Aniq reja asosida o‘tkaziladigan madaniy
tadbirlaming deyarli
ko‘pchiligida inssenirovkadan foydalaniladi. Chunki, madaniy tad
bir uchun alohida pyesa yozilmaydi. 0 ‘tkaziladigan tadbirlaming
mavzusi, g ‘oyasiga mos adabiy asarlar tanlanib,
inssenirovka qili-
nadi va tadbiming kerakli joyida qoilaniladi. Ssenariyda sujet va
kompozitsiya masalasi tadbirni tashkil etishning muhim aspektlari-
dan hisoblanadi. Inssenirovka qilingan
barcha asarlami madaniy
tadbirlarda o ‘rinli qo‘llash tadbiming saviyasini oshirishga xiz
mat qiladi. Shuning uchun ham tadbimi yaxlitligicha tahlil qilish
maqsadga muvofiqdir. Ssenariyga kiritilgan kuy qo‘shiq, raqs, dra
matik asarlardan parchalar, inssenirovkalar tadbiming salmog‘ini
oshiradi.
Juda ko‘p holatlarda tadbir tashkilotchilari
tomonidan ssenariyni
boyitish uchun sahna ko‘rinishilarini tayyorlash maqsadida kichik
hajmdagi sahna ko‘rinishlarini yozadilar. Bunga institutda o‘tkazilgan
“Ota-onalar” kunigabag‘ishlangan tadbir uchun tayyorlangan
“Qush
uyasida ко ‘rganini qiladi”
yoki
"Tarbiya oiladan boshlanadi”
deb
nomlangan sahna ko‘rinishini misol tariqasida keltirib o ‘tishimiz
mumkin.
Tun. Ota uxlay olmay sahnaning old tomoniga keladi.
Ota: Bu bola qayerlarda yurgan ekan-a? Vaqt ham allamahal bo‘lib
qolgan boisa...
Borib chiroqni yoqadi.
(Ichkaridan)
Ona: Ey, uxlaysizmi o ‘zi yo‘qmi?
Ota:
Sening arzanda, erkatoy o ‘g ‘ling hali ham uyga kelgani yo‘q!
Ona: E...! Yotib uxlasangiz-chi, yosh bola emas-ku?
Ota: Yo-tavba! Qanaqa onasan o ‘zi? Bu holatda senga qanday
uyqu kelyapti, hayronman.
Ona:
(baqirib)
Chiroqni o ‘chirasizmi yo‘qmi?
Ota: 0 ‘chirmayman!
(Uyoqdan buyoqqa bezovtalanibyura bosh-
laydi).
Hammasiga sen aybdorsan. Bolani erkalayverib,
uni yonini
olaverib, tarbiyasini rasvo qilding.
(Ichkaridan ona chiqib keladi)
Ona: Nimalar deb valdirayapsiz? Yarim kechdayam tinchlik yo’q.
Kirib uxlasangiz-chi!
49
Ota: Senga hayronman xotin, ko’zinga uyqu qanday keladi-ya?
Soat ikki bo’ldi, haliyam o ’g ’lingdan darak yo’q. Havotir ham ol-
maysan-a, qoyil-e senga...
Ona: Nima og’lingiz yosh bolamidi?
Keladi-da, do’stlari bilan
yurgandir.
Ota: 0 ‘zi o’g’limizni shunaqa qilib yurishiga sen aybdorsan. Nima
desa aytganini qilding, aytgan narsalarini
hammasini oberding, qan-
cha pul so‘rasa berding. ”Nega?”, “Nima uchun” demading... Sen
bergan pullar uni taltaytirib yubordi.
Ona: Ha, erkak bo’lib siz bermaganingizdan keyin beramanda pul.
O’sha men topgan pullami orqasidan siz ham gerdayib yuribsiz, shuni
esingizdan chiqarmang.
Ota: Ey, minnat qilma! Men ham o ’zimga yarasha pul topganman.
Ona: Ha, ko‘ryapman... qancha pul topganingizni... Muallimlik
qilib qanchayam pul topardingiz.
Ota:Sen ko’p puling bilan menga maqtanma... 0 ‘zi
senga nima
yetmaydi, men topgan pul bilan ham yashasak bo’lardi-ku, xotin. Shu
pullarni chet elma-chet el, joningni hovuchlab yurmasdan, o‘zimizda,
shu yerlardayam topsa bo‘ladi-ku?
Ona:Men siz bir oyda topadigan pulingizni bir soatda topyapman.
Ota: O ’sha pullar bir kun boshingga yetadi seni.
Ona: O ’sha pullar bo’lmaganida siz hattoki ustingizdagi manavi
kiyimlamiyam ololmagan bo’lar edingiz.
Ota: Kerakmas kiyimlaring! 01!...
(yechib tashlaydi).
Ona: Yeching, yechavering...
Men obergan hamma kiyimlami
yechingchi, ustingizda bittayam kiyim qolmaydi.
Ota: Haddingdan oshma!
Do'stlaringiz bilan baham: