Mahsuldor qatlamlarni ochish va



Download 7,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/204
Sana30.03.2022
Hajmi7,46 Mb.
#517239
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   204
Bog'liq
fayl 1759 20210908

Nazorat savollari. 
1.
O‗qli teshgichlar haqida ma‘lumot bering? 
2.
Suv-qum-oqimli perforatsiyalashni qo‗llash texnologiyasini tushuntirib bering? 
3.
Namuna o‗lchamli perforator nima? 
4.
Torpedali perforatorni qo‗llash tartibini tushuntiring? 
5.
Kumulyativ perforatorni qo‗llash tartibini izohlab bering? 
6.
Suv-qum-oqimli ishlov berishda qatlamning qanday parametrlari hisobga 
olinadi? 
7.
Suv-qumli-oqimli perforatsiya qilishda aralashmalarning parametrlari qanday 
tanlanadi? 
8.
Qumli suyuqlikni tayyorlash usullarini izohlab bering? 
9.
Nasadkalarning ichki diametrlarining kattaligi va ularni qo‗llash tartibini 
izohlang? 
10.Korpusli va korpussiz kumulyativ perforatorlarni qo‗llash tartibini 
tushuntiring?


IX-bob. MAHSULDOR QATLAMЛАРНИ О„ЗЛАШТИРИШ. 
9.1. Neft quduqlarini o„zlashtirish usullari 
 
Quduqlarni tugallash ishlari qurilishning muhim bosqichlaridan sanaladi. O‗z 
tarkibiga mahsuldor qatlamni burg‗ilab ochish, ishlatish tizmalarini tushirish va 
sementlash, quduq tubini jihozlash, oqimni chaqirish va quduqni o‗zlashtirish kiradi. 
Oxirgi bosqichda ishlarni sifatli amalga oshirish quduqni uzoq muddat ishlashiga, 
qazib olish imkoniyatiga, iqtisodiy ko‗rsatgichlariga ta‘sir qiladi. Mahsuldor qatlamni 
ochish usullari geologik va texnik shartlardan kelib chiqqan holda bir xil bo‗lishi 
mumkin. 
Mahsuldor qatlamni sifatli ochilishida quyidagi masalalar o‗z yechimini topishi 
kerak:
1. Anomal yuqori qatlam bosimli quduqlarni ochishda ochiq favvora bo‗lishini 
oldini olish choralari ko‗riladi. Buning uchun shunday turdagi loyli eritma 
qo‗llaniladi, quduq tubi bosimining qatlam bosimidan 10% yuqori ekanligi 
ta‘minlanadi. 
2. Mahsuldor qatlamni ochganda tog‗ jinsining tabiiy sizilish xossalari 
saqlanishi zarur. 
Loyli eritma filtratlari qatlam suvlari yoki neft bilan o‗zaro ta‘siri natijasida 
erimagan cho‗kindilari g‗ovaklik yoki qatlam yoriqlariga kirib, mustahkam suv-neft 
emulsiyasini shakllantiradi. Shuning uchun mahsuldor qatlamni loyli eritma bilan 
ochganda past suv beruvchanlikka ega bo‗lishi hamda mahsuldor qatlamdagi tog‗ 
jinsini bukishiga yo‗l qo‗ymaydi. 
Yuqori o‗tkazuvchanlikda hamda past bosimli qatlamni ochishda loyli 
eritmalarni qatlamga yutilishi sodir bo‗ladi. Bunday qatlamlar uglevodorodli asosli 
yoki aeratsiyali yengillashtirilgan aralashma, SFM – qo‗shimchali eritma yordamida 
ochiladi.
Burg‗ilash tizmasini katta tezlikda tushirilganda loyli aralashmalar quduq tubi 
zonasidagi yoriqlar orqali qatlamga yutilishi sodir bo‗ladi, g‗ovakliklarni bekitib 
qo‗yadi. Shuning uchun mahsuldor qatlamni ochishda burg‗ilash asboblari kritik 


345
qiymatdan katta bo‗lgan tezlikda tushirilganda qatlamni yorilishi yoki mavjud 
yoriqlarni ochilishi sodir bo‗ladi.
3. Mahsuldor qatlamni to‗liq ochilishiga erishish va uzoq muddat suvsiz neft 
qazib olishda quduq tubiga suyuqlik oqimini yengil kirishi ta‘minlanadi.
Uyumning tashqi konturidan suv haydovchi quduq burg‗ilanganda, yuqori 
sig‗imdorlikka erishish maqsadida qatlamni to‗liq ochiladi. Bunday sharoitda quduq 
tubida suv bo‗lmagani yo‗q va quduq «suvneftchegarasidan» katta masofada 
joylashganda yoki neftgaz konturi chegarasi (GNCh) uzoq bo‗lganda, faqat qatlamni 
neft qismini ochish tavsiya qilinadi.
Agar neft qazib olinuvchi quduqda gaz shapkasi ochilsa, mahsuldor qatlam 
«GNCH» - sidan ma‘lum oraliqdagi uzoqroq masofada ochiladi, quduq tubi shunday 
jihozlanadiki, bunda gaz do‗ppisidan gazni olib chiqmaydi. 
Mahsuldor qatlamlar ikki marta ochiladi: birlamchi - burg‗ilash jarayonida, 
ikkilamchi mustahkamlash tizmasidan keyin sementlanib teshib ochiladi. 
Mustahkamlash tizmalarini teshib qatlamni ochish - quduqni qurilishda eng muhim 
jarayonlardan biri, keyinchalik sinashni muvaffaqiyatli o‗tishi va qatlamdan quduqqa 
oqimni chaqirish muhim masalalardan biri hisoblnadi.
Qatlamni ikkilamchi teshib ochishda quduqdagi suyuqlikning qalinligi (8-
10mm), po‗lat quvur diametrini (6-12 mm qalinlikdagi), sement toshining qalinligini 
(quduqda haqiqiy halqa oralig‗i masofasini 25-50 mm va undan katta) hamda quduq 
tubi zonasida tiqilib qolgan kollektorlarni burg‗ilab ochish davrida unga salbiy ta‘sir 
etuvchi omillarni hisobga olganda 40-50 mmdan 100-150 mm va undan katta 
masofani teshib o‗tishga to‗g‗ri keladi.
Shunday qilib, teshish jarayonida asosiy ko‗rsatilgan to‗siqlarni yorib o‗tishi va 
quduq bilan gidrodinamik aloqani o‗rnatish hamda oqimni jadallashtiruvchi har xil 
tadbirlarni amalga oshirishni ta‘minlash va quduq tubi zonasining o‗tkazuvchanligini 
kuchaytirish zarurdir. Teshishda suvli-qum oqimli teshgichlardan ham foydalaniladi 
So‗nggi yillarda ko‗proq parmalab teshadigan va har xil qirquvchi 
moslamalardan foydalaniladi. Bular yordamida mustahkamlash tizimlarida va sement 
toshida har xil yoriqlar hosil qilinadi. Amalda kimyoviy alyumeniyli eritmalardan 


yoki mis vtulkalardan ko‗proq foydalaniladi, mustahkamlash tizmasini bir qismiga 
o‗rnatiladi hamda mahsuldor yotqiziqlar joylashgan oraliqlarga o‗rnatiladi va teshish 
amalga oshiriladi.

Download 7,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish