Madaniyat instituti vahobjon rustamov ssenariynavislik mahorati



Download 4,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/146
Sana02.02.2022
Hajmi4,74 Mb.
#425978
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   146
Fon Kaufman:
Juda yaxshi!.. Qimmatbaho buyumlarga nazoratni 
yanada kuchaytiring! Endi o ‘zingizga kelsak... siz bugundan boshlab 
mening faxriy va maxfiy maslahatchilarimdansiz. Siz bunga loyiqsizL.
Adyutant:
Hamisha xizmatingizga tayyorman.
Fon Kaufman:
0 ‘zingizni ko‘rsatadigan vaqt keldi. Mana, 
Farg‘ona generali gubemator Skoblevni olaylik. “To‘kilgan har bir 
rus qoni uchun, 0 ‘rta Osiyoliklaming qonini daryodek oqizaman”, - 
deydi. Qanday zo‘r gap. Ana mardlik, ana fidoyilik. Siz 0 ‘rta Osiyo- 
liklami tag-tomiri bilan yo‘q qilish, yoki umrbod o‘zimizga umrbod 
mardikor qilib olish uchun qanday takliflami bera olasiz?
45


Adyutant:
Ularda o ‘q-yaroq, qurol-aslahalar deyarli yo‘q, shuning 
uchun qirib tashlay qolish kerak!
Fon Kaufman:
Ulari qirib tashlasak, bizlarga kim xizmat qiladi? 
Yo‘q! Do‘stimiz Skoblev aytganidek, millatni yo‘q qilish uchun uni 
qirish shart emas, uning madaniyatini, san’atini, tilini yo‘q qilsang 
bas, tez orada o ‘zi adoyi tamom bo‘ladi. Tushunarlimi?
Adyutant:
Xuddi shunday, o‘rtoq general!
Fon Kaufman:
Undan tashqari, 0 ‘rta Osiyoliklarga iloji boricha, 
mumkin qadar ko‘proq paxta ektirish, dehqonchilik qildirish, ulami 
tinimsiz ishlashga majbur qilishimiz lozim, toki bu xalqning boshqa 
narsalami o ‘ylashga, siyosiy voqealami anglab yetishga bir zum ham 
vaqti, xohishi qolmasin. Tushunarlimi?
Adyutant:
Tushunarli.
Fon Kaufman:
Ha aytganday, bugun juma, men machitga chiqi- 
shim kerak.
Adyutant:
Nima? Machitga?
Fon Kaufman:
Ha, machitga! Men bugun atayin juma nomoziga 
boraman, nomoz o ‘qiganday bo‘laman, shu tariqa xalqning ichiga ki- 
raman, ulaming ishonchini qozonaman. Shunda barcha rejalashtiril- 
gan niyatlarimizni osonlikcha amalga oshiramiz. Tushunarlimi?
Adyutant:
Xuddi shunday, o‘rtoq general!
Fon Kaufman:
Unday bo‘Isa ketdik!
Boshlovchilar kirib ular orqasidan tikilib qarab qoladilar va
tomoshabinga yuzlanadilar.
lboshlovchi:
Ha, g ‘animlar bizning o ‘lkamizni bosib olish uchun 
nimalar qilmadilar. Ajdodlarimizning ozod yurt uchun kurashlari 
natijasida bundayin g ‘alamisliklar barham topdi.
lboshlovchi:
Ha, azizlar, mustaqillikning qadriga yetaylik. Mus- 
taqillik sharofati bilan barcha ne’matlarimiz xalqimizning, ya’ni o‘z 
egalari qo‘liga qaytdi.
lboshlovchi:
Bugun tan olishdi yuzlarcha davlat 
Dunyoda o ‘ming bor yarashiq savlat, 
K o‘rolmaganlaring qilsa malomat 
Sen yashna gul bo‘lib, hur 0 ‘zbekiston!
(H.Malikovaning “Istiqlol muborak” sh e ’ridan olingan.)
46


Ushbu tadbirdagi matnlar tarixchilarimizning ilmiy adabiyot- 
larda keltirilgan faktik, hujjatli manbalaridan olingan b o iib , ular 
badiiylashtirishgan holatda berilgan. Masalan, Fon Kaufman “om- 
mani ishonchini qozonish uchun machitlarga borib, o‘zini nomoz 
o ‘qiyotgan qilib ko‘rsatgan”, degan oddiy matnda berilgan so‘zlari 
qahramonning tiliga ko‘chirilgan.
Madaniy tadbirlarda yana bir narsani hisobga olish kerakki, unda 
uzundan-uzoq so‘z, matn tomoshabinni toliqtirib qo‘yishi mumkin. 
Mavzuga mos qisqa, lo‘nda, tadbir mavzusi, g‘oyasini ochib berish- 
ga xizmat qila oladigan manbalardan to‘g ‘ri foydalanish maqsadga 
muvofiqdir. Chunki, bunday tadbirlarda san’atning barcha turlaridan 
mohirona foydalanishga erishish lozim. Aytmoqchimizki, yuqorida 
keltirilgan namunalardan oldin va keyin turli musiqiy, raqs va boshqa 
nomerlar ham qoilanilishi mumkin.
Yana bir tadbir uchun tayyorlangan inssenirovkani misol tariqa- 
sida keltiramiz.
(Sahnada Forslar shohi Kir va uning vazirlaridan biri)
Kir:
Bizlar qudratli davlat tuzamiz. Buning uchun barcha qo‘shinu- 
lashkarlarimizni jang uchun tayyorlamoq lozim. Mana bizlar uchun 
eng xavfli Midiya, Lidiya,va Bobilni bosib olib, yanchib tashladik. 
Endi navbat 0 ‘rta Osiyoga! Ammo, bu mamlakatni bosib olishga 
ko‘p kuch sarflamasak ham boiadi.
lazir:
Hukmdorim, lashkarlarimiz Parfiya, Margiyona va Baqtriyani 
ham egalladilar. Lashkarlarimiz ulami beshavqat qirib tashlamoqdalar.
Kir:
Biz hali o ‘zimizni ko‘rsatamiz. Butun 0 ‘rta Osiyo hali menga 
bo‘ysinadi. Ha, menga bo‘ysinadi!
Tashqaridan chopar yugurib keladi.
Chopar:
Hukmdorim, bir qoshiq qonimdan keching. Sizga mak- 
tub berib yuborishibdi.
A7r; Maktub? Qanaqa maktub?
Chopar:
Qandaydir To‘marisdan.
Kir:
To‘maris?
Vazir:
Massagetlar yurtining malikasi-ku.
Kir:
Ayol kishi? Menga ishqiy maktub yozgan boim asin? (ku- 
ladi). Qani, o ‘qi-chi.
47


Chopar: (o'qiydi)
Forslar shohi! Qayt bu fikringdan! Borib o‘z 
saltanating gashtini sur, bizning yurtimiz havasini qilmay qo‘yaqo(! 
Yaxshilikcha qaytib ketinglar, aks holda...
Kir:
Voy, ablah-ey! Men senlarga ko‘rsatib qo‘yaman. Qani, lash- 
karlami yig‘ing, jangchilami to‘plang. U ayolni o ‘z qo‘lim bilan tutib, 
o ‘ldiraman! Qani, ketdik!
(Sahnaga To ‘maris va lashkarboshi chiqib kelishadi)
Lashkarboshi:
Malikam, baxt bizlar tomon kulib boqdi, ammo bu 
jang barcha janglardan ham dahshatliroq bo‘ldi. Avval har ikki dush- 
man kuchlar bir-birlariga qarshi jangovar saf tizishib, kamonlardan 
o ‘qlami yog‘dirdilar. 0 ‘qlari tugagach, qo‘llarida xanjaru nayzalar 
bilan dushmanga qarshi olishdilar. Jang uzoq davom etdi. Jangda 
Kiming o ‘zi ham halok bo‘ldi.
To'maris: Hech
kimga o ‘z yurtimizni toptashga yo ‘l 
qo‘ymaymiz. Buyrug‘imni tinglang! Fors shohining jasadini 
topib, uning boshini qon to ‘ldirilgan meshga tiqing! Zero, qonga 
tashnaligi qonsin!
Lashkarboshi:
Bosh ustiga!
To ‘maris:
Momo To‘marisman - sizga intilgan,
Vatan ozodligin muqaddas bilgan.
Qahrimdan titroq bosqinchi g ‘anim,
Istadim, mangu hur b o isin Vatan.
Ayol boshim bilan saqlab orimni,
Yurtga fido qildim dilda borimni!
(Lashkarboshiga yuzlanib)
Vaqtimizni behuda ishlarga emas, 
hayrli ishlarga sarflaylik. Qani, ketdik!
(Chiqib ketishadi).
Bunday misollami ko‘plab keltirish mumkin. Bir so‘z bilan ayt- 
ganda, inssenirovka usulidan foydalanish madaniy tadbirlar tashki- 
lotchisiga o‘zi xohlagan mavzuga murojat qilishiga imkoniyat beradi. 
Ammo har qanday holatlarda, har qanday ijodiy ishlarda o‘zgartirish 
va yangiliklar kiritishda mualliflik huquqlari m e’yorlari va drama- 
turgiya qonuniyatlariga rioya qilinishi sharti5.

Download 4,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish