1.2. Milliy g’oya va mafkurani o’quvchilar ongiga singdirishga o’quv
jarayonini uzviylik-uzluksizlik asosida samarali tashkil etish yo’llari.
Yoshlar ruhiyatining rivojlanishi va kamol topishida balog’at davri muhim bosqich hisoblanadi. Xuddi mana shu davrda olamga ham, muhitga ham qiziqishlar keskin ortadi. Barqarorlik belgilari namoyon bo’la boshlaydi. Aksariyat bolalarga atrofdagilar ularni tushunmayotgandek yoki tushunishni istamayotgandek tuyo’ladi. Yurish-turishlarida keskin o’zgarishlar yuz beradi. Yoshlarni duch kelishi mumkin bo’lgan turli ko’ngilsizliklardan asrash, ma’naviy kamol toptirish uchun ular ruhiyatiga vafo, burch, vijdon, tashabbuskorlik, sadoqat, faollik, mas’uliyat kabi hislatlarni turli ma’rifiy usullardan foydalangan holda singdirib borish lozim.
Bu borada yoshlarni milliy g’oya va mafkura ruhida tarbiyalashda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning interaktiv metodlaridan foydalanish yaxshi samara beradi. Buning uchun ma’naviy-ma’rifiy ishlarda interaktiv metodlarni qo’llash shart-sharoitlarini bilim muhim. Bunda faol, hayotiy pozistiyani shakllantiruvchi metodlarni qo’llash samara beradi. Yoshlarda lider (sardorlik) sifatlarini hamda jamoada o’z o’rnini topa olish ko’nikma va malakalarini shakllantirish zarur.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlarda o’zgalar fikrini hurmat qilgan holda dalillash, ishontirish, asoslash, munozara olib borish mahorati yuksak bo’lishi zarur. Jamoaviy ijodiy faoliyat ham kuchaytirilishi talab etiladi. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar taqdimoti, natijalarini sarhisob va e’lon qilish muhim ahamiyatga ega. Bu esa, kelajakda ma’naviy-ma’rifiy ishlar istiqbolini belgilashda muhim rol o’ynaydi.
Globallashuv jarayonida milliy g’oya va mafkurani yoshlar ongiga singdirishda milliy an’analardan foydalanish zarur. Informastion xurujlar kuchaydi. Shuning uchun informastion xurujlarga qarshi kurashning shakli, mazmuni va turlarini yoshlar ongiga ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda singdirib borish kerak.
Tadbirlarni amalga oshirishda yoshlarning ma’naviy ehtiyojlari va ularni shakllantiruvchi omillar hisobga olinishi kerak. Shunda yoshlarning
10
o’tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga qiziqishi ortadi va uning faol
ishtirokchisiga aylanadi.
Yoshlar o’rtasida tarbiyaviy ishlarni tashqil etishda davlat va jamoat tashqilotlari hamkorligi imkoniyatlaridan foydalanish zarur. Yoshlar o’rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni olib borishda tarbiya ta’sirchanligini oshirish yo’llari va vositalarini qo’llash samara beradi.
Maktab, litsey, kollej, institut va universitetlarda mafkuraviy tarbiya izchilligini ta’minlash zarur. Mafkuraviy tarbiya yoshlar tarbiyasida ulug’’vor maqsad va vazifalarni o’z oldiga qo’yadi. Shuning uchun bu sohadagi mas’ul xodimlar o’quvchilarni mafkuraviy tarbiyalash mazmuni va o’ziga xos jihatlari, mafkuraviy tarbiyaning uslub va vositalari, mafkuraviy tarbiyaning milliy va xorijiy tajribalari haqida tushunchalarga ega bo’lishlari lozim.
Professor-o’qituvchilar ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kuchaytirish yo’llari, o’quvchilarning yoshiga mos ravishda milliy g’oyani singdirishning pedagogik-psihologik xususiyatlari haqida chuqur bilimga ega bo’lishi talab etiladi.
Milliy g’oyaning yoshlar ongiga singdirishda, ularning ishonch va e’tiqodiga aylantirishga yangicha uslub, yondashuv va texnologiyalarni qo’llash muhim.
Milliy g’oyaning yoshlar ongiga singdirishida erkin mavzular tanlash va taqdimotini o’tkazishga e’tibor qaratish lozim. Milliy g’oyani targ’ib etishda roliklar, videokliplar, ijtimoiy reklamalar, «Virtual sayohatlar», «multimediya» dasturlaridan foydalanish lozim.
Mamlakatimizning boy tarixiy-ma’naviy merosidan, tarixiy obidalari, muzeylardan foydalanishga ham e’tibor qaratish kerak. Fidoyi insonlar hayoti, dunyoning axborot maydonida bo’layotgan o’zgarishlar, OAV, internet ma’lumotlari haqida to’g’ri tushunchalar shakllantirilishi talablarda to’g’ri xulosalar chiqara olish ko’nikmalarini shakllantirishga zamin yaratib beradi.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlarda o’quvchilarda mustaqil fikrlay olish ko’nikmalarini shakllantirishga qaratilgan bahs, munozaralarga alohida e’tibor berish maqsadga muvofiq. Mavzularni iloji boricha hayot bilan bog’lab tashqil qilish yaxshi samara beradi.
11
Yoshlarni milliy g’oya va mafkura ruhida tarbiyalashga qaratilgan ma’naviy-
ma’rifiy tadbirlarda Konstitustiya va qonunlar targ’ibotini amalga oshirish usullaridan keng foydalanish zarur.
Respublikamizda bevosita fuqarolik jamiyati asoslarini mustahkamlashga qaratilgan qonunlar qabul qilingan. Ammo mazkur qonunlarni yoshlar tomonidan anglash va hayotda qo’llay olish ko’nikmalari hozircha ko’ngildagidek emas. Bu esa, yoshlarning qonunlar to’g’risida bilim va ko’nikmalarini izchil rivojlantirishni talab etadi.
Fuqarolik jamiyati asoslarining pirovard maqsadi – inson hayotini muayyan ma’naviy maromlarda muvofiqlashtirish, har bir shaxsning insoniy potenstialini yuzaga chiqazishdan iboratdir. Zero, inson omilini faollashtirishda kishilarning huquqiy bilimliligi roli kattadir. Ya’ni, huquqiy madaniyati yuksak bo’lgan jamiyat mustahkam bo’ladi va millat birligi kuchayadi.
Har qanday jaholatdan insonni ma’rifat qutqaradi. Shuni hisobga olib, yoshlarga «Jaholatga qarshi ma’rifat » tamoyili mohiyatini tushuntira borish lozim.
Yoshlarga ma’naviy-ma’rifiy ishlarda diniy ekstremizm, terrorizmga qarshi kurashning xalqaro siyosiy-huquqiy asoslari to’g’risida tushunchalar berib borish zarur. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslarini tushuntirish va diniy-ma’rifiy targ’ibot ishlariga usto-murabbiylarni keng jalb etish lozim.
Bunda yoshlar tarbisiga ta’sir etayotgan ijobiy (oliy ta’lim mazmuni, ma’naviy-ma’rifiy ishlar, OAV, oila, davlat va jamoatchilik tashqilotlari, san’at, madaniyat va h.k.) va ayrim salbiy (diniy ekstremizm, terrorizm mafkurasi, missionerlik, prozeletizm, loqaydlik, befarqlik, tarbiyaviy ishlarda uchrayotgan kamchiliklar va h.k.) omillar ochib berilishi, ulardan ogohlantirish zarur.
Ijobiy omillar samaradorligini oshirish, faoliyatini muvofiqlashtirish, salbiy omillar ta’sirini bartaraf etishning yo’nalishlari, metod va vositalaridan ma’naviy-ma’rifiy ishlarda samarali foydalanish lozim.
12
Yoshlarni ogohlik , hushyorlik va g’oyaviy kurashchanlik ruhida tarbiyalash,
axloqsizlik g’oyasini yoyib, xalqni ma’naviy jihatdan bo’zishg intilayotgan qora kuchlarga qarshi kurashda yoshlar faolligini oshirish bo’yicha o’tkaziladigan diniy-ma’rifiy kurashda yoshlar faolligini oshirish bo’yicha o’tkaziladigan diniy-ma’rifiy tadbirlarga diniy idoralar vaqillarini jalb etish muhim ahamiyatga ega.
Chunki, yoshlarni begona mafkura: diniy ekstremizm va terrorizm mafkurasi tazyiqlaridan himoya qilishda dinshunos olimlar va din ulamolari bilan hamkorlikda ishlarni tashqil etish samarali usul hisoblanadi.
Diniy ekstremizm tahdididan yoshlarni himoya qilishda professor-o’qituvchi, tarbiyachi-pedagoglarning asosiy vazifalari borki, ular bevosita yoshlarni bu yovuz kuchlarning g’oyalariga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirishga e’tibor qaratib borishlari talab etiladi. Chunki bugungi kunda din niqobi ostidagi har qanday ekstremistik ko’rinishlarga qarshi kurashmog’imiz dolzarb masaladir. Masalan, umumlashgan tushunchada «terror» degani u yoki bu ko’rinishda siyosiy maqsadlarga erishish uchun kurash vositasi bo’lib, unda hech bir gunohsiz kishilar terrorning nishoni bo’lishadi. Demak, terror begunoh odamlarga qarshi zo’ravonlikni anglatadi, uni ma’naviy jihatdan hech qachon oqlab bo’lmaydi. Bunga 2005 yil Andijon shahrida ro’y bergan voqealar yaqqol misoldir.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar natijalarini sarhisob qilish, erishilgnan yutuqlarni va kamchiliklarni aniqlab, tahlil qilib borish lozim. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimli rejalashtirilib amalga oshirilsa va baholansa, istiqboldagi vazifalarni aniq belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.
O’quvchilar qalbiga milliy g’oya va mafkurani singdirishda pedagogik hamkorlik texnologiyalarini yaratish zarur. Bunda birgalikdagi harakat, tarqatma material, mustaqil ish, trening, o’yinlar, sstenariy, ishontirish va h.k.larni amalga oshirish tavsiya etiladi.
Mamlakatimizda inson salomatligini asrash va sog’lom turmush tarzi madaniyatini shakllantirish ustuvor vazifaga aylangan. Sog’lom turmush tarzi g’oyalarini yoshlar o’rtasida targ’ib etish shakllari va vositalaridan samarali foydalanish yo’llarini ishlab chiqish va tatbiq etishga e’tibor qaratish lozim.
13
Jismonan va ma’nan barkamol shaxsni tarbiyalashga qaratilgan ma’naviy,
madaniy va jismoniy tarbiya ishlarini tashqil etish davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimida jismoniy tarbiya va sportning rolini oshirishdagi dolzarb vazifalarni ro’yobga chiqarishda mavjud imkoniyatlar ishga solinishini ta’minlash zarur.
Shuni aytish kerakki, milliy g’oya ta’lim-tarbiya, ilm-fan, madaniyat, adabiyot va san’at, din, ma’naviy-ma’rifiy, sport sohalarida ham aks etadi. Shuning uchun ta’lim muassasalarida shu sohalardan milliy g’oya va mafkurani shakllantirishda keng foydalanish lozim.
Ustoz va shogirdlik – milliy tarbiya an’anasi. Shunday ekan, bu tizim yoshlarni milliy g’oya va mafkura ruhida tarbiyalashda muhim omil vazifasini o’taydi. Ta’lim muassasalarida mavjud guruh murabbiyligi va ustoz-shogirdlik tizimlarining o’ziga xos xususiyatlarini va ularning aniq vazifalarini belgilab olish lozim. Unda, professor-o’qituvchilarning ustoz sifatidagi ma’naviy burch va huquqlari hamda o’quvchining shogird sifatidagi ma’naviy burchlari yoritilishi kerak.
O’zbekiston Respublikasining din masalalariga oid qonunlari qabul qilingan. Bu sohada xalqaro hujjatlar mavjud. O’zbekiston Respublikasida vijdon erkinligi qonun bilan kafolatlangan. Diniy ekstremizmga yo’l qo’ymaslik choralarini qurish yuzasidan tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu borada yoshlarda qonunchilik asoslari bo’yicha tushunchalarni shakllantirish dolzarb vazifa sifatida tadbirlar mazmuniga kiritilishi zarur. Bunda asosiy e’tibor O’zbekistonda diniy bag’rikenglikning tarixiy ildizlari va hozirgi darajasi haqida ma’lumotlar berishga qaratilishi maqsadga muvofiq. Shu bilan bir qatorda o’quvchilargama’naviyatning qaror topib borishida madaniyat va dinning o’rni, diniy dunyoqarashning inson hayotidagi ahamiyati va islomiy qadriyatlar, dunyoqarash erkinligini ta’minlash jarayonida har bir insonda shaxsiy fikr, mustaqil mavqening shakllanishi haqida ham tushunchalar singdirilishi lozim.
O’quvchilar ongida mafkuraviy immunitetni (ma’naviy nuqtai nazardan) hosil qilish juda muhimdir. «Toki ular milliy ildizlari baquvvat, dunyoni chuqur
14
anglaydigan, zamon taraqqiyoti bilan barobar qadam tashlaydigan insonlar bo’lib
etishsin. Ana shunda johil aqidaparastlarning «da’vati» ham, axloqni rad etadigan, biz uchun mutlaqo begona g’oyalar ham ularga ta’sirini o’tkaza olmaydi».
Bayramlar ma’naviy sohaning tarkibiy qismi sifatida davlat siyosati darajasiga ko’tarildi, davlatning asosiy e’tiboridagi omilga aylandi. Bayramlar yoshlarni milliy g’oya va mafkura ruhida tarbiyalashda muhim o’rin to’rtadi. Bayramlarga (jumladan, tadbir sstenariysi va rejissurasiga ) oid ko’rik-tanlovlar o’tkazib turish yaxshi natija beradi. Ta’lim muassasalarida bayram-marosimlarni o’tkazish alohida e’tiborni talab qilmoqda. Buning uchun yoshlar tashabbuskorligi va faolligini oshirish juda muhim. Ta’lim muassasalarida bayramlarni tashqil etishda aynan yoshlar faoliyatidan keng foydalanishimiz ma’naviy ishlarning samarasini oshiradi.
15
Do'stlaringiz bilan baham: |