Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining PISA dasturiga koʻra, umumiy jihatdan Shanxay davlat maktab oʻquvchilari dunyo miqyosida olib qaralganda sezilarli darajada yaxshi natijalarga ega. Shanxay ushbu natijalarga mamlakatdagi yuqori koʻrsatkichlarga ega maktablar bilangina emas balki butun taʼlim tizimidagi eng yaxshi oʻqitiladigan maktablarni nisbatan kuchsiz maktablarga biriktirish orqali erishgan.[1] Shanxay taʼlim tizimi barcha oʻquvchilarning ijtimoiy-iqtisodiy kelib chiqishidan qatʼiy nazar, yaxshi faoliyat olib borishi kerak degan qoidaga asoslanadi.[2]
Soʻnggi yillarda Shanxayning turli sohalarda sezilarli darajada oʻsishi kuzatildi, jumladan aholi soni 2000-yilda 16,7 million kishi boʻlsa 2020-yilda bu koʻrsatkich deyarli 24 milliondan oshdi. Aholining tez surʼatlarda oʻsib borishi shaharni sezilarli darajada kengayishiga va uning infratuzilmasi hamda xizmat koʻrsatish sohasiga katta taʼsir oʻtkazdi. Taraqqiyotning bunday darajada tez oʻsishi davlat xizmatlari uchun qiyinchiliklar tugʻdirishi bilan bir qatorda taʼlim tizimidagi yangi islohotlarni amalga oshirishni taqozo etdi.
Turli sohalar taraqqiy etishi, jumladan, taʼlim tizimidagi oʻzgarishlar, ayniqsa, maktablar samaradorligidagi farqlar tobora kengayib borayotganligi xavotirga sabab boʻldi.
Xususan, Shanxayning yangi chekka tumanlaridagi maktablarning shaharning ancha rivojlangan maktablariga nisbatan samaradorligi borasida xavotirlar yuzaga keldi. Ushbu muammolarni hal qilishda vakolatli boshqaruv dasturining yoʻlga qoʻyilishi muhim ahamiyat kasb etdi.
Vakolatli boshqaruv dasturi — bu nisbatan quyi koʻrsatkichlarga ega maktablarga oʻquvchilar bilimini yaxshilashga yordam berishi mumkin boʻlgan yuqori koʻrsatkichlarga ega maktablarni birgalikda rivojlantiruvchi dasturdir. Ushbu dasturda nisbatan quyi koʻrsatkichlarga ega maktablarning samaradorligini oshirish maqsadida yuqori koʻrsatkichlarga ega maktablar bilan hamkorlikda odatda ikki yillik shartnoma tuziladi.
Aksariyat innovatsion taʼlim dasturlari singari, vakolatli boshqaruv dasturi ham manfaatdor tomonlar va muayyan sharoitlarga qarab rivojlanib bormoqda. Dastur natijalarini statistik tahlil qilish hali yoʻlga qoʻyilmagan boʻlsada taʼlimning barcha darajalarida — maktabda, maktab okrugida, munitsipalitetda va hattoki milliy miqyosda siyosatchilar bu taʼlimning tengsizligini hal qilishda va nisbatan quyi darajadagi maktablarni takomillashtirishda samarali dastur sifatida qaraladi.[3]
Vakolatli boshqaruv dasturi davlat maktablari tizimlarida qanday qilib samarali faoliyat koʻrsatishining asosiy jihatlari:
Nisbatan quyi va yuqori koʻrsatkichlarga ega maktablarni aniqlash;
Nisbatan quyi koʻrsatkichga ega maktablarini rivojlanish bosqichlarini belgilab olish;
Baholash va hisobot tamoyillari yordamida natijalarni aniqlash;
Shanxaydagi nisbatan quyi va yuqori koʻrsatkichga ega maktablarini aniqlash
Vakolatli boshqaruv dasturining asosiy boshlangʻich bosqichi nisbatan quyi va yuqori koʻrsatkichlarga ega maktablarni aniqlashdir. Maktablarni tanlash mezonlari qatʼiy emas va markaziy maʼmuriyat tomonidan belgilangan miqdoriy koʻrsatkichlarni inobatga olgan holda amalga oshiriladi. Bunda nisbatan yuqori va quyi koʻrsatkichli maktablarni aniqlash uchun javobgarlik asosan maktab va tuman darajasida boʻladi. Chunki maktab joylashgan tuman oʻz hududidagi maktablar haqida har tomonlama maʼlumotlarga ega boʻladi.
Masalan, maktab va tuman rahbarlari nisbatan quyi hamda yuqori koʻrsatkichlarga ega maktablarni aniqlashga masʼuldirlar va ular qabul qilgan qarorlari uchun javob beradilar. Oʻz navbatida, maktab faoliyatini samarali yuritgan maktab va tuman rahbarlari mukofotlanadi. Vakolatli boshqaruv dasturi doirasida maktablarni aniqlash uchun bir nechta omillar qoʻllanadi. Ushbu omillarning ayrimlari batafsil koʻrib chiqiladi.
Maktab maʼlumotlari va bilim omili
Maktablarda amalga oshirilayotgan ishlar va jarayonlar haqidagi maʼlumotlar bir nechta usullarda toʻplanadi. Bu maktab faoliyati, oʻquvchilarning maktab darajasidagi bilimlarni oʻzlashtirish darajasini oʻz ichiga oladi. Ushbu maʼlumotlar barcha maktablar kesimida toʻplanadi, ammo ular jamoatchilikka ochiq taqdim etilmaydi va ular vakolatli boshqaruv dasturi samaradorligini qatʼiy tahlil qilishga imkon bermaydi.
Maktab va tuman rahbarlari oʻz maktablarini bilishlari shart.
Bu maktab miqyosidagi xodimlarni baholashning asosiy tarkibiy qismidir.
Bunga nafaqat faoliyat koʻrsatkichlari, balki tumanning har bir maktabida har kuni sodir boʻlayotgan voqealar kiradi. Maktab va tuman miqyosidagi taʼlim mutasaddilari maktablar bilan doimiy aloqada boʻladilar. Bunda turli yigʻilishlarda ishtirok etish va maktabga borish, ular bilan faoliyat olib borishni yaxshilash muhim ahamiyat kasb etadi. Bu jarayonda maktablar bilan maktab okrugi va oʻz navbatida munitsipalitet oʻrtasidagi aloqalarni nazorat qilish, rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlashga katta eʼtibor qaratiladi.
Toʻplangan maʼlumotlar maktablarni, ayniqsa nisbatan quyi koʻrsatkichli maktablarni baholash natijalari toʻgʻrisida qoʻshimcha maʼlumot olish imkonini beradi. Baholash jarayoni oʻquvchilarning faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tahlil qilishni oʻz ichiga olib, maktabdagi taʼlim jarayoni toʻgʻrisidagi qoʻshimcha maʼlumotlar maktab va tuman rasmiylarining maktabga tashriflari bilan toʻldiriladi. Kasbiy rivojlanish yutuqlari, jamoatchilik bilan aloqalar va oʻquvchilar uchun darsdan tashqari ishlar ham muhim hisoblanadi.
Baholash va monitoring omili
Vakolatli boshqaruv dasturida maktablar oʻrtasidagi individual shartnomalarni batafsil baholash maktab faoliyati toʻgʻrisida doimiy ravishda toʻplanadigan maʼlumot turiga misoldir. Bu oʻquvchilarning bilimi va oʻqituvchilarning kasbiy rivojlanishini, hamkorligi va samaradorligini oshirish uchun muhim boʻlgan maktab faoliyati jihatlari, shu jumladan, sinfiy kuzatuvlarda sifat jihatidan yaxshiroqdir.
Koʻpgina boshqa tizimlardan farqli oʻlaroq Shanxay taʼlim tizimining asosiy jihati shundaki, dasturlar, resurslar va xarajatlar doimiy ravishda nazorat qilinadi va baholanadi, zarur boʻlganda resurslar qayta taqsimlanadi.
Koʻnikmalarning oʻzaro munosiblik omili
Ikkala maktabning oʻzaro munosibligi yaʼni biri nisbatan yuqori koʻrsatkichli ikkinchisi esa nisbatan quyi koʻrsatkichga ega boʻlishi muhimdir. Biriktirilgan maktab faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va yaxshilash uchun yuqori koʻrsatkichlarga ega maktabda zarur koʻnikmalar mavjudmi? Ushbu tahlil ikki maktab oʻrtasida tuzilgan bitim turiga va hal qilinishi kerak boʻlgan aniq masalalarga qarab farq qiladi. Ammo past natija koʻrsatuvchi maktabga zarur koʻnikmalarni egallab olishga yoki unga yordam koʻrsatish koʻpincha yuqori natija koʻrsatuvchi maktab direktoriga bogʻliq.
Shu nuqtayi nazardan past koʻrsatkichli maktab natijalarini yaxshilash uchun asosiy masʼuliyat maktab direktorlariga yuklatilgan. Yuqori koʻrsatkichga ega biriktirilgan maktab direktorlari boshqa vazifalar qatorida takomillashtirish strategiyasi va rejasini ishlab chiqish, past koʻrsatkichli maktabda yetakchilik qobiliyatini yaxshilash, oʻqish va oʻqitish tizimini takomillashtirish uchun tuzilmalar yaratish va ikki maktab oʻrtasidagi munosabatlarni boshqarish uchun javobgardir.
Imkoniyatlar
Maktablar oʻrtasida kelishuvlar oʻrnatishda imkoniyatlar chegarasi har doim hisobga olinadi. Bu ayniqsa, yuqori darajadagi maktab bir nechta maktabga yordam berish uchun kelishuvga ega boʻlganda, muhim masaladir.[4] Qoʻllab-quvvatlayotgan maktab boshqa maktabga oʻz faoliyatiga ziyon yetkazmasdan yordam berish qobiliyatiga ega boʻlishi lozim. Shunday qilib, u oʻqituvchilarni rivojlantirish va oʻquvchilarning bilimlarini yaxshilaydigan samarali pedagogika, shuningdek, yuqori darajadagi menejment va ilgʻor oʻqituvchilar mahoratlari kabi muhim sohalarda imkoniyatlarga ega boʻlishi kerak.
Bundan maqsad — boshqa maktabga berilayotgan har qanday yordam yuqori natijalarga erishgan maktab koʻrsatkichlarini pasaytirmasligini taʼminlashdir.
Biroq maktablar oʻrtasidagi hamkorlik nolga teng keladigan oʻyin emas. Darhaqiqat, ikki maktab oʻrtasidagi kelishuvdan unumli foydalangan maktablar koʻpchilikka maʼlum. Oʻqituvchilar va maktab direktorlari oʻrtasidagi maʼlumot oqimi almashinuvi fikrlar va ilgʻor tajribalarni almashishni kuchaytiradi. Maktab direktorlari, boshqa maktab rahbarlari va oʻqituvchilar faoliyati samaradorligi koʻpincha ularning turli muhitlardagi yangi muammolarga duch kelganda va oʻz maktab tizimida oʻqitish va uni takomillashtirish vazifasini oʻz zimmasiga olganda yaxshilanadi.
Oʻz navbatida, nafaqaga chiqishga yaqin boʻlgan malakali oʻqituvchilar va maktab yetakchilari nisbatan quyi koʻrsatkichga ega maktabga biriktirilib, bu yerda ular hayotiy koʻnikmalar va tajribalarni berishga muvaffaq boʻlishdi.
Maktablar oʻrtasida kelishuv bitimini joriy etish
Yuqori koʻrtsatkichga ega maktablar odatda okrugdagi quyi koʻrsatkichga ega maktablar bilan oʻzaro bitim imzolaydi. Ammo bu bitim Shanxay munitsipaliteti ichida okruglararo tuziladigan boʻlsa, kelishuv munitsipalitet ishtirokida boʻladi. Yuqori koʻrsatkichlarga ega maktablar Shanxay munitsipalitetidan tashqaridagi maktablar bilan ham bir necha kelishuvlarni imzolagan. Bundan maqsad ushbu dasturni va malakani Xitoyning boshqa qismlarida ham yoʻlga qoʻyishdir.
Maktablar oʻrtasida tuzilgan shartnoma yoki bitimda foydalaniladigan muddat, narx va monitoring hamda baholash mexanizmlari koʻrsatib oʻtiladi. Shartnomaning muddati odatda ikki yilni tashkil qiladi. Agar barcha tomonlar muayyan maktabni takomillashtirish uchun qoʻshimcha vaqt kerak degan xulosaga kelsalar, bunda shartnoma besh yilgacha uzaytirilishi mumkin. Ikkala tomon ham muddatning uzaytirilishini foydali deb hisoblasa, yaʼni quyi koʻrsatkichga ega maktabni takomillashtirishni aniqlagan, keyingi yutuqlar mavjudligini nazarda tutgan holda, birinchi bosqich ijobiy natija koʻrsatgan boʻlsa, shartnomani yana ikki yilga uzaytirish mumkin.
Shartnoma muddati ikki omilga bogʻliq. Birinchidan, ikki yil davomida maktabni ijobiy tomonga oʻzgartirish boʻlsa, ikkinchidan, shu ikki yil muddatda yuqori koʻrsatkichga ega maktab quyi koʻrsatkichga ega maktabga eng koʻp yordam koʻrsatadigan davrdir. Ammo maktabga tashqi aralashuvning ijobiy taʼsiri ham maʼlum chegaraga ega. Yuqori koʻrsatkichga ega maktab yangi dasturlarni, yangi taʼlim va oʻqitish metodlarini hamda yangi madaniyatni taklif qilishi mumkin, ammo muayyan vaqt oʻtgach, jarayon muqobilligi kuzatiladi.[5] Shunday qilib, agar barcha tomonlar ushbu muddat ichida maktabni yanada ijobiy tomonga yaxshilanishi toʻgʻrisida xulosa qilsa, shartnomalarni faqat qoʻshimcha ikki yoki uch yilgacha uzaytirish mumkin.
Kelishuv turlari
Kelishuvlar aksariyat hollarda bir-xil maktablar oʻrtasida tuziladi. Ammo ayrim hollarda yuqori maktab quyi maktabga biriktirilishi ham mumkin. Bunday kelishuvlarda yuqori koʻrsatkichga ega maktab quyi koʻrsatkichga ega maktabni oʻz masʼuliyati doirasida koʻradi. Baʼzi hollarda maktabning nomi yuqori koʻrsatkichga ega maktab nomi bilan hamohangligini koʻrishimiz mumkin.
Boshlangʻich maktabni tamomlagan oʻquvchilar shaharning boshqa qismidagi yuqori maktabga borishlari mumkin. Bu boshlangʻich maktab koʻrsatkichlarini tezda yuksaltiradi.
Yuqori koʻrsatkichga ega maktab oʻz nomini quyi koʻrsatkichga ega maktabga berishi orqali oʻz nomining keng tarqalishini taʼminlaydi. Ular oldidagi masʼuliyatni yanada oshirib, quyi koʻrsatkichga ega maktabning yuqori koʻrsatkichga ega maktab natijalariga intilishini taʼminlaydi.
Shanxayda quyi koʻrsatkichga ega maktablarni takomillashtirish boʻyicha vakolatli boshqaruv dasturi samarali faoliyat olib bormoqda va uning koʻlami kundan-kunga kengaymoqda. Shanxaydagi taʼlim mutasaddilari PISA tadqiqoti natijalariga tayangan holda Shanxayni dunyodagi eng yuqori koʻrsatkichli taʼlim tizimiga aylanishiga yordam bergan deb hisoblashadi.
Shubhasiz, oʻqituvchilar va siyosatchilar uchun Shanxay dasturini oʻrganish va undan mahalliy sharoitda manfaatli foydalanish uchun imkoniyatlar mavjud. Bundan tashqari, dasturning bir nechta jihatlari mavjud boʻlib, ular faqat Shanxayda qoʻllangan. U yerdagi oʻzgaruvchan maktablarni yaratish boʻyicha dalillar butun dunyo taʼlimiga juda mos keladi. Vakolatli boshqaruv dasturi quyi koʻrsatkichli maktablarni takomillashtirishda bizga maʼlum boʻlgan narsalarni amalga oshirish uchun namuna boʻla oladi.
Quyi koʻrsatkichli maktablarni takomillashtirish bosqichlari
Maktablarni takomillashtirish borasidagi maʼlumotlarga ega har qanday shaxs ularni oʻzgartirish uchun muhim boʻlgan jihatlarni biladi.[6] Maktablar muammolarga turli yoʻllar bilan yondashsada, bunda koʻzlangan asosiy maqsad oʻzgarishsiz qoladi.
Yuqori koʻrsatkichga ega maktablarga oʻziga biriktirilgan maktablar bilan birgalikda faoliyatini olib borish masʼuliyati topshiriladi. Faoliyat jarayonida yuqori koʻrsatkichga ega maktablarning ikki yoki uch nafar malakali oʻqituvchilar jamoasi quyi koʻrsatkichli maktablarga kundalik tashrifni amalga oshiradilar. Faoliyat jarayonida jamoa aʼzolari maktabda yangi dasturlarni amalga oshirish bilan bir qatorda turli sohalarda yetakchilarni ham belgilab boradilar.
Baʼzi hollarda quyi koʻrsatkichga ega maktablarning oʻqituvchilari va yetakchilari qanday qilib takomillashtirish mumkinligi aytilganda oʻzlarini tashvishli va behalovat his etadilar. Bu muammolarni koʻpincha ikkala maktab hamkorlikda oʻqish va oʻqitishni rivojlantirishga koʻproq urgʻu berish orqali bartaraf qiladilar.
Yuqori koʻrsatkichga ega maktablardan maktab faoliyatini takomillashtirishda quyidagi omillardan foydalanishlari kutiladi:
Maktab yetakchiligi va strategik rejalashtirish;
Maktab madaniyati va tashkiloti;
Samarali oʻqitish;
Oʻquvchilarning oʻrganish odobi;
Maktabning mahalliy hamjamiyat bilan aloqasi.
Xulosa
Shanxayda quyi koʻrsatgichga ega maktablarni takomillashtirish boʻyicha vakolatli boshqaruv dasturi samarali hisoblanadi va u bugungi kunda ham kengaytirilmoqda. Oʻzining PISA koʻrsatkichlaridan kelib chiqib, taʼlim rahbarlari bu Shanxayni dunyodagi eng yuqori koʻrsatkichli taʼlim tizimiga aylantirishga yordam bergan deb hisoblashadi. Shubhasiz, oʻqituvchilar va siyosatchilar Shanxay dasturidan oʻrganish va oʻzlarining mahalliy sharoitlarida foydali narsalarni qoʻllashlari uchun imkoniyatlar mavjud. Shanxay misolida biz qanday qilib oʻzgaruvchan maktablarni yaratish boʻyicha dalillar butun dunyoga juda mos kelishini bilib olishimiz mumkin. Vakolatli boshqaruv dasturi quyi koʻrsatgichga ega maktablarni takomillashtirishda biz bilgan narsalarni amalga oshirish uchun namuna beradi.
Dastur Shanxay maktab tizimida mavjud boʻlgan kuchli tomonlardan foydalanib, quyi koʻrsatgichga ega maktablarga yordam beradi. Yuqoridan yuqoriga yondashishni qoʻllash oʻrniga, bu maktablarni bir-biri bilan ishlashga majbur qiladi. Hamma joyda oʻqituvchilar ushbu hisobotda keltirilgan usullarni maktab faoliyatini, yaxshilash uchun taʼlimning boshqa yoʻnalishlarini yaxshilash uchun samarali ishlatish mumkinmi deb oʻylashlari kerak.
Xulosa oʻrnida shuni aytish mumkinki, Shanxayda taʼlimning kuchli tomonlarini taʼkidlash va oʻqituvchilarning faoliyati, u yerdagi martaba hamda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining (OECD) aksariyat mamlakatlaridagi oʻqituvchilarning faoliyati va martaba oʻrtasidagi farqlarni hisobga olish kerak. Shanxay samarali kasbiy taʼlimga, sinflarni kuzatishga va oʻqituvchilar bilan fikr-mulohazalarga, kasbiy hamkorlikka va oʻquv tashkilotlari boʻlgan maktablarni yaratish uchun oʻqituvchilarning tadqiqot qobiliyatlarini rivojlantirishga sezilarli darajada katta sarmoyalar kiritadi. Ushbu sohalar vakolatli boshqaruv dasturida va Shanxayda butun taʼlim tizimida taʼkidlangan.
XurshidAhmedov,
Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi boʻlim boshligʻi
A.Karimberdiyev,
Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi bosh mutaxassisi
Manba: Maʼrifat gazetasi
[1] OECD, “PISA 2009 natijalari: Oʻquvchilar biladigan va qila oladigan narsalar”.
[2] Ben Jensen va boshqalar, “Oʻqish: Sharqiy Osiyodagi yeng yaxshi maktab tizimlaridan oʻrganish” (Viktoriya, Avstraliya: Grattan Instituti, 2012), http://grattan.edu saytida.au Sharqiy-Osiyodagi eng yaxshi maktab tizimlaridan oʻrganish.
[3] Yongyuan Yin va Guixin Vang, “Shanxay: Aholini rejalashtirish va shaharlarning barqarorligi”. Yongyuan Yin va Guixin Vang, va boshq., Aholi punktlarini rivojlantirish, jild. 2 (Nyu-York: birlashgan millatlar nashriyoti, 2006); Xitoyning milliy statistika byurosi, «Xitoy Xalq Respublikasi Milliy statistika byurosining 2010-yilgi Aholini roʻyxatga olishning asosiy koʻrsatkichlari toʻgʻrisida xabarnomasi [1] (№ 1)”, http://www.stats.gov. cn / english / newsandcomingevents / t20110428_402722244. htm ( 2012-yil sentyabr).
[4] Yuqori natijalarga erishgan maktablarning boshqa maktablar bilan koʻp bitimlar tuzishi odatiy holdir. Masalan, Shanxay eksperimental maktabi besh xil maktabga yordam berish uchun beshta kelishuv bilan shugʻullangan.
[5] Buni yuqori natijalarga erishgan maktab taʼlimi tizimiga ega boʻlgan boshqa mamlakat — Singapur amaliyoti bilan taqqoslash qiziq. Singapuradagi maktab direktorlari har besh-yetti yilda maktablar oʻrtasida almashtirib turiladi. Bu nafaqat maktab direktoriga butun faoliyati davomida keng tajriba beradi, balki bu maktab direktorining maktabga maksimal darajada taʼsir koʻrsatadigan davri hisoblanadi. Jensen va boshqalar, “Oʻqish: Sharqiy Osiyodagi eng yaxshi maktab tizimlaridan oʻrganish”.
[6]Masalan, Bert P. M. Creyemers va boshqalarga qarang: «Maktabni samarali takomillashtirish — muvaffaqiyatga erishish uchun zaruriyatlar: Best Practicye Case xalqaro qiyosiy tadqiqoti natijalari». Toni Tovnsenda, yed., Maktab samaradorligi va yaxshilanishining xalqaro qoʻllanmasi, jild. 17 (Dordrext, Gollandiya: Springer, 2007); Biz. Taʼlim boʻlimi, Taʼlimdagi innovatsiyalar: Muvaffaqiyatli Xartiy maktablari (2004); Devid Xopkins, Jon Munro va Ueyn Kreyg, Kuchli taʼlim: Taʼlimni tizimli takomillashtirish strategiyasi (Melburn, Avstraliya: ACER nashri, 2011).