3.1. Axborot texnologiyalari vositalari asosida bo’lajak o’qituvchining
umumkasbiy kompetentligini shakllantirish metodikasi
Ma’lumki, an’anaviy usulda talabaning mustaqil ishi quyidagi sxema bo’yicha tashkil etiladi: ma’ruza - ma’ruza materiallarini mustaqil qayta ishlash - amaliy mashg’ulot - uyga beriladigan topshriqlarni bajarish. Odatda, ishning bunday tashkil etilishida ma’ruzaning nazariy materiali va amaliy mashg’ulotlarda foydalaniladigan material o’rtasida uzilish kuzatiladi.
Umumkasbiy fanlar bo’yicha tashkil etiladigan amaliy mashg’ulotlarda foydalaniladigan material - bu ma’ruzaning qisqacha mazmuni, ya’ni formulalar, teorema shartlari, qoidalar to’plami va boshqalardir. Shu bilan birga, talabalarning nazariy material ustida mustaqil ishlashi amaliy mashg’ulotlar va uyga beriladigan topshiriqlarni bajarishdagi ishlaridan tubdan farq qiladi. Agar, birinchi holda talabalardan o’zlashtirilishi qiyin bo’lgan abstrakt tushunchalardan foydalanilgan mantiqiy fikrlashning shakllangan ko’nikmasi talab etilsa, amaliy mashg’ulotlarda va uyga berilgan topshiriqlarni bajarishda mustaqil ish asosan standart hollarda ma’ruza materiallarining oxirgi natijalarini qo’llashni talab etadi. Shu sababli talaba, ko’pincha, amaliy topshiriqlarni nazariy materialni chuqur o’zlashtirmasdan ham bajarishga qodir bo’ladi. Egallangan nazariy bilimlarni nazorat qilish, odatda, faqat oraliq nazorat yoki yakuniy nazoratda amalga oshiriladi, tabiiyki, bu talabaning mustaqil ishlash jarayonini boshqarishni qiyinlashtiradi.
3.1. Axborot texnologiyalari vositalari asosida bo’lajak o’qituvchining
umumkasbiy kompetentligini shakllantirish metodikasi
Ma’lumki, talabalarning mustaqil ishi nafaqat har bir fanni o’zlashtirishga mo’ljallangan, balki umuman ta’lim olishida, ilmiy ishlarida va kasbiy faoliyatida mustaqil ishlash mas’uliyatini o’z zimmasiga olish, muammolarni mustaqil hal etish, konstruktiv yechimni topish, inqirozli holatlardan chiqish yo’llarini topish va boshqa ko’nikmalarni shakllantirishga qaratilgan. Mustaqil ishning to’g’ri tashkil etilishi quyidagilarga erishishga imkon beradi: qaralayotgan sohada talabalar bilimi chuqurlashadi va kengayadi; talabalarda o’rganish faoliyatiga qiziqish shakllantiriladi; bilish jarayonining usullari o’zlashtiriladi; o’rganish qobiliyati rivojlantiriladi.
Psixologiyadan ma’lumki, o’zlashtirilishi lozim bo’lgan har qanday hajmdagi bilimlar talabalarning mustaqil o’rganish faoliyatisiz amalga oshmaydi. Shuning uchun, oliy ta’lim muassasalarida o’qitishning ushbu shakli avval qarab chiqilganlarga qaraganda yuqori darajada tashkil etilgan shakl hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |