Madina baxriddinovaning musiqa tarixi fanidan yozgan


II bob. Opera. Opera teatrlari



Download 35,79 Kb.
bet5/7
Sana09.06.2022
Hajmi35,79 Kb.
#646685
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Baxriddinova Madina kurs ishi

II bob. Opera. Opera teatrlari
2.1. O‘zbek operalarining tashkil topishi va ularning rivojlanishi
Opera (lot. opera — mehnat mahsuli, asar) — musiqali dramatik sanʼat janri. Opera qorishma (sintetik) janr boʻlib, oʻzida bir nechta sanʼat turlarini mujassam etadi; unda dramaturgiya, musiqa, tasviriy sanʼat va raqs sanʼati shakllari yaxlit sahnaviy jarayonda uzviy bogʻlanadi. Lekin musiqa ular orasida yetakchi oʻrin egallaydi. Operaning adabiy asosi — librettodagi voqealar musiqiy dramaturgiya vositalari bilan, avvalo, vokal musiqa shakllarida gavdalantiriladi. Qahramonlarning hissiy kechinmalari, asosan, yakkaxon xonandalar ijrosidagi ariya, kavatina kabi tugal musiqa lavhalarida oʻz ifodasini topadi. Operadagi rechitativ tugal musiqa shakllarini oʻzaro bogʻlab, musiqiy dramaturgiya jarayonida muhim vazifalar bajaradi. Turli vokal ansambl (duet, trio va boshqalar)larda qahramonlarning oʻzaro munosabatlari, dramatik voqealar oʻz aksini topadi. Xor roʻy berayotgan voqealarning izohlovchi vositasi vazifasini bajaradi, uning yordamida xalq hayoti lavhalari gavdalanadi. Operada orkestr ham katta oʻrin egallaydi: vokal shakllarga joʻr boʻladi, mustaqil cholgʻu qism (antrakt, uvertyura, introduksiya va boshqalar)larda vaziyatning mazmunini ochib beradi, har bir sahnaning ruhiy holatini ifodalashga yordam beradi. Operaning tuzilishi uning gʻoyaviy maqsadiga, syujet xususiyatlariga, musiqiy-ijodiy maktab anʼanalari va uslublariga hamda kompozitorning ijodiy tafakkuriga bogʻliq.
Opera sanʼatning alohida turi sifatida 16-asr oxirida Florensiya (Italiya)da yuzaga keldi: Ya. Perining "Dafna" (1598) va "Evridika" (1600) asarlari. O. keyinchalik Yevropaning boshqa mamlakatlarida tarqalib, tarixiy rivo-ji davomida turli xillariga ega boʻldi: fransuz "liriktragediyasi" (J.B. Lyulli, J. F. Ramo) va katta opera (L. Ober, J. Meyerber), italyan opera-seria — jiddiy opera (A.Skarlatti va Neapolitan opera maktabi) va Buff-opera (J. Pergolezi, J. Paiziyello, D. Chimaro-za), nemis zingshpili (I. Xiller, V. A. Motsart va boshqalar), ingliz ballada operasi (J. Pepush), ispan sarsuela va tonadilyasi (V. Garsia) va boshqa 18-asr Yevropa kompozitorlik ijodiyotida Sharq, xu-susan, oʻzbek mavzulariga qiziqish ku-chaygan va Italiyada A. Skarlatti (1706), N. Porpora (1730), A. Vivaldi (1735),A. Sakkini (1773), A. Sapiyensa — ugli (1828), Germaniyada G. Gendel (1724) va G. Teleman (1729)lar Amir Temurni oʻz operalarida bosh qahramon sifatida gavdalantirishgan. Mazkur qiziqish 19—20-asrlarda yanada kengayib bevosita Oʻzbekiston bilan bogʻliq asarlar Angliya, Armaniston, Belarus, Rossiya va boshqalarda koʻpaydi. 19-asrda romantik opera rivoj topdi (K. M. Veber, V. Bellini, G. Donitsetti va boshqalar), yangi milliy opera maktablari yuzaga keldi (Rossiyada — M. Glinka va A. Dargomijskiy, Polshada S. Monyushko, Chexiyada B. Smetana, Vengriyada F. Erkel, Ukra-inada S. Gulak-Artemovskiy, Gruziyada M. Balanchivadze va boshqalar). 20-asrda opera— oratoriya (A. Onegger), opera—kantata (K. Orf), kamer opera (F. Pulenk), qoʻshiq operasi (K. Vayl), rok-opera (E. L. Uebber) kabi yangi turlari yuzaga keldi, opera janri modernizm yoʻnalishlari (impressionizm — K. Debyussi, ekspressionizm — R. Shtraus, A. Shyonberg, A. Berg, neoklassitsizm — F. Buzoni, I. Stravinskiy va h. k.) taʼsirida rivoj topdi. K. Monteverdi, J. Rossini, J. Verdi, J. Puchchini, K. V. Glyuk, B. A. Motsart, R. Vagner, L. Kerubini, Sh. Guno, J. Vize, M. Musorgskiy, P. Chaykovskiy, S. Prokofyev, D. Shostakovich, B. Bartok, 3. Koday, B. Britten, J. Gershvin va boshqa opera sanʼati rivojiga ulkan hissa qoʻshishdi.
Oʻzbekistonda opera janri oʻzbek mushkeli dramasining rivoji asosida, shuningdek, chet el mumtoz operasining taʼsirida yuzaga kelgan. 19-asrning oxiri—20-asr boshlarida Toshkentga bir nechta (gruzin — 1894; 1907—15 yillarda — italyan, tatar, rus, ozarbayjon) opera truppalari gastrolga kelgan. 1918-yildan Toshkentda Rus opera teatri oʻz faoliyatini boshlagan. 1929-yilda M. Qoriyoqubov tashabbusi bilan oʻzbek musiqali teatri ishga tushdi. Uning repertuari, asosan, musiqali dramalardan iborat boʻlgan. Mazkur teatr sahna-sida oʻzbek tilida qoʻyilgan birinchi operalar — "Er Targʻin" (Ye. Brusilovskiy, 1937) va "Nargiz" (M. Magoma-yev, 1938)dir. oʻzbek opera va balet trup-pasi Oʻzbek musiqali teatri zaminida yuzaga kelib, 1939-yil S. Vasilenko va M. Ashrafiyning "Boʻron" operasi bilan oʻz faoliyatini boshlagan. Dastlabki oʻzbek operalari oʻzbek va rus kompozitorlarining ijodiy hamkorligi natijasida hamda Oʻzbekistonda ijod qilgan rus kompozitorlarining mahalliy mavzudagi ijodida rivoj topgan (R. Glier, T. Sodikrv, "Layli va Majnun", 1940; "Gulsara", 1949; A. Kozlovskiy, "Ulugʻbek", 1942). Shu davrda oʻzbek tilida jahon mumtoz opera namunalari (J. Bizening "Karmen", 1944; P. Chaykovskiyning "Yevgeniy Onegin", 1947 va boshqalar) ham sahnalashtirildi. Keyinchalik oʻzbek kompozitorlarining afsonaviy-romantik, tarixiy, lirik, zamonaviy mavzulardagi mustaqil operalari paydo boʻldi: "Dilorom", "Shoir kalbi" (M. Ashrafiy), "hamza" (S. Boboyev), "Xorazm qoʻshigʻi" (M. Yusupov) va boshqa Birinchi oʻzbek hajviy operasi "Maysaraning ishi" (S. Yudakov) boʻlib, bir nechta chet mamlakatlar teatrlarida quyilgan. "Yoriltosh" (S. Boboyev) birinchi oʻzbek bolalar operasidir.
1970—80 yillari oʻzbek kompozitorlari opera janrini mavzu jihatidan boyitishdi. Shu davr ichida tarixiy — "Mangulik" (U. Musayev), "Fidoyilar" (S. Boboyev), zamonaviy — "Sadoqat" (R. Abdullayev), atoqli shaxslarga bagʻishlangan — "Sugʻd elining krploni" (I. Akbarov), "Zebunniso" (Sayfi Jalil), "Alisher Navoiy" (M. Burhonov), shuningdek, kamer operalar — "Sohilda toʻqnashuv" (N. Zokirov), "Ona qalbi" (Hab. Rahimov) va boshqa operalar sahnalashtirildi.
Mustaqillik davri oʻzbek operalarida janr talqini, mavzu va mazmun doirasi yanada kengaytirilib, boyitil-di: jahon mumtoz adabiyoti (N. Zoki-rovning Shekspir tragediyalari asosida yaratilgan "Hamlet" va "Makbet" opera-dilogiyasi), hozirgi zamon ijtimoiy muammolari (N. Zokirovning "Muxtoriyat" opera-farsi, O. Abdullayevaning "Vafo", F. YanovYanovskiyning "Orkestr" operalari), tarixiy shaxslar siy-molari (M. Bafoyevning "Al-Fargʻoniy") va falsafiy mavzular (I. Ak-barovning "Ibtido xatosi" opera oratoriyasi) opera janrini keyingi rivojini belgiladi. Mazmunni talqin qilishda asosiy urgʻu milliy hamda umumba-shariy maʼnaviy kadriyatlarni taran-num etishga, murakkab vaziyat va psixologik holatlarni chuqur ifoda etishga qaratildi. Bu davrda oʻzbek kompozitorlari Opera asarlarida oʻzbek xalq musiqa merosi va milliy ijrochilik anʼanalarini zamonaviy ifoda va texnik vositalar bilan uzviy bogʻlashga ahamiyat berdilar.
Turkistonda uzoq yillar davomida rus ziyolilarning yashab turganlari, ularning san’atga bo‘lgan qiziqishlari natijasida Toshkentda rus opera teatri ochiladi. Opera teatrining tashkil topishida asoiy turtkilarda yana biri Italiya opera guruhining 1900 yilda Toshkentda qilgan gastrollari (ijodiy safarlari) bunda asosiy sababchi bo‘lgan. Italiyaliklar Toshkentda «Rigoletto», «Traviata», «Trubadur», «Karmen», «Payatsi», «Faust» kabi operalarni rus ziyolilariga tonishtirganlar. Shu bilan birga rus ziyolilari o‘z konsert dasturlarida g‘arb va rus klassik kompozitorlarining simfonik asarlarini operalardan parchalarni, simfonik syuitalarni ijro etishlari bilan rus opera teatrining tashkil topilishida poydevor tuzganlar. Opera teatrining birinchi spektakllari Dargomijskiyning «Rusalka», Chaykovskiyning «Yevgeniy Onegin» operalari bo‘lgan. Opera janrining keng ommaga tarqalib borgani tufayli rus opera teatri sahnasida Verdining «Rigoletto», Gunoning «Faust», Rubenshteynning «Demon», Chaykovskiyning «Pikovaya dama», Musorgskiyning «Boris Godunov», Boroddining «Knyaz Igor», Verdining «Traviata», «Aida, Puchchinining «Bogema», Rossinining «Sevilskiy seryulnik» asarlari sahna yuzini ko‘rdi. Rus opera teatrining san’atkorlari O‘zbekiston viloyatlariga chiqishlar tashkil qilib opera san’atini o‘zbek xalqi orasida targ‘ibot etaboshladilar va bu xizmatlar o‘zbek operalarini tashkil topishiga asos bo‘ldi.
30-yillarning II-yarmidan boshlab birinchi o‘zbek operalari vujudga kela boshladi. Bular S.Vasilenko va M.Ashrafiylarning «Bo‘ron» operasi bilan R.Gliyer va T.Sodiqovlarning «Layli va Majnun» operalari edi.
«Bo‘ron» operasi besh pardali katta asar bo‘lib uning mazmunida 1916 yilda Jizzaxda bo‘lib o‘tgan o‘zbek xalqining chor hukumati bilan bo‘lgan to‘qnashuvlari o‘z aksini topgan. Qo‘zg‘olon bostirilgan bo‘lsa ham lekin o‘zbek xalqining ozodlikga chiqish uchun intilishlari asarda asosiy maqsad bo‘lib qolgan.
Operaning qisqacha mazmuni Boydan qarzdor bo‘lgan Bo‘ron ismli dehqon yerlarini tortib oladilar. Lekin shu vaqtda Bo‘ron Jo‘ra ismli o‘g‘lini Norgulga o‘ylantirish kerak edi. Yon-qo‘shnilar Bo‘ronga moddiy yordam berib to‘yni boshlaydilar. To‘y avjida mahalliy amaldorlar kelib o‘zbek yigitlarini boshqa shaharlarga “Mardikorlikka” olib yubormoqchi bo‘ladilar. Lekin amaldorlar o‘z farzandlarini qoldirib kambag‘allar bolalarini jo‘natmoqchi bo‘ladilar. Dehqonlar qarshilik ko‘rsatib o‘nboshini o‘ldiradilar. Bo‘ron boshchilik bir guruh otryad toqqa chiqib ketadi. Ularga Jo‘ra ham qo‘shiladi. Podshoh tomonidan yuborilgan qo‘shinlar qishloqda ancha qon to‘kadilar va shular qatorida Norgul ham nobud bo‘ladi. Bo‘ronning hovlisiga o‘t qo‘yadilar. Shu vaqtda Bo‘ron boshchilik otryad qishloqga kirib kelib podshoh qo‘shinlarini quvib yuboradi.
Operaning qisqacha mazmunini (lebrettosini) Komil Yashin yozgan. Unda ikki tuzim qarama-qarshiligi, xalqlar orasidagi do‘stlik aniq o‘z ifodasini topgan. Operadagi asosiy qahramon bu xalq. Xalq Bo‘ron boshchiligida podshoh tuzimiga qarshi kurashadi.
Operada juda ko‘p xalq qo‘shiqlari «Gul o‘yini», «Girya qozoq», «Chamanda gul», «Tanovar», «Oq oydin kechalar», «Farg‘onacha»-lar kompazitorlar tomonidan orkestlashtirib asar mazmunini boyitishga sababchi bo‘lganlar.
«Bo‘ron» operasida Hamzaning «Ishchi bobo», «Biz ishchimiz», «Hoy ishchilar» qo‘shiqlari ishlatilgan. «Bo‘ron» da ariyalar uncha ko‘p bo‘lmasada lekin bor ariyalar obrazlari harakterlarini yoritishida salmoqli musiqiy asarlar jumlasiga kiradi.
S.Vasilenko bilan M.Ashrafiy bu operani olti oy davomida ijod qilib 1939 yilning 25 martida tugallaydilar. «Bo‘ron» operasini sahnalashtirishda ancha qiyinchiliklar ham bo’ladi. Birinchidan bu Yangi janrni sahnada ijro etishda xonandalarga noqulayliklar tug‘dirdi, chunki musiqali drama bilan opera orasida katta farq bor edi. Lekin shu bilan birga milliy o‘zbek og‘zaki an’analari bilan bog‘liq bo‘lgan sahnalar ham ijrochilarga va tinglovchilarga ham maroq bag‘ishlagan edi.
«Bo‘ron» operasini sahnalashtirishi bu ikki (rus va o‘zbek) orasidagi birodarlikni mustahkamlashda va ikki kompazitorlar S.Vasilenko va M.Ashrafiylarning ijodiy hamkorliklarini timsoli bo‘ldi.
Opera 1939 yilda Toshkentda sahnalashtirilib o‘zbek musiqali drama teatri O‘zbek Davlat opera va balet teatriga aylandi. Asosiy rollarni Halima Nosirova (Norgul), Karim Zokirov (Bo‘ron), Fotima Boruxonova (Zebiniso) ijro etganlar.
O‘zbek operasining dunyoga kelishi bu zamon talabi bo‘lib respublikamizning madaniy rivojiga yana bir katta qadim hisoblandi.
«Bo‘ron» operasi bilan bir qatorda G.M.Gliyer va T.Sodiqovlarning «Layli va Majnun» operasi ijod qilindi va bu asar A.Navoiyning shu nomli poemasi asosida edi.
Operaning qisqacha mazmuni. Layli ismli arab qabila boshlig‘ining qizi Qays nomli yigitni sevadi. Layli Qaysning ishqiy she’rlariga, xotin-qizlarni e’zozlaydigan asarlariga mahliyo bo‘lgan edi. Lekin shariat qoidalariga ko‘ra Qays islom diniga xiyonat qilgan, chunki ayollarni erkaklar bilan tenglashtirgan. Ruhoniylar Qaysni-Majnun, ya’ni devona deb kamsitishadilar. Odamlarning diqqatiga tushib qolgan Qays Layli bilan bo‘lgan muxabbatini oxirigacha yetishiga ishonch hosil qilmagach dashtu-saxrolarga yovvoiy hayvonlar orasiga chiqib ketadi. Layli esa otasining ixtiyori bilan badavlat kishi Ibn-Salomga turmushga chiqishi kerak bo‘lganda sevgan yigiti Qaysni qumsab o‘ladi. Uning qabri ustida Qays ham jon beradi. Ular motamlarini faqat yaqin qovmu-qarindoshlari tutadilar. Ikki sevishgan qabrida ikkita qizil gul o‘nib chiqadikim, bu-o‘lmas sevgi va hamisha yoshlik timsoli edi.
«Layli va Majnun» operasida obrazlar ariyalarida o‘zbek musiqa merosi-maqomlar, xalq kuy va qo‘shiqlari asos bo‘lib unda «Iroq», «Segoh», «Ushshoq», «Chorzarb», «Chorgoh», «Bayot», «Chapandozi gulyor»-lar ishlatilgan.
40-50 yillar davomida Alisher Navoiy nomidagi Davlat opera va balet teatri sahnasida bir necha opera asarlari sahnalashtiriladi. Uning repertuaridan rus va chet el opera va balet asarlari o‘rin olib shular qatoriga qardosh xalqlar kompozitorlarining asarlari ham teatr sahnasidan joy oladilar. D.Kabalevskiyning «Taras oilasi», T.Xrennnkovning «Bo‘ronda», G.Mayborodaning «Arsenal» va A.Kozlovskiyning O‘zbekistonda ijod qilgan «Ulug‘bek» operalari shular jumlasiga kiradi. Lekin ko‘zga tashlangan muammolardan eng asosisi bu milliy o‘zbek operalarini ijod qilish va ularni sahnalashtirishdan iborat edi. Shuning uchun ham 1947-1967 yillar davomida bir necha o‘zbek milliy operalari ijod qilinib teatr sahnasida qo‘yildi. Oldingi yillar sahnalashtirilgan operalar: S.Vasilenko va M.Ashrafiylarning «Ulug‘ kanal», R.Gliyer va T.Sodiqovlarning «Gulsara», T.Jalilov va B.Brovsinlarning «Toxir va Zuxro», G.Mushel va V.Uspenskiylarning «Farxod va Shirin» operalari bilan bir qatorda Yangi ijod qilingan o‘zbek milliy operalari ham asta-sekin musiqa san’atining opera janrida ijod qilinib sahna yuzini ko‘radi. Bular-M.Ashrafiyning «Dilorom», T.Sodiqov, B.Zeydman, Yu.Rajabiy, D.Zokirovlarning «Zaynab va Omon», S.Boboyevning «Hamza», M.Yusupovning «Xorazm qo‘shig‘i», M.Ashrafiyning «Shoir qalbi», R.Hamroyevni «Zulmatdan ziyo» asarlardir.
Yuqorida nomlangan asarlar orasida A.Navoiyning «Sa’bai sayyor» poemasidan «Dilorom» operasi dramaturglar K.Yashin va Mumtoz Muhammedovlar bilan kompozitor M.Ashrafiyning o‘zbek klassik adabiyotidan zamonaviy asar yaratishda qilgan xizmatlari o‘zbek musiqa madaniyatida alohida o‘rinni egalladi.
To‘rt parda va yetti ko‘rinishdan iborat «Dilorom» operasi A.Navoiy nomli Davlat opera va balet teatri sahnasida qo‘yiladi. Voqealar shoh va amaldorlarning xalqqa nisbatan shavqatsizligi va zulmdan xalq norozi bo‘lib qo‘zg‘olon ko‘tarilishi, Diloromni kuch ishlatib olmoqchi bo‘lgan shoh Baxrom va uning sheriklariga qarshi ko‘tarilgan kurash fonida yuz beradi. Dilorom shavqatsiz shohga bo‘ysunmaydi va o‘z hayotini qurbon qilib nomus va muhabbatini saqlab qoladi.
Operaning qisqacha mazmuni. Badavlat Ulug‘ Xo‘ja uyida uning quli bo‘lgan go‘zal ashulachi Dilorom voyaga yetadi. Dilorom ajoyib rassom Monini sevib qoladi. Moni o‘z sevgilisini Ulug‘ Xo‘jadan sotib olishga va unga uylanishga ahd qiladi. Lekin go‘zal Diloromni shoh Bahromni ko‘rib unga maxliyo bo‘ladi va katta sovg‘alar evaziga Diloromni Ulug‘ Xo‘jadan o‘ziga sotib oladi. Moni Diloromni juda ko‘p qidiradi va oxiri Baxromshoh dargohida topadi. Lekin Baxromshoh Monini zindonga tashlab Diloromni o‘z qasriga qamab qo‘yadi. Fursantdan foydalanmoqchi bo‘lgan Baxromshohning vaziri Ardasher Dilorom qo‘liga zahar berib Baxromshohni o‘ldirishni buyuradi. Baxromshoh saroyida katta bazm o‘tadi. Bazmda yetti go‘zal qatnashib har biri o‘zining san’atini namoyish etadi. Dilorom ham o‘zining sevgi haqidagi mungli qo‘shig‘ini kuylaydi. Ardasher bergan zaharni Dilorom o‘zi ichmoqchi bo‘lib turganda Ardasher uni qo‘lidagi qadahni olib Baxromshohga uzatadi, lekin shoh bu qadahni go‘zallardan biriga beradi. Go‘zal uni ichib o‘ladi. Baxromshoh bu voqeadan achchiqlanib Monini osishga va Diloromni cho‘li-biyobonga olib borib tashlashga buyuradi. Cho‘lda bo‘ron ko‘tariladi. Dilorom o‘z sevgilisi Monini chaqiradi. Diloromni oxtarib yurgan Moni yetib keladi va sevishganlar bir-birlari bilan uchrashadilar. Dilorom Monining qo‘lida jon beradi.
Kompozitor M.Ashrafiy operani ijod qilishda xalq kuy va qo‘shiqlaridan mohirlik bilan foydalangan. Yetti go‘zal qiyofasida tojik, eron, hind va arab kuylarini ishlatib go‘zallar obrazlarini yana ham boyitgan.
Moni ariyasini ijod qilishda xalq kuyi bo‘lmish «Karimqul-begi»ni ishlatgan. Monining boshqa ariyasida «Navo» maqomidan «Saroxbori navo» ni ustalik bilan qayta moslashtirilgan.
Dilorom ariyalari ham ashulachi qimyofasini ifodalashda yoqimli va kuychan musiqalar bilan shu obraz ochib tashlangan. Baxromshoh, Ulug‘ Xo‘ja obrazlarini aks ettirishda ham kompozitor o‘sha shaxslarga xos kuylarni bastalagan. Shoh saroyidagi bazmlarda ijro etilgan musiqalar ham o‘zining tantanavorligi, quvnoqligi va o‘ynoqiligi bilan tinglovchilarning diqqati-e’tiborini o‘ziga jalb etadi.



Download 35,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish