81
Leonardo da Vinchi
.
Florensiyalik Leonardo da Vinchi (1452-1519-yillar)
Italiyadagi uyg‘onish davri madaniyatining eng buyuk arbobi edi. U yoshligidan
yaxshi bilim oldi. U buyuk olim, iste’dodli haykaltarosh me’mor, muhandis, shoir
va rassom bo‘lib yetishdi.
1482-1490-yillari, eng unumli davrini u Milanda o‘tkazdi.
Uning lo-yihasi
bilan Milan shahrini ichimlik suvi bilan ta’minlaydigan katta ka-nal qurildi.
Leonardo da Vinchi 1499-yilda Milandan Venetsiyaga va 1503-yilda
Florensiyaga qaytdi. Bu yerda u kanallar, uchar apparatlar loyihalarini chizdi.
Olim, shuningdek, anotomiya, geologiya, gidravlika va mexanika sohalarida ilmiy
tadqiqotlar olib bordi. «Monna Liza» («Djokonda») surati Leonardo da Vinchini butun
dunyoga tanitdi. «Monna Liza» – yosh ayol portreti, hozirgi kunga qadar san’atning shu
sohasidagi eng mashhur asaridir. Rassom bu suratda yosh ayolning tashqi
qiyofasinigina emas, balki uning ichki dunyosini, kechinmalarini va kayfiyatini ajoyib,
sirli tarzda aks ettirib bergan. Asarda ma’naviy va jismoniy go‘zallik, xususiylik va
umuminso-niylik vobastaligi, o‘zaro muvofiqlashuv mahorat bilan tasvirlangan.
Uning 500 yil muqaddam yaratilganiga qaramasdan, tasvirdagi timsol yuzasidan
bahslar davom etmoqda. Ayrim mutaxassislar rassom asarida o‘zini tasvirlaganini
qayd etadilar. Tasviriy san’atda ma’lum soniyadagi, aniq bir holat tasvirlanadi.
Ammo Leonardo da Vinchi asarining o‘ziga xosligi, hayratlanarli jihati shundaki,
tomoshabinda
ayolning yuzidagi tabassum, uning nigohi har daqiqada o‘zgarib
turibdi, degan fikr paydo bo‘ladi. Leonardo da Vinchi ijodi shunisi bilan
qimmatliki, u ijodda o‘zini si-novchi, tajribachi sifatida namoyon qiladi. Ijod
san’atkor uchun cheksiz izlanishlar yangidan yangi muammolar yechimini
qidirishidan iborat edi. Tasvirdagi soyalar, ranglar hamohangligi, hatto bo‘yoqlar
tarkibi beti-nim kuzatishlar, tajribalar, sinovlar natijasida yuzaga kelardi. Odamlar
holatlarining, yuz ko‘rinishlarining turli shakldagi chizmalari fikrimiz tasdig‘idir.
Har bir asarida musavvir qandaydir muammoning yechimini qidirar edi. Bu
yechimning topilishi asar ustidagi faoliyati davom etti-rishga bo‘lgan
qiziqishni
susaytirardi. Aynan shu xususiyat Leonardo da Vinchining olim va
mutafakkirligiga isbot bo‘la oladi. Alloma o‘ziga xos tafakkur tizimini ishlab chiqdiki,
natijada uning qator ilg‘or g‘oyalari (sa-molyot, vertolyot loyihalari) keyingi, yangi
davrlarda XIX-XX asrlarda ro‘yobga chiqdi. Leonardo da Vinchi 1519-yil 2-
mayda vafot etdi. Aytishlaricha, u o‘limi arafasida yonida bo‘lgan Fransiya qiroli
Fransisk I ga odamlar uchun juda kam xizmat qilganligini aytib, uzr so‘ragan.
Uyg‘onish davrining buyuk arboblaridan biri haykaltarosh, rassom, me’mor, harbiy
muhandis va shoir Mikelanjelo Buanarotti (1475-1564-yillar) edi.
Mashhur rassomning Vatikandagi Sikstin kapellasidagi suratlari soni 700 ga
yaqin bo‘lib, u uzunligi 40, eni 13 va balandligi 20 metrli xonada chizilgan.
Mikelanjelo 4 yil davomida mashaqqatli mehnat qilib, 1512-yil kapella
freskalarini tantanali ochishga tayyorlaydi. Uning haykaltarosh sifatida yaratgan
eng buyuk ishlaridan biri g‘oyat katta marmar toshga Dovud haykali edi.
Marmartoshdan qilingan haykalning balandligi 5,5 metr bo‘lib,
zamondoshlari uni
«gigant» deb atashadi. Mikelanjelo bu hay-kalda dahshatli bir mahluqni yakkama-
yakka jangga tosh bilan urib o‘ldir-gan afsonaviy cho‘pon (bolani) yigitni tasvirlagan.
Florensiyaning marka-ziy maydoniga o‘rnatilgan David haykali o‘sha vaqtdan
82
buyon shahar-ning homiysi hisoblanib kelinadi. Umrining oxirida Mikelanjelo
me’morchilik bilan shug‘ullanadi. Rimda Pyotr soborining juda katta gumbazi
loyihasini tuzgan, u avliyo Pyotr Sobori qurilishini nihoyasiga yetkazadi. Sobor
uyg‘onish davrining eng katta na-munasidir. Gumbazning balandligi 132 metr, uni
ustunlar ko‘tarib turgan. Italiyaning buyuk rassomlaridan biri Rafael Santi (1483-
1520-yillar) edi. U o‘zining qisqa,
lekin mazmunli umrida insonni, uning go‘zal
qal-bini, aql-zakovatini, olijanobligini tasvirlashga intildi. Rafael Santi kichkina
Urbino gersogligida saroy rassomi oilasida tug‘ildi. U 1504-yili Florensiyaga keladi.
Shu yerda u o‘zining qator mash-hur suratlarini-«Madonna»larini chizdi. Oradan 4 yil
o‘tib Rafael Santi Rim-ga boradi. Rassom Rim papasi Yuliy II ning buyurtmasiga
binoan uning saroyi-dagi dam oladigan xonalarni bezashga tushdi. Vatikanda
ishlash bilan birga u qator tasviriy asarlar, portretlar chizdi.
Do'stlaringiz bilan baham: