2.1. Bo’lajak o’qituvchida kasbiy kompetentlikni
shakllantirishning pedagogik jihatlari
Kompetentlik - insonning faoliyatli tavsifi, shuning uchun uning tasniflanishi eng avvalo, faoliyat tasnifiga mos bo’lishi kerak. Umumiy holda bular mehnat, o’quv, o’yin va kommunikativ kompetentliklar.
Bularga yana quyidagilarni qo’shimcha qilish mumkin:
- kompetentlikni faoliyatning yo’naltirilgan ob’yekti bo’yicha tasniflash, u «inson-inson», «inson-texnika», «inson-badiiy obraz», «inson-tabiat», «inson-belgili tizim» sohalarida kompetentlikni beradi;
- kasblarning alohida sinflari va guruhlari sohasidagi kasbiy kompetentlik;
- aniq faoliyat (mutaxassislik) dagi predmetli kompetentlik.
Jamiyatning turli sohalarida esa quyidagi maxsus kompetentliklar ham talab etiladi: maishiy xizmat sohasida, san’at sohasida, sport sohasida va boshqalar.
2.1. Bo’lajak o’qituvchida kasbiy kompetentlikni
shakllantirishning pedagogik jihatlari
2.2. Bo’lajak o’qituvchilarida axborot-kommunikatsion ta’lim
muhitida kasbiy kompetentlikni shakllantirishning asosiy yo’nalishlari
Axborot-ta’lim makoni - bu axborot ta’limiy maqsadlar uchun foydalaniladigan makon. Axborot makonining maqsadi esa, axborot-ta’lim makoni maqsadiga nisbatan kengroq. U o’z ichiga o’z bo’sh vaqtini tashkil etish imkoniyati haqidagi axborot (shu jumladan, musiqiy dasturlar) ni, shuningdek, siyosat, madaniyat, iqtisodiyotda qarorlar qabul qilish sohasini (ba’zan inson o’zi uchun yetarli bo’lmagan axborotni ongli ravishda qidirish) va insonni uni o’rab turgan ijtimoiy-madaniy sharoitga yo’naltirishni (masalan, Internet tarmog’idagi yangiliklar saytlari yordamida) oladi.
Axborot zaruriyatga qarab saqlash va uzatish mumkin bo’lgan, chop etilgan yoki elektron ko’rinishda taqdim etilgan ma’lumotlar, dalillar, izohlar, fikrlardan iborat. Inson uchun axborot - bu uning bilimi.
Ta’limning asosiy maqsadi - kishilarning ta’lim olganlik va tarbiyalanganlik darajasini oshirish, ularda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, inson o’z imkoniyatlarini to’la namoyon qilishi uchun sharoit yaratish qobiliyati va katta hajmdagi bilimlarni o’zlashtirishi hisoblanadi. Shuning uchun ham ta’limni axborotlashtirish asosiy maqsadga erishishga imkon beradigan omillar bilan butun ta’lim tizimini rivojlantirishning zaruriy sharti bo’lib hisoblanadi. Bunga faqat axborotni taqdim etishning yanada samarali, yangi usullarini qo’llash imkoniyatini beruvchi, ommaviy auditoriyada o’qitishni individuallashtirish uchun keng imkoniyat yaratuvchi o’qitishning elektron vositalaridan foydalanish evaziga erishish mumkin.
Axborot muhiti - bu axborotni yaratuvchi, qayta ishlovchi, foydalanuvchi sub’yektlari majmuasini, axborotning o’zini va unga xizmat qiluvchi apparatli vositalarni o’z ichiga olgan maxsus yaratilgan va muayyan tartibda tuzilmalashtirilgan axborot makoni.
Do'stlaringiz bilan baham: |