Veda
xudolari.
Vedalarda xudolar – osmon xudolari, quyosh xudolari, havo xudolari,
yer xudolari, ayol xudolar kabi xudolar toifasi haqida madhiyalar bayon etilgan.
Osmon xudolari.
Ular sirasiga Dyaus, Varuna, Indra kabi turli osmonlarni
boshqarib turuvchi xudolar kiradi. Biroq, Varuna keyinchalik suv va dengizlar
xudosiga aylanib ketgan.
Quyosh xudolari.
Rigvedada quyosh energiyasining turlicha namoyon bo’lishidan
besh xudo yuzaga kelganligi haqida so’z yuritilgan. Ularning eng qadimiysi Mitra
(«do’st») dir. Surya quyoshning yorqinroq namoyon bo’lgan ko’rinishidir. U
yunonlardagi Apollon kabi yetti ot biriktirilgan g’ildirakli aravalarda tasvirlangan.
Savitri esa quyoshning quvvat beruvchi kuchida namoyon bo’ladi. Pushan
muruvvatli hisoblanib, quyoshning mahsuldorlik faoliyatni o’zida namoyon qiladi.
Ularning yana biri Vishnu vedalarda zikr qilingan va keyinchalik unut bo’lib
ketgan xudolar orasida abadiy hisoblangan, hozirgi paytda butun Hindistonda
ulug’lanadi.
Yer xudolari.
Yer xudolarining eng ulug’i yerda quyoshning, havoda
chaqmoqning, yer ustida olovning mujassamlashuvi hisoblangan olov xudosi
Agnidir. Agni haqidagi afsonalar Hindistondan tashqarida vujudga kelgan.
23
Vedalarda hayot va o‘lim masalalari bo‘yicha fikr yuritiladi. Bu ta’limotga
ko‘ra jon doimo bo‘ladi va u kishi vafotidan keyin boshka tanaga o‘tadi.
Hindlarning Veda ta’limoti inson mutloq jon bilan qo‘shilishi, o‘z jonini
boshqara olmasligi, bu juda qiyin bo‘lishiga qaramay uning mumkinligi
to‘g‘risida fikr-mushohada yuritiladi. Ana shu ta’limot asosida yoga harakati
kelib chiqqan. Vedalarda Qadimgi Hindiston aholisining Varnalarga
(kastalarga) bo‘linishi hakida ham ta’limot bor. Shu ta’limot asosida Kadimgi
diniy e’tikod, Braxmanizm paydo bo‘lgan. Braxmanizm Kadimgi diniy
e’tikodlardan biri bo‘lib, mil. avv. IX-VIIIasrlarda vujudga kelgan. Bu
e’tikodga ko‘ra, Xudo Braxma olamni va odamni yaratgan deb hisoblagan.
Hind ruhoniylari braxmanlar deb atalganlar. Braxmanlarning ta’kidlashicha,
xudo odamlarni o‘z tanasining turli kismlaridan yaratgan. Xususan, xudo o‘z
og‘zidan braxmanlarni; ko‘llaridan kshatrilarni – jangchi, rojalarni; sonlaridan
vayshoklar - hunarmandlar, savdogarlar, dehkonlarni; loyga belangan
oyoklardan esa shudralar, ya’ni xizmatkorlarni yaratgan deb, ta’lim beriladi.
SHulardan keyin esa eng past toifa - hazar kilinadiganlar yaralgan. SHunday
kilib, braxmanlar ta’limotiga ko‘ra, xudo odamlarni turli toifalarga – kastalarga
bo‘lib, bola kaysi kastadan tug‘ilgan bo‘lsa, u umri bo‘yi o‘sha toifada kolishi
kerak bo‘lgan. Toifalarni aralashib ketishiga yo‘l ko‘yilmagan.
Mil. avv. VI asrda Hindistonda buddizm dini paydo bo‘ladi. Bu ta’limotning
asoschisi Gautama SHakyamuni. U shimoliy Hindistonda mil. avv. 566-476
yoki 563-473 yillari yashagan. Budda so‘zining sanskritcha (oliy bilimlarni
egallagan, hakikatga erishgan) ma’nosini beradi. Buddizm braxmanizmdagi
odamlarni kastalarga bo‘linishini koralab, jamiyatdagi barcha kishilar teng
bo‘lishini e’tirof etadi.
Buddizm ta’limoti to‘rt hakikatda o‘z ifodasini topgan:
1. Turmush azob-ukubatlardan iborat;
2. Azob-ukubatlar sababi – kishilarning istaklari va nafslaridir;
3. Azob-ukubatdan kutilish uchun kishilar o‘zlarining istak va nafslarini
tiyishlari kerak;
4. Azob-ukubatlardan halos bo‘lish uchun Budda kashf etgan koidalarga
amal kilishi kerak.
Buddizm ta’limoti asosida boshka odamlarga nisbatan yaxshi insoniy
munosabatda bo‘lish, boshka tirik mavjudodga nisbatan zo‘ravonlik
ishlatmaslik, ayniksa, o‘ldirishni ma’n etish g‘oyasi yotadi. Demak, inson
axlokida gumanizm asosiy o‘rin tutadi.
Mil. avv. III asrda podsho Ashoka tomonidan Buddizmni kabul kilinishi bilan u
davlat diniga aylandi. Buddizm dinining nodir bir tomoni bu, boshka dinlarga
nisbatan murosasozlik kilishdir. Eramizning I asrida Buddizm Markaziy Osiyo
orkali Xitoyga, Xitoydan Koreya, YAponiya, Mo‘g‘iliston va Tibetga tarkaladi.
Xindiston – birinchi jahon dini buddizm vatani bo‘lsada, Xindistonning o‘zida
induizm bilan ikkinchi darajada turadi. Bu ikki din ham «Veda» da aks ettirilgan
qadimgi tasavvurlardan kelib chiqqan. Xindlarning dunyoqarashi va barcha
tushunchalarini belgilovchi markaziy g‘oya, hind madaniyatining o‘ziga xos
xususiyati- dunyoda sodir bo‘luvchi benihoya uzliksiz harakat g‘oyasi hisoblanadi,
24
ya’ni dunyoning aylanishi na ibtido, na nihoya, na aniq maqsadga ega. Dunyoning
doimiy aylanishida qayta yangilanish va dunyoviy ilohiy ruh nishonasi-individual
ruh bo‘ladi. Ular doimo yangi moddiy ko‘rinishda vujudga keladi, buning uchun
inson tanasi bo‘lishi shart emas, ya’ni ruh jonivorlar, o‘simliklar tanasiga
joylashishi mumkin. Xindlar shu tariqa o‘z dunyo qarashidan nargi dunyo haqidagi
g‘oyani istisno qilganlar. Mutloq «dunyoviy qonun» borliq hukmdori Braxma-
olamning ob’ektiv ibtidosi. Ularni taqqoslaganda aniq xudolarning roli uncha katta
emas, faqat «dunyoviy qonun» tamoyillarini individuallashgan timsolidan
iboratdir. Xech kim, shuningdek xudo ham inson karmasini o‘zgartirishga qodir
emas. Karmaning sanskrit tilidan tarjimasi «faoliyat» (taqdir) ni bildiradi. Bu
tushunchaning mazmunini aniqlash murakkab. Karma insonning oldingi hayotidan
meros bo‘lib o‘tadi va hozirgi hayotining mazmuni va faoliyatida namoyon
bo‘ladi, u bo‘lg‘usi moddiy timsolning sifatini belgilaydi. Gunohlarni kechirish
haqida tazarru yoki ibodat bilan Karmani o‘zgartirish mumkin emas, U faqat
insonning axloqiy fe’l-atvorini belgilaydi. SHu bilan birga, har bir indus va buddist
uchun o‘z-o‘zini bilish va o‘zining kamolatiga etish, o‘z ruhiy holatini aniqlash,
o‘z karmasini toza saqlanishi haqida o‘ylash asosiy hisoblanadi. Bu Xindistondagi
dinlar hayotdan, faoliyatdan voz kechishga undaydi degani emas, balki ular
dunyoviy
tashvishlarga
befarq
bo‘lishga undaydi desa bo‘ladi. Xind
madaniyatining butun mazmunida zohir va botin, muaqqat va mangulik o‘rtasidagi
muvozanatni saqlash zarurati haqidagi fikr yotadi.
Xitoy Markaziy va SHarkiy Osiyodagi eng Kadimgi davlat. Xitoy sivilizatsiyasi
mil.avv. 3 ming yillik oxirida shakllandi. Xitoy tarixini tarixchi Sima Syan o‘z
"Tarixiy xotiralar" asarida sulolaviy davrlarga bo‘lgan. Kadimgi Xitoyda ko‘hna
Mesopatamiya
va
Misr
singari
kadimiy
o‘ziga
xos
madaniyat
yaratilgan.Xitoyliklar SHan sulolasi davrida (mil.avv. 2 minginchi yil
o‘rtalarida) ieroglif yozuvini yaratganlar. Bu yozuv bir necha o‘n ming belgi-
ierogliflardan iborat. Milodning I asrigacha bu ierogliflar hozirgi yozuv
ko‘rinishiga ega bo‘ldi. Xitoy madaniyatining o‘ziga xos farqli jihati shundaki,
qadimdan dinlardagi mistik ibtidoga axloqqa nisbatan ikkinchi darajada
qaralgan, madaniyatdagi belgilovchi g‘oya Osmon tasdiqlagan buyuk «axloqiy-
ijtimoiy-siyosiy tartib» bo‘lgan. Mil. avv. XII-VI asrlarda Xitoyda dunyoni
miflar orkali tasavvur kilishdan falsafiy mushohada kilishga o‘tiladi. Falsafa
o‘zining "oltin asr" deb nomlangan o‘sha davrning cho‘kkisiga chikadi. Falsafiy
karashlar ichida ikkitasi muhim ahamiyatga ega. Bulardan bittasi Konfutsiylik
bo‘lib, uning asoschisi Kun-szi edi. U mil. avv. 551 yilda zodagon oilada
tug‘ilgan bo‘lib, 15 yoshidan o‘zi mutoala kilib ma’lumot olgan. Uning
ta’limotida Kadimgi urf-odatlar va ularga to‘la rioya kilish muhim o‘rin tutadi.
Hammaning ularga amal kilishi jamiyatni halokatdan kutkarib, uni gullab-
yashnashiga olib keladi deb uktiriladi. Davlat to‘g‘risidagi ta’limotda "… agar
podsho hakikiy podsho o‘rnida bo‘lsa, fukarolar-fukaro o‘rnida, ota-ota, ona-ona
o‘rnida, bola-bola o‘rnida bo‘lsagina davlat gullab-yashnaydi" deyiladi. Agar
davlat o‘z nomiga munosib bo‘lsa, unda etarlicha ozik-ovkat, etarlicha ko‘shinlar
bo‘lishi va unga ishonch bo‘lishi zarurligi ko‘rsatiladi.
Konfutsiylik ta’limotida kuyidagi axlok normalari belgilanadi:
25
1. O‘zing orzu kilgan yutuklarga erishish uchun, boshkalarning ham shunga
etishi uchun ularga yordam ber; 2. O‘zingga makbul bo‘lmaganni, birovga
ravo ko‘rma. Konfutsiy mil. avv. 479 yili 72 yoshida vafot etgan. Uning
ta’limoti Xitoyda va uning tashkarisida hozirgacha ham mashhurdir. . Barcha
eng muhim narsalar har qanday sivilizatsiyaning «qiyofasini» belgilaydi- hayot
tamoyillarini, davlat va ijtimoiy tashkilot shakllarini, umum qabul qilgan
axloqiy me’yorlar va qadriyatlarning barchasi Xitoyda Konfutsiylik ta’sirida
shakllangan. Bejizga L.S. Vasilev Konfutsiylikni «xitoy sivilizatsiyasining
kvint essensiyasi (mohiyati)» deb atamaydi.«Osmon vakolati» yo‘nalishi
Konfutsiy tomonidan yangicha fikrda rivojlantirilib, unda ijtimoiy axloq asosiy
o‘rin tutadi va siyosiy madaniyatni belgilaydi. An’analarni hurmat qilish,
burchni jiddiy his qilish, axloqiy sifatning yuqoriligi, o‘zini jamiyat uchun
baxsh qilish, haqiqatni anglash uchun doimo urinish, ishonch va olijanoblik
kabi ideallar boshqalarni boshqarishni istaganlar uchun mo‘ljal bo‘lgan. Bu
ideallar davlatning bosh tayanchi bo‘lib, Xitoy imperiyasi to‘ralari uchun
namuna bo‘ldi
Ikkinchisi, Daosizm ta’limoti, uning asoschisi – Lao Szi bo‘lib, uning taxallusi
"Dono kariya" bo‘lgan. Daosizm ta’limotining markazida tabiat, kosmos, inson
turadi. Dao – ko‘rinishlarga ega bo‘lmagan tanasiz, absolyut kuch. Dao hamma
narsalarni, shu jumladan dunyoni yaratgan. Dao bo‘yicha dunyo doim
harakatda, o‘zgarishda va rivojlanishda bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |