Bangilar qo ‘shig‘i.
« 0 ‘g‘rilikjinoyat
Ta’ma, kufur, qabohat,
0 ‘zgalar haqqin yemak,
Jaholatdir, jaholat»
Dono so'zlar ko‘p juda
Quloq q
omatga
kelar,
Hech kim qayg‘urmas nega,
Bangi holi ne bo‘lar.
Puldan cho‘z qilib himmat,
So‘ng qilarsan nasihat.
Dunyo palid notovon
A w al nasha so‘ng iymon.
Maslak nima bilmaymiz
Elni ko‘zga ilmaymiz,
Oxirat deb vaysam a,
Pinagimiz buzmaymiz.
Hayot palit notovon,
Avval nasha, so‘ng iymon.
Yuqorida ta’riflangan holat,ya’ni, nashavandlar ahvolini ifodala-
gan “Bangilar qo‘shig‘i”
voqeaning boshlang‘ich qismi b o ‘lib, pro-
logdir.
112
В)
Tugun
(voqeada tub burilish yasaydigan jarayon (payt,
vaqt, holat va h.k). Tugun har qanday dramatik asarda “endi nima
bo‘larkan?” degan savolni tug‘diradi. Masalan, aytaylik, Said Ah-
madning “Kelinlar qo‘zg‘oloni” asaridagi eng kichik kelin Nigora-
ning eski uy an’analariga xilof bo‘lgan holda yarim yalang‘och holda
(Farmonbibining ta’biricha) sport kiyimida hovlida paydo bo‘lishi bu
oila uchun judayam notanish holat. Hovlida paydo bo‘lgan Farmon-
bibinmg farzandlari va kelinlari “Endi nima bo‘larkan” deb hayron
bo‘lishib, voqea davomini kutishadi. Yoki, Erkin Vohidovning “Oltin
devor” asarida devomi buzilishi va oltinning topilishi ham tugun hi-
soblanadi.
“To‘da” asarida
tugun
Samandarning nashadan voz kechishga
bo‘lgan birinchi harakatida namoyon bo‘ladi:
SUHROB
-
(Samandarga yaqinlashadi).
Ha, bugun shashting
bo‘lakcha, shumshayib chetda turibsan?
SAMANDAR - Yuragimga qil sig‘mayapti.....
SUHROB
- Qaqshayapsanmi? Tashvishlanma og‘ayni, hozir
davolaymiz,
tozasidan
bor,
ko‘ngling
nimani
tusayapti? Hidlaysanmi yoki papirosga o‘raysanmi?
Balki birato‘la igna urarsan?
SAMANDAR - Dod solgim, o ‘kirib-o‘kirib yig'lagim kelyapti...
SUHROB
- Yorilsang-chi, nima bo id i?
113
SAMANDAR - Dahshatli tush ko‘rdim, bosinqiradim
Tushimda kimsasiz joy da yuribman,
Qo‘rquvdan qaltirab, qaqshab turibman.
Yer qa’ridan chiqib, sassiq issiq bug1,
Vujudim kuydirdi bamisoli cho‘g ‘.
Birdan ko‘tarildi quturgan bo‘ron,
Avval chang-to‘zonni uchirib har yon,
So‘ngra tog‘lami ayladi yakson.
Feruza osmonni qopladi g‘ubor,
Quyosh ham qoraydi bo‘ldi xor-u-zor.
Badbo‘y hid taratib qiynadi zamin,
Go‘yo totdim achchiq ajalning ta’min,
Ko‘zlarimdan.oqdi alamli ko‘z yosh,
Dod solib yiqildim berolmay bardosh.
Qarasam egnimda irigan kafan,
0 ‘mimdan qo‘zg‘oldim, shu on, dafatan,
Bir go‘dak ko‘zimga termulib nogoh,
Og‘riqdan bo‘kirib uyg‘onib ketdim ...
SUXROB
- G‘anim nelar demaydi, tushga nelar kirmaydi.
Lirikani tugat.. .Zuli, o ‘zinga kelib qoldingmi?
Kalyuchkadan bitta ol.
IShprtsni oladi!
Mana tayyori,
boshlab ber.
SAMANDAR - Nega bo‘g‘zimga chang soldi go‘dak?
SUXROB
- Bo‘ldi-ye namuncha oh-voh qilasan... 0 ‘tgan safar
ko‘proq olgan eding, shunga qora xayol bo‘lgansan.
SAM ANDAR- Ko‘z
oldimda turibdi... Ana u, ana go‘dak...
Go‘dakning g ‘azab to‘la nigohi.
SUXROB
- Bas qil! Aljiramay yengingni shimarib ignani sanch!
Tez bo‘l!
SAMANDAR - Kerakmas.
SUXROB
- Kerak.
SAMANDAR - Men kerakmas dedim!
114
ASAD
- Yo qudratingdan, quyosh qayoqdan chiqdi? Birinchi
marta
doridanvozkechganingniko‘rib
turibman. Mayli nima ham derdik bizga ko‘proq qo-
ladi, to‘g‘rimi?
SAMANDAR - Go'dakning bo‘g‘zimga chang solishi, bangilikdan
qutilishga ishoramikan...
SUXROB
- Qo‘ysang-chi, ignaga o‘tirganni na xudosi va na
bandasi qutqara olmaydi.
SAMANDAR - Men, muhabbat qutqaradi deb eshitdim...
SUXROB
- Nima?! Cho‘pchagingni katta xolangga ayt. Nima
sen jinni bo‘lsang, boshqalami ham aqlidan ozgan deb
o ‘ylaysanmi?
SAMANDAR - Sizlar muhabbatga ishonmaysizlar, men esa
ishonaman.
ASAD
- Birodarlar, har xil bema’ni tush ko‘raverib,
qadrdonimizni miyasi suyulib qolibdi.
JAHON
- Saman birovni sevib qoldingmi-a?
OTASH
- Kim ekan, o‘sha hurliqo?
ABDU
- Parivashingizni biz ham taniymizmi?
ZULI
- Go‘zalmi?
ASAD
- Aza ochinglar birodarlar, Samandan ayrilib qoldik.
JAHON
- Kindigimiz bir bo ‘ Isa, erta-kech ayrilmasak, qayerda
ko‘raqolding qanjig‘ini.
OTASH
- Bosinqirab tushida ko‘rgan-da.
SAMANDAR - Yo‘q, o ‘ngimda, soy bo‘yida ko‘rishdik.
ZULI
- Ко ‘ rding-u, oshiq bo ‘ ldingmi?
SAM ANDAR- Yo‘q dastlab bir-birimizga so‘zsiz uzoq tikildik,
keyin tanishdik so‘ngra suhbatlashdik...
ASAD
- Xo ‘ sh-xo ‘ sh nimalar haqida chug ‘ urlashdinglar?
115
SAM ANDAR- K o‘p narsalar haqida. Alomat qiz ekan, umrim-
da eshitmagan gaplami aytdi. «Shunday zamonlar
bo‘ladi-ki unda yashaydigan odamlar KARAMLI,
mehrli, muhabbatli kishilardan iborat bo‘ladi».-dedi.
Hayotning mohiyati, yashashning ma’nosi ezgulikdir,
ezgulik pok, karamli insonlar hamma balo-qazolardan
qutqaradi»,-dedi.
SUXROB
- Karam nima degani ekan, so‘ramadingmi?
SAMANDAR - So‘radim.
ASAD
- Men bilaman karam nima ekanligini. Karam sho‘rva.
SAMANDAR - Karam, muhabbat, mumvvat, himmat degani ekan.
VAQQOS
- Tushunarsiz gaplami javrab rosa boshingni qotirib-
di-da.
SAM ANDAR- “Ezgulik, poklik, muhabbat giyohvandlikdan
qutqaradimi”-
deb
qiziqdim.
«Chin
muhabbat
qutqaradi, faqat sevish, sevilish, muhimi esa karamli
bo‘lish kerak»,-deydi.
ABDU
- Voy blin, qulog‘inga boplab
lag‘mon osibdi,
kim nima desa “lox” bo‘lib ishonib ketaverasanmi,
turshak. Muhabbatga ishonma, sevgi sarob, odamlarga
ishonma, inson zoti tuban ham qallob.
Shundan so‘ng voqelar shiddat bilan rivojlanib boradi
Do'stlaringiz bilan baham: |