II. Bob Yoshlar ongiga ma`naviy ta`sir etishni tashkil etish.
2.1. Milliy istiqlol g'oyasini yoshlar ongiga singdirish usullari
Bugungi sharqona demokratiyada bag'rikenglik, hamjihatlik, qadr, oqibat, andisha, kattalarga hurmat, ona zaminni e'zozlash borasida o'ziga xoslik yaqqoi namoyon bo'ladi. Bularesamilliy istiqlolg'oyasiningamal njlishida nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Milliy istiqlol g'oyasini amalga oshirish kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari borish konsepsiyasini ainalga oshirish jarayoni bilan uyg'un holda olib boriladi.
Milliy istiqlol g'oyasining amal qilish jarayonida shaxs erkinligi muhim o'rin tutadi. O'z haq-ququqini taniydigan, o'z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, atrofida sodir bo'layotgan voqea-hodisalarga mustaqil munosabat bildiradigan, shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlan bilan uyg'un holda ko'radigan insongina milliy g'oyamiz tamoyillarini to'g'ri baholay oladi.
"Erkinlik" tushunchasi g'oyatda keng qamrovli boiib, ijobiy va salbiy jihatlarga ega. Shaxs moddiy va ma'naviy ne'matlardan oqilona foydalanishga intilib, bu yoidagi xatti-harakatlari bilan o'zgalar manfaatlarigaziyonyetkazmasa-bu erkinlikning ijobiy jihatidir. Aksincha, inson o'z maqsadlariga erishish jarayonida boshqalar manfaatini tan olmasa, erkinlik salbiy ma'no kasb etadi.
Shunday qilib, milliy istiqlol g'oyasining asosiy tamoyillari ko'p va keng qamrovli bo'lib, ular mafkuramizning amal qilish yo'nalishlarini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.
«Milliy istiqlol g'oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» risolasida aytilganidek: «Milliy istiqlol mafkurasi turli siyosiy partiya va ijtimoiy guruhlar mafkurasida ustun sotsial fenomen - ijtimoiy hodisa. Bu mafkurada biron-bir dunyoqarash mutlaqlashtirilmaydi yoki u mavjud siyosiy hokimyatni mustahkamlash maqsadida qurolga aylantirilmaydi». Umuminsoniy mazmunga ega boigan bu mafkura hammaning ijtimoiy -siyosiy taraqqiyotiga xizmat qiladi, barcha siyosiy partiyalar, millat va qavmlar, guruh va qatlamlarning yuqorida qayd etilgan umumiy manfaatlarini ifodalaydi.
18
Milliy Istiqlol mafkurasi quyidagi umumbashariy qadriyatlarni e'tirof etadi va
ulardanoziqlanadi:
- qonun ustuvorligi;
-inson haq-huquqlari va hurfikrlilik;
-turli millat vakillariga hurmat va ular bilan bahamjihat yashash; - diniy bag'rikenglik;
-dunyoviy bilimlarga intilish, ma'rifatparvarlik;
-o'zga xalqning ilg'or tajribalari va madaniyatini o'rganish va hokazo. Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligiga asoslanadigan
g'oyalar anashu tamoyillargaxizmat qiladi. «Milliy g'oya- deb ta'kidlaydj Prezidentimiz Islom Karimov, - birinchi navbatda, yosh avlodimizni vatanparvarlik, el-yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbiga insonparvarlik va odamiylik fazilatlarini payvand qilishdek olijanob ishlarimizda madadkor bo' lishi zarur».
Milliy istiqlol g'oyasi inson qalbi va ongiga ijobiy ta'sir etadigan tushunchalar, go'zal va hayotiy tuyg'ularni o'zida mujassam etadi. Bu mafkura har bir fuqaroning ezgu niyatlarini ro'yobga chiqarishiga imkon beradigan eng maqbul yo'lni ko'rsataoladi. Ushbu g'oyaxalq vajamiyatni birlashtiruvchi kuch, yuksak ishonch-e'tiqod manbai bo'Hb, O'zbekistonda yashovchi barcha millat, elat, ijtimoiy qatlam va din vakillariga birday taalluqlidir.
Milliy istiqlol mafkurasi quyidagi milliy xususiyatlarni aks ettiradi: -jamoa boiib yashash ruhining ustunligi;
- oila, mahalla, el-yurt tushunchalarining muqaddasligi;
- ota-ona, mahalla-ko'y, umuman jamoatga yuksak hurmat-e'tibor; - ona tiliga muhabbat;
- kattaga - hurmat va kichikka - izzat; - ayol zotiga ehtirom;
- sabr-bardosh va mehnatsevarlik;
- halollik, mehr-oqibat va hokazo.
19
Do'stlaringiz bilan baham: |