«Mahalliy xomashyolar va ikkilamchi resurslar asosida innovatsion texnologiyalar»


  OZIQ-OVQАT HАVFSIZLIGIDА PEKTINNING FOYDАLI



Download 9,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet264/302
Sana24.02.2022
Hajmi9,62 Mb.
#226303
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   302
Bog'liq
1-JILD KONFERENSIYA

436 
OZIQ-OVQАT HАVFSIZLIGIDА PEKTINNING FOYDАLI 
XUSUSIYATLАRI VА АHАMIYATI
Raxmonberdieva R.K., Xakimova B. B., Yuldasheva I. E. 
OʼzRFА Oʼsimlik moddalari kimyosi institute 
Urganch Davlat universiteti
 
Hozirgi kunda eng dolzarb muammo inson salomatligini taʼminlovchi oziq-
ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish muammosidir. Inson salomatligi profilaktikasi 
uchun oziq-ovqat mahsulotlari bir qator biologik faol moddalar bilan boyitiladi. 
Bulardan biri yuqori molekulyar modda, yaʼni uglevodlar turkumiga kiruvchi pektin 
moddasidir.
Pektin moddalari, pektinlar (yun. pektos — birikkan, qovushgan, muzlagan) — 
barcha quruqlik oʻsimliklari va bir qator suvoʻtlar tarkibidagi eriydigan (eriydigan 
pektin) va erimaydigan (protopektin) yuqori mo-lekulali polisaharidlar. Pektin 
moddalari mevalar va rezavor-mevalar, kanop poyasi, qand lavlagi tarkibida ayniqsa 
koʻp boʻladi. Kimyoviy tabiatiga koʻra tarmoqlanmagan poligalakturanidlar — 
galakturan kislota polimerlaridan iborat. Pektin moddalarining tarkibiga neytral 
monosaharidlar — galaktoza, ramnoza, arabino-za, ksiloza ham kiradi. Pektin 
moddalari 4 guruhga: pektokislotalar, pektin kislotalar, pektinlar va propektinlarga 
boʻlinadi. Shulardan pektinlarning ahamiyati mu-him. Pektinlar sitrus mevalari, olma 
va tarvuzdan olinadi. Pektin moddalari oziq-ovqat sanoatida jem, jele, meva 
konservantlari va boshqa tayyorlashda ishlatiladi. 
Pektin - bu yopishqoq xususiyatlarga ega bo'lgan o'simlik moddasi, ilmiy 
ma'noda - olma yoki tsitrus pulpasini ekstrakti bilan olinadigan tozalangan 
polisaxarid. Jellelashtirivchi, quyuqlashtiruvchi, stabilizator va tiniqlashtiruvchi, 
namlovchi, filtrlash vositasi sifatida u E-440 oziq-ovqat qo'shimchasi sifatida 
ro'yxatdan o'tgan.
Pektin moddasini birinchi bulib XVIII asr oxirlarida fransuz kimyogari, 
farmasevti Lui Nikola Voklen ochgan. Ushbu birikmalarning kimyoviy tuzilishiga 
faqat XX asrning ikkinchi yarmida oydinlik kiritildi. Buning sababi pektinning 
o'zgarmagan holatdagi, sof preparatlarini olish qiyinligidir. 
U inson tanasidan zararli moddalar va zaharlarni (karbamid va o't kislotasi, 
radioaktiv elementlar, og'ir metal ionlari, pestitsidlar, shlaklar, toksinlar, zararli 
xolesterin) tabiiy bakteriologik muvozanatni buzmasdan olib tashlaydi. Shuning 
uchun pektin ogʼir mehnat sharoitida ishlaydigan kishilarning sutkalik ratsioniga 
kiritilgan.
Pektinga bulgan sutkalik ehtiyoj katta yoshli kishilar uchun 4-15 grammni 
tashkil etadi. Bunday miqdor yangi uzilgan sabzavot va mevaning bir kilogrammiga 
mos keladi. 
Pektin metabolizmni barqarorlashtirish uchun juda muhimdir, u organizmdagi 
xolesterolni pasaytiradi, periferik qon aylanishini va ichak harakatini yaxshilaydi. 
Ko'pgina mutaxassislar pektinni organizmning bakteriologik muvozanatini 
buzmasdan tanadan radioaktiv elementlar, zaharli metallarning ionlari va pestitsidlar 


437 
kabi zararli moddalarni olib tashlashning noyob qobiliyati uchun inson tanasining 
sanitari deb atashadi.
Pektin o'simlik asosidagi yopishtiruvchi moddadir. Tabiatda pektin o'simlik 
materiallari, mevalar, sabzavotlar, ildiz ekinlarida uchraydi. Birinchi marta mevalar 
sharbatidan pektin ajratib olindi. Endi pektin ishlab chiqarish uchun tarkibida pektin 
miqdori yuqori bo'lgan o'simlik materiallari ishlatiladi. Hozirgi vaqtda to'rtta asosiy 
xom ashyo qayta ishlanmoqda: olma sharbati ishlab chiqarishdagi chiqindi, qand 
lavlagi chiqindisi (shakar ishlab chiqarishdagi chiqindi), kungaboqar savatlari va 
tsitrus po'stlari.
Biz tadqiqodlarimizda quyi Аmudaryo hududida oʼsuvchi 
mayda yaproqli jiydadan (Elaeagnus angustifolia L), yuqori molekulyar moddalar 
(polisaxaridlar) ajratib olishga doir ilmiy izlanishlarni olib borishni rejalashtirdik. 
Bugungi kungacha mayda yaproqli jiyda yaprogʼi va mevasidan pektin moddasi 
ajratib oldik.

Download 9,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   302




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish