Madina baxriddinovaning musiqa tarixi fanidan yozgan


“Maysaraning ishi” operasi



Download 35,79 Kb.
bet6/7
Sana09.06.2022
Hajmi35,79 Kb.
#646685
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Baxriddinova Madina kurs ishi

2.2. “Maysaraning ishi” operasi

Faqatgina O‘zbekistonda emas balki butun O‘rta Osiyoda birinchilardan bo‘lib komik opera janrida asar yaratish kompozitor Salamon Yudakovga muyassar bo‘ldi. U kishi Hamza qalamiga mansub «Maysaraning ishi» komik operasini yaratadi.


“Maysaraning Ishi”. Alisher Navoiy nomidagi akademik katta opera va balet teatr jamoasi kompozitor Sulaymon Yudakov, shoir -dramaturg Sobir Abdulla va M.Muhamedovlar hamkorlikda“Maysaraning ishi” nomli hajviy operani 1959-yilning 6 –yanvarida tomoshabinlarga havola qildi. Opera premyerasi juda katta muvaffaqiyatlar bilan o‘tdi. Respublikamizning madaniy - ma’naviy hayotida ulkan voqeaga aylandi. Operaning sahnalashtirilishida ishtirokchilar: dirijor Fazliddin Shamsuddinov, baletmeyster Mukarrama Turg‘unboyevaga, asosiy rollami ijro etuvchilar: Maysara - Halima Nosirovaga, Oyxon - Saodat Qobulova, Cho‘bon Ali - Sattor Yarashevga, Mulla do‘st - Karim Zokirovga, qozi - Xusan Ismoilovga, Hoji Darg‘a - Jamol Nizom Xo‘jayevga, Hidoyat - Mixail Davidov. Mazkur opera, bir necha avlodlar ko‘rish imkoniyatiga ega bo’lmoqdalar. “Maysaraning ishi” operasining musiqiy tili yorqin milliy ohangdorligi, jo‘shqin - jozibadorligi va musiqiy dramaturgiyasining badiiy baquvvatligi bilan alohida ajralib turadi. Musiqa muallifi S.Yudakov atoqli shoir va bastakor Hamzaning shu nomli pyesasi asosida yozilgan librettoga musiqa bastalashda operada ishtirok etuvchi asosiy personajlarni xatti -harakat va munosabat, niyatlaridan kelib chiqqan holda yondashib, ijobiy va salbiy obrazlarni har biriga, alohida o ‘zbek xalq qo'shiq, lapar va yallalarga juda yaqin turadigan, original, yorqin “Musiqiy portref’lar yaratgan. Ya’ni hajviy opera janrning barcha tipik xususiyatlariga yondashib, kompozitor tez harakat rivojlanuvchi hajviy epizodlar, sahna voqealarini uzviy ravishda o'zgarishlari va bog'lanishlari, burro - burroli rechitativ dialoglarni mantiqligi, yorqin - milliy xushchaqchaq musiqiy sadolarni ta’sirchanliklari bilan tomoshabin - tinglovchilarni maftun qildi.
Opera musiqiy dramaturgiyasining rivojlanish jarayonida, partituraga kiritilgan ariyalar, duet, trio, kvartet, kvintet, voka! ansambllar, ommaviy xorlar, o‘rinli joyda jaranglaydi. Simfonik orkestr vokal nomerlarga birgina jo‘r bo’lib qolmasdan, u ayrim epizodlarda, mustaqil ravishda muhim rol o'ynaydi. Yuqorida zikr qilingan musiqiy alomatlar mazkur hajviy operaning ta’sirli mavqeini mukammal ravishda boyitadi.
Sulaymon Yudakovning “Maysaraning ishi” birinchi hajviy operasi, jahonga mashhur bolgan hajviy operalarni qatoridan munosib o‘rin oldi desak mubolag'a bolmaydi. Chunki mazkur operada ham opera “buffa”dagi kabi barcha tipik xususiyatlari to’la -to‘kisdir. Ya’ni ohangdor ariyalar, vokal - ansambllar, ommaviy xorlar, ohangdor va “secco” (tez harakatda so'zlash) rechitativlar orkestr sadolari bilan hamohang birlikda jonli va ildam sur’atda sahnada sodir bo’layotgan jiddiy va hajviy vaziyatlar, mukammal ravishda tasvirlanadi.
Operaning qisqacha mazmuni. Maysaraxolaning kichkina haovlisiga yosh sevishganlar Maysaraning jiyani podachi Cho‘ponali va go‘zal Oyxon uchrashadilar. Ikki yoshning hovlida uchrashganini qari Qozi va mirshab Xo‘ja Darg‘a ko‘rib sharoitga xilof ish qilgani uchun Cho‘ponalini xibisga olmoqchi bo‘ladilar va shu bilan yosh qizcha bilan uchrashmoqga imkon tug‘dirmoqchi edilar. Ular tomonidan yuborilgan soqchilar Maysara hovlisiga kirib keladi. Soqchilar Maysarani olib ketgach Qozi sandiqga yashirib turgan Oyxonni o‘g‘irlab olib ketadi. Qozi zindonida Maysara qutilish yo‘llarini rejalashtiradi. Shu mahal Cho‘ponali xolasini topib unga qochishni taklif etadi. Lekin Maysara to Oyxonni qutqazmaguncha hej yerga bormasligini aytadi. Qozi Maysaraning oldiga tushib pul bilan Oyxonni gapga olishni taklif etadi. Maysara rozi bo‘ladi. Qozi uyida Oyxon qayg‘urib Qoziboboning yupatishlaridan achchiqlanadi. Qozi Maysaraga Oyxonning o‘jarligini aytadi. Maysara Oyxonga o‘z maxfiy rejalarini aytib unga Qozi bilan uchrashishga va Oyxon Qozining hamma shartlariga rozi bo‘lishini tushuntiradi.
Maysara o‘z hovlisida «Ulug‘ mehmonlarni» kutishga hozirgarlik ko‘radi. Birinchi bo‘lib Qozi keladi va hali o‘tirishga ulgurmasdan hovli eshigi taqqilaydi. Maysara Qoziga jiyani kelganini aytadi va qo‘rqib turgan Qozi ustiga xo‘kkiz terisini tashlaydi. Shunday qilib Maysara Oyxonga «Oshiq» bo‘lgan Hidoyatxonga ayol kuylagini, Xo‘ja Darg‘aga un qopini ustiga yopadi. Xalq bu shariat peshvolari ustidan kuladi va opera Maysaraning donoligidan, ikki yosh maqsadlariga erishganlari va xursandchilik bilan tugaydi.
«Maysaraning ishi» operasi bu haqiqiy komik (hajviy) janrda ijod qilingan asar bo‘lib bu asarda kuychan, yengil, obrazlar harakteriga mos keladigan musiqalar bastalangan. Ayniqsa Maysara obrazini ifodalaydigan-ba’zan o‘zining oilasi davrasida mehribon xola, jonkuyar ayol, ba’zan, sharoitlarga ko‘ra talabchan va o‘tkir kishi, dovyurak, qo‘rqmas, o‘z so‘zini ustidan chiqadigan shaxs sifatida operaning asosiy obrazi bo‘lib turli musiqalar vositalari bilan ifodalab ko‘rsatilgan. Maysaraxola ijro etadigan kuy va qo‘shiqlar Hamzaning «Hoy ishchilar» qo‘shig‘i asosida bastalangan. Chunki bu kuy Maysara obraziga xos bo‘lib ayolning ichki qiyofalarini ochib tashlashga yordam berishni kompozitor S.Yudakov yaxshi bilgan. Masalan Maysaraning «Bolalarim hammasi yaxshi bo‘ladi» nomli ariyasi so‘zimiz isboti bo‘laoladi. Shu bilan birga Oyxon, Cho‘ponali, Qozi, Xo‘ja Darg‘a, Hidoyatxon obrazlari musiqalari ham asar mazmunini ifodalaydigan kuy va qo‘shiqlar bilan tasvirlangan. Opera musiqalari orasida xalq kuy va qo‘shiqlari ham mustahkam o‘rin olgan. Masalan: «Oromijon», «Ushshoq», «Bilakuzuk», «Yor-yor» va boshqalar.
Kompozitor S.Yudakov operada o‘zbek xalq musiqasidan iqtibos kiritmay, faqat kuy - ohangi va usul doirasi bilan cheklanadi. Ya’ni xalq qo'shiq, ashula, yalla, lapar kabi janrlarning xususiyatlaridan, mukammal ravishda foydalangan. Kuylarni obrazli tuzilmasi tiniq oddiy va ta’sirchan ohanglarni zamini asosan major yoki minor ladlar, garmonik funksiyalari sodda akkordlar bilan boyitilgan. Shular sababli opera xalqchilligi, asl hajviyligi, o'ziga xosligi bilan ajralib turadi va tomoshabinni juda ham qiziqtirib, Maysaraxonning aql - zakovatli ishi girdobiga olib kiradi.
70-80 yillar davomida opera janri yana bir necha asarlar bilan boyidi va shular orasida bolalarga bag‘ishlangan operalar-S.Boboyevning «Yoriltosh» va V.Xaetning «Etikli mushuk» asarlaridir.
Shunday qilib opera teatri va opera asarlari oxirgi vaqtda o‘z rivojini topadi va bu janr respublika musiqa san’atining yuksalishiga salmoqli hissa qo‘shadi.


Xulosa
Musiqaning odam ongi va hissiyotiga taʼsir etishning ajoyib kuchi uning ruhiy jarayonlarga hamohang boʻlgan protsessual — muayyan jarayonli tabiati bilan bogʻliqdir. Musiqa asarlari mazmunida badiiy gʻoyalar umumlashgan holda berilib, musiqali obrazlarning oʻzaro munosabatlari (taqqoslanish, toʻqnashuv, rivojlanish kabi) jarayonida shakllanadi. Mazkur jarayonning xususiyatlariga koʻra musiqa mazmuni ham turli — epik, dramatik, lirik belgilarga ega boʻlishi mumkin. Bulardan insonning ichki dunyosi, ruhiy holatlarini ifodalashga moyil boʻlgan lirika musiqaning "botiniy" tabiatiga ancha yaqindir. Musiqaning mazmuni — shaxsiy, milliy va umumbashariy badiiy qiymatlarning birligidan iborat boʻlib, bunda maʼlum xalq, jamiyat va tarixiy davrga xos ruhiy tarovat, surʼat, ijtimoiy fikr va kechinmalar umumlashgan holda ifodalanadi. Musiqa shakllari har bir davrning maʼnaviy-maʼrifiy talablariga javob bergan holda, ayni vaqtda inson faoliyatining koʻpgina jabhalari (muayyan jamoaviy tadbirlar, odamlarning oʻzaro etik va estetik taʼsir etish, muloqot qilish jarayonlari) bilan mushtarakdir.
San’atshunoslikning bir sohasi musiqashunoslikdir. U o‘z navbatida quyidagi bilim sohalarini qamrab oladi: musiqa nazariyasi, musiqa tarixi, musiqiy etnografiya, musiqiy tanqid, musiqiy akustika, musiqiy psixologiya va boshqa sohalar. Musiqa nazariyasi ilmiy va o‘quv fanlarning majmuasi bo‘lib, musiqaning elеmеntar nazariyasi, garmoniya, musiqiy shakl, polifoniya, solfеdjio, cholg‘ulashtirish kabi fanlarni o‘z ichiga oladi va musiqani nazariy nuqtayi nazardan o‘rganadi. Mazkur fanlarning umumiy vazifasi – musiqani idrok etish, uni tushunish, uning tabiati, imkoniyatlari va tinglovchilarga ta’sir qilish mеxanizmini anglashga yordam bеrishdir. Ushbu fanlar bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarini tayyorlashda muhim rol o‘ynaydi. Ular musiqa sirlarini nafaqat o‘z musiqiy ehtiyojlari uchun, balki kеrakli bilim va ko‘nikmalarini kеlajakdagi o‘quvchilari ongiga singdirish uchun o‘zlashtirishi zarur. san’at mazmuni – hayot, atrofimizdagi voqеlik, insonning o‘zi va uning ichki dunyosi, o‘y-fikrlari, his-tuyg‘ularidir. san’at inson faoliyatining boshqa turlaridan farqli ravishda badiiy obraz - lar yaratish orqali voqеlikni o‘zlashtiradi. U kishining hissiyoti va ongiga bеvosita ta’sir qiluvchi shaklda olamni go‘yoki yangidan yaratadi. Lеkin san’atkor hayotni, hodisani, narsalarni nusxa qilib ko‘chirmaydi. U biror obrazga xos bo‘lgan eng umumiy, tipik xususiyatlarni saralab olib, ularning hammasini anglab tushunib, obraz qiyofasini o‘zgartiradi, so‘ng uni rasm, shе’r, musiqa asari shaklida gavdalantiradi. Albatta, har qanday san’atkorning asari muallif ning shaxs hissiyotini o‘z ichida saqlab qoladi. Chunki tashqi dunyoning obyеktiv matеriali san’atkorning ongida alohida qayta ishlab chiqilib, original, o‘ziga xos ijod bo‘lib qayta vujudga keladi. biroq, shu bilan birga har bir ijodiy asar jamoat ongining mahsuloti dеb ham hisoblanadi. Nеgaki, u muayyan bir ijtimoiy psixologiya, mamlakat, tarixiy hodisa bilan bog‘liq bo‘ladi. badiiy ijodiyotning ijtimoiy tomoni shunda namoyon bo‘ladiki, inson o‘z zamondoshlari hamda xalqi o‘tmishi va odamzod bilan aloqadorligini badiiy obrazlar orqali his etadi. Haqiqiy san’at abadiy badiiy qadriyatlar ijod qilar ekan, xuddi avlodlarning uzluksiz bog‘liqligini amalga oshiradi.
Dunyo bo‘yicha olganda barcha musiqiy janrlarning eng yuqori cho‘qqisi opera san‘ati hisoblanadi.
Keyingi yillarda musiqa ta‘limi va tarbiyasi dasturi hamda yangi darsliklaridan o‘zbek kompozitorlarining davr ruhini aks ettiradigan yangi qo‘shiqlari bilan bir qatorda, milliy musiqiy meros namunalari ham o‘rin ola boshladi. Boshlang‘ich sinflarda xalq musiqasi namunalari ( musiqiy folklor)ga asosiy e‘tibor qaratilgan bo‘lsa, 6-7-sinflarda maqom, doston mumtoz ashula kabi kasbiy an‘anaviy musiqa namunalari ko‘proq tavsiya etilgan. Ammo meros va zamonaviy milliy musiqaga asosiy o‘rin berilganligini asrlar davomida shakllanib kelgan jahon xalqlari musiqa madaniyatining yuksak badiiy namunalarini chetlab o‘tish, deb tushunmaslik kerak. Aksincha, milliy musiqani jahon xalqlari musiqasi namunalari bilan taqqoslash asosida o‘rganishgina ijobiy natijalar beradi.
Yevropa musiqa madaniyatining XVI asr oxirida qo‘lga kiritgan yutuqlaridan biri- opera san‘atining paydo bo‘lishidir. Ijod ma‘nosini anglatadigan bu ko‘p qirrali (sintetik) murakkab musiqa janri Italiyaning Florensiya shahrida musiqachi , shoir, rassom va aktyorlikni o‘z ichiga olgan. “Kallerata” nomli san‘atkorlar to‘garagida tashkil topgan edi. Dastlab jiddiy opera (opera seriya), keyinchalik uning negizida hajviy opera (opera buffa) paydo bo‘ldi. Birinchi jiddiy opera ijodkorlari taniqli shoir Ottavio Rinnuchchini, musiqachi Yakopo Peri va kompozitor Djulio Kachchinilar bo‘lgan. ― “Cho‘ri- beka” nomli birinchi buffa operasining muallifi esa yosh kompozitor Djovanno Battist Pergolezi (1710-1736) edi. Sahna asari bo‘lgan operaning musiqali drama, balet , aratoriya kabi boshqa sahna asarlari bilan yaqin umumiy xususiyatlari mavjud. Unda ham dekoratsiya (sahna bezaklari ), buttaforiya (turli grimm, kostyum va anjomlar) kabi teatr atributlari ishlatiladi. Opera uvertyura (cholg‘u muqaddima), ariya (bosh qahramonlarining markaziy ashulalari), duet (ikki qahramonning birgalikda kuylashlari), trio, kvartet, kvintet(uch, to‘rt, besh ishtirokchi qahramonlarning birgalikda kuylashlari) vokal ansambllar, xorlar, balet sahnalari kabi tarkibiy musiqa bo‘laklari (qismlar)dan tuziladi. Operada rechitativ (oddiy so‘z va gaplarni musiqiy ohangga solib kuylash) o‘ziga xos xususiyat kasb etadi. Shu xususiyatlariga ko‘ra, opera boshqa sahna asarlaridan keskin farq qiladi.
Opera asta-sekin Italiyadan Fransiyaga, Angliya , Germaniya, Avstriya kabi mamlakatlarga o‘tib, XIX asrda Rossiyada ham baland nufuzga ega bo‘ldi.
O‘qituvchi o‘quvchilarga opera san‘ati haqida ma‘lumotlar berib, ularning yuksak opera asarlari bilan tanishtirar ekan, avvalo, opera janrining o‘ziga xos xususiyatlari, muallifi, bu asar yaratilgan davr, asarning mazmuni haqida ixchamgina hikoya qilib berishi lozim. Tinglash uchun tavsiya etilgan opera parchalari, asosan muqaddima (uvertyura) va ariyalar bo‘lishi ma’qul. Chunki uvertyura simfonik orkestr ijrosidagi sof cholg‘u musiqa bo‘lishiga qaramay, u operaning asosiy musiqiy materialidan qisqartirib olinadi va tinglovchiga asar haqida nisbatan yaxlitroq tasavvur paydo qiladi. Masalan o‘quvchilarni S.Yudakovning “Maysaraning ishi” operasi bilan tanishtirishda o‘qituvchi operaning librettosi (so‘z matni) S.Abdulla va M.Muhamedovlar tomonidan Hamzaning shu nomdagi asari asosida yaratilganligi, asarda aql-zakovatli, bama’ni va axloqi pok beva ayol Maysara puxta o‘ylangan reja yordamida ochko‘z qozi, badjahl mirshab Hoji Darg‘a, axloqan buzuq qonunchi Hidoyatxonlarni laqillatganligi shahvatparastlarning zaif yurak torlarida o‘ynab o‘ta noqulay vaziyatlarga solib, ularni xalq oldida kulgiga qoldirganligi va shu yo‘l bilan yosh sevishganlar- jiyani Cho‘ponali va uning sevgilisi Oyxonning baxtini saqlab qolganligini hikoya qilib beradi.
Jahondagi eng buyuk musiqa yo‘nalishlaridan bo‘lmish opera san‘ati o‘zbek xalqining ham turmush madaniyatiga kirib kelishi, jahon xalqlari o‘rtasida o‘ziga yarasha obro‘- e‘tiborini yaqqol ko‘rsatib turibdi.
Mustaqillikdan so‘ng, ayniqsa yosh opera xonandalari uchun ko‘p tomonlama imkoniyatlar berila boshlandi. Prezidentimiz tomonidan yosh iste‘dodlar uchun ta‘sis etilgan “Nihol” davlat mukofoti yoshlar uchun eng yuksak e‘tibor hisoblanadi. Bundan tashqari, Nazira Ahmedova, Sulaymon Yudakov nomidagi ko‘plab katta-yu kichik ko‘rik tanlovlar yosh xonandalarni turli sinovlardan o‘tkazib kelmoqda.
Opera xonandalari uchun eng zarur hisoblanuvchi ovoz kuchi, yashaydigan iqlim muhitiga ham bog‘liqdir. O‘z ijodiy kuzatishlarimiz natijasida shunga amin bo‘ldikki, O‘rta Osiyo, ayniqsa, O‘zbekiston hududida yashab ijod qilayotgan va ulg‘ayayotgan yosh avlod kuchli va baquvvat, keng diapazon, chiroyli tembr va aql-zakovat bilan yuksalmoqda. Eng asosiysi yosh xonandalarning har biri o‘ziga xos ovoz sohibi.

Download 35,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish