26
13.
Mustaqillik. Ilmiy-ommabop lug‘at. T.: 1998 y.
14.
Umarov E. «Madaniyatshunoslik». Yangi asr avlodi 2005 y.
15.
Xayrullaev M. O‘rta Osiyo Uyg‘onish davri madaniyati. T.: «Fan», 1995y.
III- mavzu. Qadimgi davr Markaziy Osiyodagi diniy madaniyat.
Diniy dunyoqarashning murakkablashuvi natijasida tabiat hodisalariga
nisbatan dualistik qarashlar shakllana boshlagan. Insonga foydasi tegadigan, inson
uchun hayot manbayi bo`lgan hodisalarning o`z xudolari
yoki homiylari mavjud
degan tushunchalar vujudga kelgan.Eramizdan avvalgi II ming yillik oxirlariga
kelgach, Eron va Markaziy Osiyoda Quyoshga sig`inish ancha takomillashib,
uning zaminida insonga quyoshdek yorug`lik va issiqlik in`om etuvchi olovga
sig`inish — otashparastlik e`tiqodi vujudga keladi. Olovni quyoshning yerdagi
o`g`li, degan tasavvurlar chuqurlashadi
va Quyosh xudosi Mitra, suv xudosi
Anaxita va boshqalarga e`tiqod qilish otashparastlik e`tiqodiga qo`shilib ketadi.
Eron
va
Markaziy Osiyoda otashparastlik dini — zardushtiylik hukmron dinga
aylanadi. Zardushtiylik dinining kelib chiqish sabablari nimalardan iborat?
Birinchidan, bizningcha, u kishilarning tabiat hodisalari, mavsumlarning, kecha va
kunduzning almashinuvi hamda uning sabablarini bilib olishga bo`lgan intilishlari
natijasida paydo bo`lgan. Kishilar qadimda tabiat kuchlari oldida ojiz bo`lganlar.
Ularning turmushi, kiyim-kechak,
turarjoylari ham, oziq-ovqat ishlab chiqarishi
ham nochor holda bo`lgan. Kishilar tasavvuriga ko`ra bahordan boshlab yorug`
kunlar kela
boshlagan, ya`ni kunlar isib, tabiatda ezgulik ko`paya borgan, o`t-
o`lanlar, qurt-qumursqalar, hayvonlar uyg`ona boshlagan, butun tabiat jonlana
borgan. Bularning barchasini ilohiy kuch — Quyosh xudosi Ahuramazda
boshqaradi, deb o`ylashga olib kelgan. Ko`pgina falokatlar, o`lim, kasallikning
xuruj qilishi esa kechalari ro`y bergan. Natijada inson va boshqa tirik jonzodlarga
zarar keltiruvchi kuchlar haqidagi tasavvurlar ham shakllangan. Demak,
sovuq
kunlar va qorong`ilik kishilarga ko`plab kulfatlar keltirgan. Shu sababli kishilar
o`zlariga zarur bo`lgan issiqlik va yorug`lik manbayi hisoblangan quyoshga va
uning yerdagi zarrasi deb tasavvur qilingan olovga topinganlar.
Ikkinchidan, kishilar qo`rquv va o`z ojizliklari o`rnmi to`ldirish uchun, bir-biriga
qarama-qarshi kuchlar va ularning xudolari haqidagi tasavvurlarga ega bo`la
borganlar. Zardushtiylar ezgulik,
yaxshilik, yorug`lik, issiqlik, tiriklik, Hilolat
xudosi Ahuramazda va unga qarama-qarshi kuch — yomonlik,
yovuzlik,
qorong`ilik, sovuq, o`lim va adolatsizlik xudosi — Axriman haqidagi tasavvurlarni
vujudga keltirganlar.Uchinchidan, mahalliy qabilaviy dinlar endigina shaklanib
kelayotgan (davlatchilik asoslariga, jamiyatning ham moddiy, ham ma`naviy
taraqqiyotiga to`sqinlik qila boshlagan edi. Turli qabilalar o`rtasida urush-janjallar
ko`payib ketgani uchun qabilalarni birlashtirishga xizmat qiluvchi yangi mafkura
— dinga zarurat paydo bo`lgan. Bu vazifani
endigina shakllanayotgan
va
birmuncha tizimga tushib ulgurgan zardushtiylik dini bajara boshlagan.
Zardushtiylikning muqaddas kitobi «Avesto»da ham (ayniqsa, Yasna va Yasht
kitoblarida) ilohiy kuch-qudratga ega bo’lgan Quyosh barcha narsalarga jon va
kuch-quvvat beruvchi oliy iloh ekanligi ta`kidlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: