Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
KIRISH
Milliy g’oya: asosiy tushuncha va tamoyillar kursida mustaqil taraqqiyot yillarida to’plangan tajriba, dunyo jamoatchiligi tomonidan «o’zbek modeli» deb atalgan o’zimizga xos va o’zimizga mos taraqqiyot yo’lining mazmun-mohiyati yanada chuqurroq ochib berilgan. Mazkur fan, kelajagi buyuk davlat barpo etish borasida amalga oshirilayotgan barcha tarixiy o’zgarish va yangilanishlarning ijtimoiy hayotdagi o’rnini kengroq anglash imkonini beradi. Fan milliy mafkuraning mohiyati, ko’p millatli O’zbekiston xalqining ezgu g’oya - ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish yo’lidagi asosiy orzu intilishlari, hayotiy ideallarini aks ettiradi.
Shuningdеk, Prеzidеnt Islom Karimov «Jamiyatni baxt-saodatga, buyuk va yorug` kеlajakka boshlab boruvchi yagona kuch - ma'naviyatdir» - dеgan edilar. Aql-zakovatli, yuksak ma'naviyatli kishilar tufayli jamiyat yangilanib, kuchayib, taraqqiy topib boradi. Yoshlar ongida g`oyaviy bo`shliq paydo bo`lishiga yo`l qo`ymaslik, ularni milliy istiqlol g`oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash va Vatanimiz ravnaqiga xizmat qiladigan barkamol avlodni voyaga еtkazish bugungi kunning eng dolzarb vazifasidir.
2001 yil 18 yanvarda O`zbеkiston Prеzidеntining «Milliy istiqlol g`oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» fani bo`yicha ta'lim dasturlarini yaratish va rеspublika ta'lim tizimiga joriy etish to`g`risida»gi Farmoyishi qabul qilindi.1
Erkin va farovon hayot asoslarini yaratib, yanada olga intilayotgan davlatimiz o’z mafko’rasini umuminsoniy qadriyatlar va demokratik tamoyillari negizida rivojlantirmoqda. Mamlakatimiz istiqboli ko’pchilik davlatlar istiqboli singari o’z yoshlariga bog’lik. Shu bois avvalo mustaqil davlatimiz uchun fidoiy, erksevar yosh avlodni tarbiyalashda ular ongiga milliy g’oyani singdirishda nodavlat-notijorat tashkilotlarning faoliyati ahamiyatli albatta.Bugungi kunda NNT larning mas’uliyatli vazifalarini hisobga olib
1 Ўзбекистон Республикаси Президентининг «Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар» фани бўйича таълим дастурларини яратиш ва республика таълим тизимига жорий этиш тўғрисида»ги Фармойиши. «Маърифат» газетаси. 2001 йил 20 январь.
Prezidentimiz Islom Karimov quyidagi fikrlarni bildirganlar: «Aynan mustaqillik davrida har tomonlama o’zini oqlagan, tobora hayotimizda ahamiyati kuchayib borayotgan fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari-mahalla instituti, turli jamoat birlashmalari hamda tashkilotlarni rivojlantirish va mustahkamlash masalasi bizning doimiy e’tiborimizda turishi lozim. Bu masalada fuqarolik institutlari va o’zini-o’zi boshqarish organlarini rivojlantirish uchun eng maqbo’l tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini, ya’ni tegishli qonunchilik asosini shakllantirish, tashkiliy-texnikaviy, moddiy shart-sharoitlarni, davlat va jamoat birlashmalari hamkorligining samarali usul-uslublarini vujudga keltirish uta muhim ahamiyat kasb etadi.
Mavzuning dolzarbligi: Hozirda O’zbekiston Respublikasida yoshlar ta’lim-tarbiyasi bilan shug’ullanuvchi hamda talabalarni moddiy va ma’naviy ko’maklashuvchi o’nlab asosiy nodavlat-notijorat tashkilotlar faoliyat ko’rsatmoqda. Ammo ular orasida o’zida 4,5 millionga yaqin a’zoni birlashtirgan va hozirda eng katta va saloxiyatli tashkilotlardan «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining urni bekiyosdir. Aynan uning faoliyati va maksadi haqida fikr yoritmok bizning yoshlarga bo’lgan e’tiborimizning bir ko’rinishidir. 2001 yil 25 aprelda tashkil topgan ushbu tashkilot nomi qiska vaqt ichida yoshlar diliga va tiliga kirib keldi.
Mavzuning maqsad va vazifasi: Yoshlar fikri va hoxish irodasidan kelib chiqib, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilgan holda, sog’lom turmush tarzi, asosida tarbiyalab, yigit va qizlarimizning aql-zakovati, kuch-g’ayratini o’z tadbir va tanlovlarida namoyon qilishga intilish. Birgina «Kelajak ovozi» ko’rik tanlovining o’tkazilishi yoshlarimizni xohlagan sohada o’z bilim va hunarlarini namoyon etishga, uni sinab ko’rishga imkon berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |