A.Aliqulov, A.Agaxanyan,
Z.Gulmetov.
“Amir Temur jahon tarixida”.
2001 yil. Lavha.
A.Aliqulov,
A.Agaxanyan,
Z.Gulmetovlarning kasb mahora-
ti tarixiy asar yaratish jarayonida
to‘la namoyon bo‘ldi. Voqealarni
jipslashtira olish rassomlarning
kasb mahoratlarida ko‘rindi.
Yirik
san’atshunos
olim
N.N.Volkovning ta’biri bilan
aytganda, “Quyi
dagi shartlarga
javob beradigan yaxlitlik qismlarining tarkibi va joylashuvini umu
miy ma’noda
kompozitsiya deb atash mumkin:
butunlikka zarar yetkazmasdan biror qismini ajratib olib bo‘lmaydi;
butunlikka zarar yetkazmasdan qismlar o‘rnini almashtirib bo‘lmaydi;
birorta yangi elementni kompozitsiyani buzmasdan qo‘shib bo‘lmaydi”
117
.
B
u ta’rif o‘zbek tasviriy san’at ustalarining har qanday badiiy asarlari
ga va hatto
Sa’dullo Abdullayevning “Boburiylar Hindistonda” triptix
-kartinasi
ga o‘xshash
nisbatan mustaqilligini saqlab qolgan qismlargacha tegishli.
“O‘zbek Uyg‘onish davri”
kartinasi
118
.
Rassom S.Abdullayev ijodini tadqiq qilib
ta’
kidlash joizki, uning ijodi XX asrning 90-
yillarida to‘la ma’no
da shakllandi va
rivojlandi. S.Abdullayev yoshligida Samarqand shahridagi yarim xarobaga aylangan
Bibixonim arxitektura ansamblini tasvirlovchi etyud ishlagan edi. Ispan elchisi Rui
Gonsales de Klavixo o‘z kundaligida Samarqand shahrini qu
yidagicha tasvirlaydi:
“Samarqand shahri tekislikda joy
lashgan va tuproq uyumlari hamda juda chuqur
xandoqlar bilan o‘ralgan.
U shahar devori ichida joylashgan Sevilya shahridan biroz
kattaroq, shahar atro
fida juda ko‘plab uy
lar qurilgan, ular shaharni turli tomondan
o‘rab turadi. Butun shahar bog‘ va uzumzorlar bilan o‘ralgan, ba’zi joylarda ular bir
yarim, boshqa joylarda
ikki ligaga cho‘zilib ketgan. Bu shahardan tashqari bog‘lar ora
-
siga katta va ko‘rimli bi
nolar quril
gan, u yerda janobning o‘zining ham sa
royi bor.
Shahar atrofidagi bog‘lar va uzumzorlar shunchalik ko‘pki, unga yaqin
lashayotganda
go‘yo baland d
araxt
lar o‘sgan o‘rmonga yaqinlashayotgandek tuyuladi, sha
harning
o‘zi esa ularning o‘r
tasida joylash
gan”
119
.
S.Abdullayev o‘zinining “O‘zbek uyg‘onish davri” asarida bu o‘rta asrlar noyob
yodgorligi obrazini va uning fonida Amir Temurni a’yonlari b
ilan birga tasvirladi.
“O‘zbek Uyg‘onish davri” kartinasida Amir Temur olimlar, faylasuf
lar, tarixchilar,
me’morlar, rassomlar, hunarmandlar ustalar qurshovida tas
virlangan, ularni u erkin
ijod qilishlari, o‘z g‘oyalari kuchi va hokimiyatini
ifoda
lashi uchun yig‘gan edi.
117
Волков Н.Н. Композиция в живописи. –
М.: «Искусство», 1977. с. 20.
118
Маматов У. Эпоха Амира Темура и темуридов, в произведениях С.Абдуллаева и Дж.Умарбекова.
Do'stlaringiz bilan baham: |