Samandarga
) Sen kimlar uchun qayg‘urib kim-
larga achinyapsan?
SAMANDAR- 0 ‘zimga achinyapman, xolos.
SUXROB
- Bizlami quloqqacha gunohga botirganlarchi, ular
aybdor emasmi?
SAMANDAR- Hech kim oyoq qo‘limizdan ushlab, og‘zimizga
nasha tiqqan emas. 0 ‘z ixtiyorimiz bilan giyohvand
bo‘lganmiz. Odamlarda ayb yo‘q, ular mehrli,
muhabbatli, karamli...
SUXROB
- Yolg‘on aytyapsan. Maraz, sen
(Yigitlardan
birini ko'rsatib)
anavudan qanday qilib to‘damizga
qo‘shilib qolganini so‘rab ko‘r. Uning otasi vrach-
genekolog bo‘lgan, hozir savdogar. Horijga qatnab
olib-sotarlik qiladi. Kiyim-kechak, latta-puttaga
qo‘shib geroin olib kelib sotadi. 0 ‘sha dorini
chegaradan qanday qilib olib o‘tishini bilasanmi?
Geroin solingan kichkina polietilen qopchalami
balog‘atga yetmagan, hali turmush qurmagan qizini
bachadoniga joylab olib o ‘tadi... bu sho‘ring qurg‘ur
«Singlimni umrini xarob qilmang» degani uchun
boyvachcha otasi oq qilib uydan hay dab yuborgan...
(Asadni ko'rsatib)
Mana buni “masxaraboz” deb,
ustidan kulamiz, boyagina jilpanglama deb jerkidim,
so‘kdim, lekin bu bechorani boshidan nimalar
kechganini eshitganmisan? Onasi qazo qilib, besh
yoshli ukasi bilan yetim qolgan. To‘rt oy o ‘tmay
otasi boshqa ayolga uylandi...
105
ASAD
- Kerakmas, gapirma...
SUHROB
- Nega? Nima uchun gapirmasligim kerak? Aksincha,
sen bilan ukangni boshiga tushgan savdoni jar solib,
butun dunyoga eshittirish shart! Masxarabozning
otasi katta amaldor. Ertalabdan kechgacha ayshi-
ishrat, maishat, dabdabozlikdan bo‘shamaydi. 0 ‘gay
ona esa uyida bolalarining boshida tayoq sindiradi.
Bolalar o‘gay ona qilmishini otaga aytolmaydi,
qo‘rqishadi. Otasi esa bolalaridan «holing ne?» deb
so‘ramaydi. Masxaraboz-ku ba’zan kaltakdan qochib
qutilardi, lekin besh yoshli go‘dak-chi? Norasida bola
qayoqqa qochsin? Tim qora ko‘zlaridan shashqator
yosh oqizib, jajji qo‘llarini cho‘zib «onajon urmang»
deb zorlanayotgan bolaning ahvolini ko‘z oldingga
keltirib ko‘r, maraz.
ASAD
- Aslida ukam emas, men o ‘lishim kerak edi. Nega
o‘shanda o‘zim bilanbirga olib ketmadim, nega!...
SUXROB
- Norasida go‘dakni urib o ‘ldirgan ayol, yosh
qizaloqning qomida «dori» tashib, o ‘z pushti
kamaridan bo‘lgan farzandini jonli «konteynerga»
aylantirgan ota,
ular ham
muhabbatlimidi?
Bandalariga karamli bo‘l, ishni buyurgan Alloh nega
o‘gay onani isqirt qalbiga mehr-muruvvat bermadi.
Har narsani bilguvchi Alloh nega go‘daklar «oh-u
faryodini» eshitmadi?!
Asaming tarbiyaviy ta’siri shundaki, muallif Samandar obrazi
orqali, ya’ni ularning o ‘zlarining orasidan chiqqan yigitning bu
yo'lning oxiri nima bilan tugashini to‘g‘ri anglashi va bunga iroda-
sini bo‘ysindira olishi va bu illatga qarshi kurasha olishidir. Asarda
kim salbiy, kim ijobiy qahramon ekanligini darrov anglab olish mush-
kulroq. To‘g‘ri, nashavandlami “yaxshi” yoki “ijobiy” deyish qiyin.
Ammo, muallif ularning o ‘ziga xos bo‘lgan ijobiy tomonlarini ham
topishga harakat qilgan. Samandar ko‘rgan tush uning bu yo‘lning
106
xatarli ekanligini anglashiga yordam berganligi, Kamolaning da’vati,
iltimosi, sevgisi - bu yo‘ldan ketish kerakligini muallif juda ta’sirchan
ifodalagan.
Rejissorning asosiy vazifalardan biri shuki, u tomoshabinlardan
oldinroq yuradigan, unga nima yoqadi-yu, nima m a’qul kelmaydigan,
nima qilsa teatr ijodiy guruhining faoliyati yaxshilanadi, qanday asar-
lar teatr repertuaridan o‘rin olish kerak, degan savollarga albatta ja-
vobi boiishi kerak.
“To‘da” asarining muvaffaqiyatli chiqishi Nasrullo Qobilovning
sahnaning qonun-qoidalarini yaxshi bilishi, tomoshabinning dardini
tushunishi, dramaturgiya, aktyorlik va rejissorlik qobiliyatlarining
uyg‘unlashtira olishida bo‘lsa kerak, deb o ‘ylayman. Chunki, ustoz
Nasrullo Qobilov dramaturg sifatida o ‘zining aniq pozitsiyasini bel-
gilab bergan. Uning rejissorlik ishlarida ham, aktyorlikka o‘rgatish
jarayonlarida ham aniqlik, konkretlilik va har bir xatti-harakatga,
so‘zga talabchanlik uning ijodiga xos bo‘lgan xususiyatlardandir.
Yoshlar tarbiyasida, ularning bo‘sh vaqtlarini to‘g‘ri tashkil etish
da, ularni ijodkorlikka yo‘naltirishda, mutolaa madaniyatini shakllan-
tirish va boshqa ijobiy hislatlami jo qilishda sahna san’atining ahami-
yati katta ekanligini doimo nazarda tutishimiz kerak.
N. Qobilovning “To‘da” asari juda ko‘p teatrlar repertuarlaridan
o ‘rin olgan. Buning sababi bejiz emas. Hozirgi kunda terrorizm, jino-
yat va huququzarlikka qarshi kurash, diniy eksterimizm va ekologik
mavzular va h.k.lar -global mavzulardan hisoblanadi. Shular qatorida
giyohvandlikka qarshi kurash mavzusi ham o‘ziga xos keng ma’noda
olib qaraladigan tushunchalardandir.
Asarning mazmunini yanada kengroq tushuntirish uchun tahlil
qilib ko‘ramiz.
Sahnalashtirish san’atida rejissorlik tahlil qilishni mukammal
bilish juda ko‘p muhim masalalar yechimini topishga yordam beradi.
Tanlangan ijodiy mahsulotni, ya’ni, spektaklni “sahna”ga olib chiqish
uchun albatta tomoshaviylik, effektlilik, tarbiyaviy ahamiyatga ega
bo‘lgan jihatlami qollash lozim boiadi.
Tahlil to‘g ‘risida gap borganda, rejissorlik tahlil, xatti-harakat
tahlili, asar tahlili degan iboralarga duch kelamiz. Biz rejissorlik
107
tahlili haqida fikr yuritmoqchimiz. Chunki, rejissor dramaturgiya qo-
nun-qoidalarini mahorat bilan qo‘llay oladigan inson bo‘lishi kerak.
Rejissorlik tahlil qilinganda quyidagi savollarga javob berish
lozim bo‘ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |