1
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
“MADANIYAT VA DIN”
MADANIYATSHUNOSLIK
fanidan amaliy mashg‘ulotlar uchun o’quv-uslubiy
qo‘llanma
NAMANGAN – 2016
2
SH. Abdullayev, N.Valiyeva
Madaniyat va din. O‘quv qo‘llanma
2016. ____bet.
Mazkur o‘quv qo‘llanmada Madaniyat va dinning o’zaro
aloqadorligi milliy va jahon dinlarining madaniyat taraqqiyotiga
qo’shgan hissasi ochib berilgan. Unda qadimgi zamonlardan to hozirgi
kunlargacha davrda jahon xalqlari madaniyati taraqqiyoti, mustaqil
O‘zbekistonda ma’naviy tiklanish jarayoni va madaniyat ravnaqi
masalalari yoritilgan.
O‘quv qo‘llanma Namangan davlat universiteti qoshidagi Oliy o‘quv
ilmiy-uslubiy Kengash majlisida muhokama qilingan va nashrga tavsiya etilgan
(2016-yil _____aprel ____-son majlis bayoni
)
.
Mas’ul muharrir:
t.f.n. N. G’ofurov
Taqrizchilar:
f.f.n. D.Rahimbayeva
f.f.n. A. Hakimov
Namangan Davlat universiteti "O’zDJQNA" kafedrasining 2016 yil ______
mart ______-yig‘ilishida muhokama qilingan.
3
Xulosa
Mustaqilligimiz sharofati bilan xalqimiz o‘zligini chuqur anglay boshladi.
Vatanimiz o‘tmish madaniyatini mukammal o‘rganishiga bo‘lgan qiziqish ortib
bormoqda. Yangi jamiyat qurilishi ijtimoiy - siyosiy, iqtisodiy va manaviy
sohalarda chuqur o‘zgarishlarni taqozo etadi. Bu o‘zgarishlarni asosiy mezoni
milliy-manaviy qadriyatlar, sharqona ruhiyat va madaniyat hisoblanadi.
"Xalqning ma’naviyati-degan: I.A Karimov - uning haqiqiy tarixi va uning
xosligini qayta tiklanayotganligi jamiyatimizni yangilash va taraqqiy ettirish
yo‘lidan muvaffaqiyatli ravishda olg‘a siljishda hal qiluvchi tabir joiz bo‘lsa,
belgilovchi ahamiyatga egadir".
Madaniyatshunoslik kursi jahon Markaziy Osiyo xalqlarining madaniyati
taraqqiyoti qonunlari, o‘ziga xos xususiyatlari, rivojlanish bosqichlari,
madaniyatning jamiyat va inson hayotida tutgan o‘rni va roli to‘g‘risida baxs
yuritadi. Milliy ma’naviyat, qadriyatlar madaniy meros va an’analarga tayangan
xolda kishilarning madaniyatni shakllantirishga ko‘maklashadi.
Talabalar bu kursni o‘rganish jarayonida o‘zbek xalqi va buyuk
allomalarimiz,
Mazkur fan jahon madaniyati va sivilizatsiyasi, milliy madaniyat, ma’naviy-
ma’rifiy qadriyatlar haqida keng yoritishni o‘zoldiga asosiy maqsad qilib olgan.
O‘z navbatida demoqratik, xuquqiy, insonparvarlik jamiyatini barpo etishda
ulkan ahamiyat kasb etadi.
Har bir talabada madaniyat tushunchasi, uning nazariy asoslari to‘g‘risida
obektiv ma’lumotlar olishda bu seminar ishlanmasi katta ahamiyatga ega.
Ushbu madaniyatshunoslik fanidan seminar mashg‘ulotlari uchun
tayyorlangan o‘quv-uslubiy qo‘llanma O‘zbekiston respublikasi Oliy va O‘rta
maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan 2011 yil 17sentyabr kuni tasdiqlangan
namunaviy o‘quv rejasi 2011 yil 8 kuni BD – 105 son bilan ro‘yhatga olingan
“Madaniyatshunoslik” fanidan namunaviy o‘quv dasturi asosida ishlangan.
Har bir amaliy mashg‘ulotga pishiq puhta tayyorgarlik ko‘rish
jarayonida talabalar darsliklardan tashqari Prezidentimiz I.A.Karimovning
asarlaridan, Respublika hukumati, Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan
muhim qonun, qaror va farmoyishlardan keng foydalanib borish tavsiya etiladi.
Ushbu qo‘llanma universitet talabalari va o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan
bo‘lib, "Madaniyatshunoslik" kursini o‘rganishda dastlabki harakatdir. Qo‘llanma
yuzasidan bildirilgan fikr va mulohazalar mualliflar tomonidan bajonidil e’tiborga
olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |