1.2. «Halima», «Nurxon», «Oltin ko‘l» musiqali dramalar
Yuqorida nomlangan spektakllardan «Nurxon» asari ko‘p tomoshabinlarni olqishiga sazovor bo‘ldi. Bu asar o‘zining sermazmunligi, oddiyligi va ohangdorligi biln ajralib turar edi. Asarda tarixiy voqealar o‘z aksini topgan. Dramaturg K.Yashenni qisqa ammo sermazmun hayot kechirgan aktirisa Nurxon Yo‘ldoshxo‘jayevaning faoliyati qiziqtiradi. K.Yashenni o‘sha yillarda yosh qizning eski qoldiqlarga qarshi chiqib teatr sahnasiga obrazlar yaratgani, Nurxonning akasini ruhoniylar tomonidan g‘azablantirib o‘z singlisini pichoq bilan o‘ldirganligi dramaturgni hayratlantiradi. K.Yashin «Gulsara» asarida boshlagan mavzu xotin-qizlarni ozodlikka intilishlari, huquq tengligi uchun kurashganlari, tinch mehnatni e’zozlaganliklari borasidagi fikrlarini «Nurxon» asarida ham davom ettiradi. Agar «Gulsara» musiqali dramada Gulsara faranji tashlash, erkinlikga intilish maqsadi uchun kurashgan bo‘lsa, Nurxon teng huquqlik, erkin kasb tanlash, jamoa ishlariga Xotin-qizlarning o‘rni kabi muammolarni o‘rtaga tashlagan va uning uchun kurashgan Xotin-qizlardan biri bo‘lgan.
«Nurxon» musiqali dramada bir qancha yoqimli va chiroyli musiqalar borki, bu kuylar To‘xtasin Jalilov tomonidan katta mahorat bilan ijod qilinib asar mazmunini yana ham boyitgan. Masalan «Assalom», «Ey sabo», «Qora sochim», «Baxtu iqbol», bir necha duyetlar, ansambllar xor asarlari shular jumlasiga kiradi.
Musiqali drama janrida mustaqil ijod qiladigan kompozitorlar ham respublikamizda voyaga yetdi. Ana shulardan biri kompozitor Manas Leviyev bo‘lib M.Uyg‘ur bilan hamkorlikda «Oltin ko‘l» musiqali dramasini yaratdilar. Bu musiqali drama qishloq aholisining turmush sharoitlariga bag‘ishlangan bo‘lib, halol mehnat, tinch yashash, oq oltin hosilini yig‘ib olish kabi maqsadlar o‘rtaga tashlangan. Biroq qishloq sharoitida ham dangasa, yalqov, ishbuzarmandlar borligi va ularning xulq-atvori halol kolxozchilarga ta’sir etganlari ham bu asarda ko‘rsatib berilgan.
To‘rt pardali bu musiqali dramada kompozitor Manas Leviyev milliy o‘zbek musiqalarini tinglovchilarga yoqimli, kuychan, jozibador ravishda qayta ishlab o‘z mohir kompozitorlik qobiliyatini ko‘rsatib bergan.
«Oltin ko‘l» musiqali dramada sho‘x va o‘ynoqi 2-3 ovozli xor asarlari, ansambllar, duyetlar, laparlar vositalari bilan mustaqil o‘zbek diyorining go‘zal manzaralarni, ozod kolxozchilar mehnatini, obu-havosini, yil fasllarining o‘zgartirishlarini yoritib bergan. Bu asarlar b’zan mungli va yoqimli, ba’zan sho‘x va o‘ynoqi jilolar bilan tinglovchilarga asar mazmunini yoritib beradi. Bular «O‘rgilay», «Qoshingni qarosiga», «Bizning kolxoz qizlari» va boshqa musiqiy asarlar o‘zbek musiqa madaniyatining oltin fondidan joy olgan.
“Halima” asari, – deb yozgan edi taniqli teatrshunos olim, – avvalo, eng muhim jumboq – muzikali drama oʻzbek teatri uchun qonuniy holmi, bordi-yu javob ijobiy boʻlsa, uning yaratilish yoʻllari qanday boʻladi, degan savolga javob beradi. Zotan, “Halima” qoʻyilishi bilan jamoatchilik, mutaxassislar va matbuot birinchi navbatda shu masalaga javob istardi. Binobarin, spektaklga birinchi yozilgan taqrizning Abdurauf Fitrat tomonidan quyidagicha boshlanishi bejiz emas. “Adabiyot va sahnachilarimiz uchun bu kecha bir sinoat kechasi edi. Oʻz kuylarimiz, oʻz cholgʻularimiz bilan opera qoʻyila olurmi? Oʻzbek cholgʻusi bilan oʻzbek kuyi opera kechalarinda istadigimiz taʼsirni bera olurmi, degan soʻroqlarga biz shu “Halima” tomoshasini koʻrgandan keyin javob bera olur edik.
Bu savol, avvalo, Gʻulom Zafariyni koʻpdan beri oʻylatar va unga ijodkor javob axtarar, izlanardi. Uning toʻrt-besh yildan beri tajriba maʼnosida yozayotgan bir pardali muzikali dramalari shu izlanishlarning samarasi edi. Koʻrinadiki, bu muhim muammoni “Halima” muzikali dramasi hal etdi”.
Toshpoʻlat Tursunov bu soʻzlaridan soʻng, oʻzbek muzikali dramasining asoschisi kim ekanligi masalasida bahslar boʻlgani va Gʻulom Zafariyning bu boradagi xizmatlari ayrim teatrshunoslar tomonidan kamsitilayotgani haqida soʻzlab, bunday davom etgan: “… “Halima”ning muzikali drama ekaniga mensimayroq qarash hollari hali ham bor. Bunday qarash keyinchalik paydo boʻlgan xulosa. Chunonchi, “Halima” – maxsus yozilgan muzikaning emas, balki xalq muzika merosining hisobiga vujudga kelgan asar. Lekin oʻsha davrda bundan boshqa yoʻlning oʻzi yoʻq edi va oʻzbek muzikali drama janri yigirmanchi, hatto oʻttizinchi yillari ham shu yoʻldan bordi. Bu, masalaning bir tomoni. Ikkinchisi – “Halima” oʻsha yoʻl bilan boʻlsa ham, tugal muzikali drama asari edi. Muhimi shu. Gʻulom Zafariy pyesa muzikasini bilimdonlik, did bilan tabdil yoʻlida shakllantirdi. Gʻulom Zafariy oʻzbek mumtoz qoʻshiq merosining kuchli tomoni – undagi teran muhokama va emotsional kayfiyatni vujudga keltiruvchi dramatizm, tugʻyon, teatr elementlarini birinchi boʻlib sezdi va muzikali drama janriga olib kirdi”.
Bu soʻzlar koʻproq asarning musiqiy talqiniga oid esa-da, muzikali drama, avvalo, badiiy adabiyot janri boʻlganligi uchun dramaturg “Halima”ni yozishdan avval ozarbayjon teatrining “Layli va Majnun” va boshqa muzikali drama janridagi spektakllari tajribasini qunt bilan oʻrganib, shu janrning oʻziga xos tomonlari haqida puxta bilimga ega boʻlganligini alohida qayd etish zarur. Biz asarning qoʻlimizdagi besh yoki olti nusxasini oʻzaro qiyoslar ekanmiz, muzikali drama janri haqida aniq tasavvurga ega boʻlgan Gʻulom Zafariyning qahramonlar obrazini yaratishda nafaqat drama janri, balki muzika sanʼatining ham boy imkoniyatlarini – ariya, duet, monolog, rechitativ singari komponentlarni oʻrinli istifoda etganligini koʻramiz. Dramaturg qahramonlarning monologik va dialogik nutqlarinigina emas, balki ariya va duetlar matnini ham oʻzbekona ifodalar va poetik obrazlar bilan muzayyan etgan.
Hozirgi davrda musiqali drama janri eng hayotiy va talabga javob beradigan musiqiy merosdirkim, rivojlanib borayotgan mustaqil respublikamiz taraqqiyotini, xalqlarimizning turmush sharoitlarini va tinch hayotini e’zozlaydigan asarlar bilan yana boyimoqda. Ko‘zga ko‘ringan kompozitor M.M.Burxonov aytganicha-»Opera janri bilan bir qatorda musiqali drama asarlari xalqimiz orasida eng kerakli va muhim janrlar qatoriga kiradi. Oxirgi yillar davomida kompozitorlarimiz bu janr yo‘nalishida ancha ijod qildilar. Bu janrda hayotimizdagi hilma-hil voqealar, turmush o‘zgarishlari va ayniqsa zamonaviy mavzulardagi asarlar ijod qilinmoqda».
Do'stlaringiz bilan baham: |