Kurs ishi mavzusining obyekti . Umumiy o’rta ta’lim maktablarida musiqa madaniyati darslarining ahamiyati.
Kurs ishi mavzusining tuzilishi hajmi . Kirish , ikkita bob, har bir bobda ikkitadan paragraf , xulosa , foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ularga qilingan ilovalardan iborat .
I bob Musiqali drama
1.1 Birinchi musiqali drama teatrlari
Musiqali drama - 1) musiqa (vokal va cholgʻu) hamda soʻz sanʼatiga asoslangan sax.na asari, musikali teatr janri. Ilk namunalari Sharq (mas, 5-asr Xindiston, 12-asr Xitoy)da shakllangan. Mazkur janr Ozarbayjonda 20-asr boshida, Oʻrta Osiyo va Qozogʻistonda 1920-yillarda vujudga kelgan. Musiqali dramada sahna voqealari, qahramonlarning ichki kechinma va holatlari, oʻzaro mu-nosabatlari soʻz, musiqa, dramatik harakat, shuningdek, raqs orqali ifodalanadi, musiqa va soʻz bir-birini toʻldirib, asar mazmunini ochishga xizmat qiladi. Oʻzbekistonda musiqali drama janri 1910—20 yillardan milliy adabiybadiiy tomosha sanʼati va musika merosi zaminida shakllana boshladi. Uning tarkib topishida oʻzbek xalq tomoshalarida musiqadan foydalanish tajribalari, shuningdek, ozarbayjon teatrining musiqali dramatik spektakllari muhim rol oʻynadi. Hamzaning "Hoy, ishchilar", "Qarmoq", "Quzgʻunlar" kabi inssenirovkalari, "Fargʻona fojiasi" tetralogiyasi; Gʻulom Za-fariyning "Halima" pyesasi; Xurshidning Navoiy dostonlari asosida yaratilgan "Farhod va Shirin", "Layli va Majnun" asarlarida Musiqali dramaning oʻziga xos jihatlari mustahkamlana boshladi. Oʻzbek Musiqali dramasi oʻz taraqqiyotida bir necha davrni bosib oʻtdi. Dastavval pyesaga mos musiqa materiali xalq ijodidan saralab olingan boʻlsa, 1930-yillarning boshida S Abdullaning "Poʻrtana", M. Muhamedov va K. Yashinning "Ichkarida" kabi zamonaviy asarlari sahnalashtirilganida xalq musiqa merosi namunalarini qayta ishlashga urgʻu berilgan. Oʻzbek bastakor va kom-pozitorlari Musiqali drama musiqasining ifodaviy imkoniyatlarini kengaytirishdi. "Layli va Majnun" (Navoiyning shu nomli dostoni asosida Xurshid librettosi; T. Sodiqov va N. Mironov musiqasi), "Farhod va Shirin" (Navoiy-Xurshid, V. Uspenskiy), "Gulsara" (K. Yashin; R. Glier) kabi Musiqali dramalar shular jumlasidandir. Musiqali dramaning adabiy va musiqa jihatidan yuksalishida dramaturglardan K. Yashin, S. Abdulla va bastakor T. Jalilovning xizmatlari katta. Ular qalamiga mansub "Nurxon", "Ravshan va Zulxumor" (K. Yashin; T. Jalilov), "Tohir va Zuhra", "Alpomish", "Muqimiy", "Gul va Navroʻz" (S. Abdulla, T. Jalilov) kabi yetuk Musiqali dramalar mavjud. 1950-yillardan boshlab bu janrda mustaqil ijod qiluvchi oʻzbek kompozitorlari yetishib chikdi: M. Leviyev, A. Muhamedov, S. Boboyev, H. Rahimov. Ik. Akbarov, D. Zokirov, D. Soatqulov, S. Jalil, M. Yusupov, S. Hayitboyev, M. Bafoyev, M. Mahmudov, F. Olimov va boshqa Ular oʻzbek musiqa merosi, Yevropa professional musiqa uslubi, ifoda vositalari va shakllari (jumladan, ariya, duet va boshqa ansambllar, xor va raqs sahnalari)ga tayanib, oʻz Musiqali dramalarida haqiqiy musiqiy dramaturgiya hosil qilishga intilishdi. Dramaturg, kompozitor va ijrochilarning malakasi oshishi natijasida Musiqali drama zamonaviy professional musiqalidramatik janr darajasiga koʻtarildi va uziga xos xususiyatlariga ega boʻldi. "Vatan ishqi" (3. Fatxullin, Sh. Saʼdulla; S. Boboyev), "Momo yer" (Ch. Aytmatov qissasi asosida T. Tula inssenirovkasi; I. Akbarov musikasi), "Navoiy Astrobodda" (I. Maxsumov; Yu. Rajabiy, S. Jalil), "Prometey" (Yu. Marsinkyavichyus; M. Bafoyev), "Yusuf va Zulayho" (R. Bobojon; F. Olimov), "Kumush shahar malikasi" (I. Sulton; Ik. Akbarov) kabi Musiqali dramalar bunga misoldir. Sof drama kabi Musiqali drama ham musikali drama, musiqali fojia, musikali komediya kabi turlarni oʻz ichiga oladi. Oʻzbek kompozitorlari ijodidan katta urin olgan musiqali komediyani musiqashunoslar mustaqil janr sifatida tadqiq qiladilar; 2) operaning dastlabki nomlaridan biri (ital. dramma in musica, dramma per(la) musica). 16-asr oxiri — 17-asr boshlarida Italiya (mas, K. Monteverdi ijodi)da paydo boʻlgan. 1639-yil paydo bulgan yangi "opera" nomi Musiqali drama urnini egallay boshlagan. 19-asr oʻrtalarida R. Vagner oʻzining yuksak musiqali-dramatik rivojiga ega boʻlgan "Nibelunglar uzugi" tetralogiyasi, "Tristan va Izolda", "Parsifal" operalarini Musiqali drama deb taʼriflagan, M. Musorgskiy esa "Boris Godunov", "Xovanshchina" kabi asarlarini xalq Musiqali dramalari deb atagan.
O‘zbek musiqali drama teatrlarining tashkil topilishida yuqorida nomlari keltirilgan musiqa guruhlari, konsert ansambllari, drama to‘garaklarining hissalari katta va ana shular musiqali drama teatrlarining asosiy tashkilotchilari hisoblanadilar. O‘zbek musiqali drama teatrlarining tashkil topilishida Farg‘onada tashkil etilgan yoshlar drama to‘garagi alohida e’tiborga loyiqdir. To‘garakning chiqishlari o‘sha davr talabiga ko‘ra tuzilardi. Masalan; tomoshabinlarni diqqatini o‘ziga jalb etish uchun namoyishlardan oldin konsert nomerlari qo‘yilardi. Konsertdan keyin kichik musiqiy lavhalar qo‘yilardi. Bular «Biz ishchimiz», «Hoy ishchilar», «Kapital» va boshqalar. Barcha chiqishlarning so‘zlari va kuylari Hamza tomonidan ijod qilingan. Namoyishlarda o‘zbek klassik qo‘shiqlari, xalq kuylari, hazil qo‘shiqlari ijro etilib shu bilan birga qatnashchilarning mahoratlari ham oshardi.
Kuy va she’rlarning mazmunida ommani savodli bo‘lishga chaqirish, ozod mehnatni, do‘stlikni targ‘ibot etish va musiqali dramalar yordamida ozod xalqni ma’rifatga da’vat etish muammolari turar edi.
Turkistonning barcha viloyatlarida 20-30 yillar davomida: Andijonda, Buxoroda, Xorazmda, Qo‘qonda havaskorlik musiqali teatrlar guruhlari tashkil etila boshladikim keyinchalik bu guruhlar professional teatr guruhlariga aylandilar. Bu jamoalar dramatik asarlar bilan bir qatorda musiqali-spektakllarni ham sahnalashtirar edilar. «Arshin mol-alan», «Layli va Majnun», «Er va Xotin», «U bo‘lmasi, bu bo‘lsin» nomli asarlar shular jumlasiga kirib bu spektakllarga asosan Uzeir Hojibekov musiqalar bastalagan. Bu spektakllar ham o‘zbekcha va ham ozorbayjon tillarida ijro etilgan.
30 yillar davomida G‘ulom Zafariyning pesalari juda katta olqishlarga sazovor bo‘ladi. «Erk farzandlari», «Binafsha», «Bahor» nomli pesalar shular jumlasiga kiradi. Bu spektakllarda ko‘p kuy va qo‘shiqlar bo‘lganligi sababli bu spektakllarni kichik operalar ham derdilar. G‘ulom Zafariyning ko‘zga ko‘ringan asarlaridan biri bu «Halima» pesasi edi. Bu asarda muallif sof muhabbat, boylik va qashshoqlik, zo‘rlik va xastalik muammolarini ko‘targan va bu mavzular davr talabiga javob beraolardi. Bu asarlar teatrlar sahnalarida ko‘p yillar qo‘yilib tomoshabinlarning olqishiga sazovar bo‘lgan.
Asar mazmunida kambag‘al oilada tug‘ilgan 18 yoshli Halima ismli qizni ota-onasi majburiy holatda yoshi katta boy kishiga berganliklari, Halimani sevikli yori Ne’matni o‘ldirilganliklari va bu xo‘rlikka chidaolmasdan Halima o‘zini-o‘zi nobud qilgani to‘g‘risida fikr yoritilgan. «Halima» musiqali drama spektaklidagi musiqalar xalq og‘zaki ijodiyotidan tanlab olingan bo‘lib asar mazmunini aks ettiraoladigan kuy va qo‘shiqlardan iboratdir. Unda «Toshkent Iroqi», «Ko‘cha bog‘i», «Bayot III», xalq marosim qo‘shiqlaridan «Yor-yor», «Muborak», «Omonyor», «Bahor bo‘ldi» nomli xalq asarlari kiritilgan. Bu musiqalarni Mula To‘ychi Toshmuhammedov, Shorahim Shoumarov, Shohyunus Shohyusupovlar tanlaganlar.
Halima obrazini talqin etishda chiroyli va jarangli ovozga ega bo‘lgan xonandalar Duriya Xonum, Maqsuma Qoriyeva, Salomatxon Najmiddinova, Tursunoy Saidazimova, Nazira Inog‘omova va keyingi yillarda Halima Nosirovalar ishtirok etganlar. «Xalima» musiqali-dramasi uzoq yillar davomida respublikamizning sahnalarida ijro etildi va musiqali drama janrini rivojiga salmoqli hissa qo‘shib keldi.
Keyingi yillarda sahnalashtirilgan asarlar qatoriga Alisher Navoiyning «Farhod va Shirin» musiqali dramasida xalq cholg‘u asboblari ansambli bu spektaklga jo‘r bo‘lib asar katta olqishlarga sazovor bo‘ldi.
«Farhod va Shirin» dostoni Sharq mamlakatlarining juda ko‘p tillarda ezoz etilgan, lekin barcha xalqlar ijrosidagi asarning yagona mazmuni bu chin muhabbat va undagi sadoqat asosiy maqsad bo‘lib qolgan. Bu spektakl musiqalarini xalq musiqa merosimizdan Shorahim Shoumarov bilan Yunus Rajabiy tanlaganlar va unda-“Bayot II”, “Bayot III» E «Bayot V», «Ushshoq», «Guliyor IV», «Suvora», «Chorgoh II», «Chorgoh IV», «Mug‘ulcha» va boshqa xalq kuy va qo‘shiqlari ishlatilgan. Bu musiqali-drama respublikamizning barcha viloyatlari teatrlarida sahna yuzini ko‘rdi.
«Layli va Majnun» musiqali-dramasining tarixi boshqacharoq bo‘lib bu asarni Turkistonda birinchi marotaba 1915 yilda ozorbayjon san’at guruhi olib kelib tomoshabinlar diqqatiga havola etganlar. «Layli va Majnun» musiqali-dramasi» 30-nchi yillarda kelib o‘zbek musiqali-dramasiga aylandi.
Muhiddin Qori Yoqubov boshchiligidagi o‘zbek Davlat etnografik musiqa guruhi konsert dasturlari bilan bir qatorda musiqali spektakllarni ham sahnalashtirib kelganlar va bu xayrli ishda: Tamaraxanum, Gavhar Petrosyan, Begimxon va Nurxon Yo‘ldoshxo‘jayevalar, Zuhur Qobulov, Boborahim Mirzoyev va bir qancha ko‘zga ko‘ringan sozanda, xonandalar o‘z hissalarini qo‘shganlar. Bu guruh ijrosida «Halima», «Farhod va Shirin» va Komil Yashinning «O‘rtoqlar» musiqali asarlari o‘rin oladi. «O‘rtoqlar» musiqali dramasi kolxozlar tashkil etish davrlarini aks ettiradigan asarlar jumlasiga kirib undagi musiqalarni To‘xtasin Jalilov bastalagan.
Respublikamizning barcha viloyatlari teatrlarida musiqali-drama asarlarini sahnalashtirishda ko‘zga tashlanadigan kamchiliklaridan asosiylari bu mahalliy mutaxassislarning yetishmagani, spektakl jarayonida cholg‘uchilar va xonandalarning oralaridagi ajralishlar, asosiy tonliklardan chiqib ketishlar, bandlar sonlarini adashtirilganlari ko‘zga tashlanardi. Shu bilan bir qatorda ansambl cholg‘uchilari orasida asta-sekin Yevropa musiqasi asboblari ham kiritila boshlandi (fortepiano, truba, skripka, kontrabas). 1930 yilda Moskvada teatr san’atining olimpiadasi bo‘lib o‘tadi va bu olimpiadada o‘zbek teatrlari ham ishtirok etib-»O‘rtoqlar», «Halima», «Lolaxon», «Erk bolalari» asarlari tomoshabinlar diqqatiga havola etiladi. Yutuqlar bilan bir qatorda kamchiliklar ham hakamlar tomonidan ko‘rsatiladi. Ayniqsa madaniy ijro etishlar, milliy sahna bezaklari, xalq kuy va qo‘shiqlarini qayta ishlash kabi nuqsonlar takidlanadi.
Kelgusida o‘zbek musiqali teatr jamoalari anna shu kamchiliklarni bartaraf etish, sozandalar, raqs ijrochilari, milliy kompozitorlikni rivojlantirish borasidagi ishlarni kuchaytirib yuborishsa o‘zbek milliy musiqali teatrlarini yuksalishga o‘z barkamol hissalarini qo‘shgan bo‘lgan bo‘lardilar.
40-nchi yillar davomia bu janrda bir qancha e’tibor kuchayib milliy dramaturglar va kompozitorlar yetishib chiqib ularning asarlari asosida zamonaviy mavzu alohida o‘rinni egalladi. 50-60 yillarning oxirida musiqali drama asarlarining soni 40-tadan oshib boradi. Bu spektakllarda ko‘proq xor jamoasi uchun asarlar, vokal ansambllari, musiqiy sahnalar, xalq kuy va qo‘shiqlarini orkestrlar uchun mostlash ishlari alohida e’tiborga loyiq bo‘ldi.
Keyingi yillar davomida musiqali drama asarlari orasida Komil Yashin va To‘xtasin Jalilovlarning «Nurxon», S.Abdullo va T.Jalilovlarning «Muqimiy», «Ravshan va Zulxumor», M.Uyg‘un va M.Leviyevlarning «Oltin ko‘l», Z.Fatxullin va S. Boboyevlarning «Vatan ishqi», Ch.Aytmatov va Ikr.Akbarovlarning «Mo-mo yer» ijod qilinib tomoshabinlar diqqatiga havola etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |