbarmoq, uchlik, bekitma), nasos agregatlarini qo‗shish uchun tez yechib 
olinadigan birikmalar, qirqichlar kiradi. 
Boshqariladigan shtutser quduq tubiga beriladigan qarshi bosimni hosil qilish 
va pog‗onasiz boshqarish, tez yechib olinadigan – qarshi bosimni hosil qilish va 
pog‗onali boshqarishni amalga oshiradi. 
Qirqichlar – burg‗ilash jarayonida burg‗ilash eritmalarini otma chiziqqa 
tushishini oldini oladi. Urilma kamera shtutserdan chiqadigan suyuqlik oqimining 


307
energiyasini sundirish va shtutserlarni burg‗ilash tizimining sirkulyatsiyasi bilan 
ulash uchun xizmat qiladi. 
Asosiy pult preventorlar va zulfinlarning bog‗lanmasi PVO lar burg‗ilashning 
tashqi chegarasidagi joyning xavfsiz boshqarish uchun mo‗ljallanadi, yordamchi pult 
esa – burg‗ilovchi joyini ishchilarini operativ boshqarish uchun. 
 

Download 7,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish