27 U.X Qoraboyev. “Badiiy ommaviy tadbirlar”. Т., O ’qituvchi ,1986y., 36 bet.
109
Mazkur asar “Ey insonlar, ogoh bo‘ling, bu yo‘lning oxiri berk,
oldinga ham ortga ham chiqishning iloji bo‘lmay qoladi”, degan
da’vat bilan chiqadi. Chunki, bunday odamlar insoniylik xususiyat-
larini yo‘qotadilar. Bunday toifadagi odamlaming na jamiyatga, na
oilaga foydasi bor. Ular shu jamiyatdan ham, unda yashayotgan odam-
lardan ham norozi. Muallif bunday odamlami quyidagicha ta’riflaydi:
SUXROB
- Hech narsadan qo‘rqma. Sen aytgan narsalar
hech qachon bo‘lgan emas. Karam yo‘q, muruvvat
yolg‘on, ezgulik afsona, muhabbat sarob, na jin bor,
na jahannam bor. Joning uzulmay, tanang sovumay,
doridan ur, kayfingni sur, o‘ynab kul.
SAMANDAR - Xudo insonni bir umr baxt izlash azobi bilan
jazolagan bo‘Isa, bizni bir umr «dori» axtarib topish
azobi bilan jazolaganga o‘xshaydi. Yelib yuguramiz,
kimnidir aldab, kimnidir talab, harom-xarish yo‘l
bilan bir chimdim «zahar» topamiz. Talashib -
tortishib zahrimizga yutamiz, bor dunyoni unutib,
pinakka salom berib tushlar ko‘ramiz. 0 ‘zimizni
aldab, quloqqaeha balchiqqa botib yashayapmiz.
ASAD
- Birodarlar oramizdan ola chiqdi.
SUHROB
- Hoy, masxaraboz, qiyshanglama,. Muchaling itmi
deyman, nuqul dumingni likkillatib jilpanglaysan.
ASAD
- A’lo hazratlarimizni ko‘ngliga ozor yetkazibmizda,
uzr.
SUXROB
- Ovozingni o ‘chir!
ASAD
- Xo‘p bo‘ladi. Shu daqiqadan boshlab meni gung va
soqov bangi deb hisoblanglar.
SUXROB
- (
Samandarga
) Sen kimlar uchun qayg‘urib kimlarga
achinyapsan?
SAMANDAR - 0 ‘zimga achinyapman, xolos.
110
SUXROB
- Bizlami quloqqacha «gunohga» botirganlarchi, ular
aybdor emasmi?
SAMANDAR - Hech kim oyoq qo‘limizdan ushlab, og'zimizga
nasha tiqqan emas. 0 ‘z ixtiyorimiz bilan giyohvand
bo‘lganmiz. Odamlarda ayb yo‘q, ular mehrli,
muhabbatli, karamli...
Bu yerda Samandaming o ‘z aybini bo‘yniga olishi uning bu
qilayotgan ishlarining oqibatini anglay boshlaganligidadir.
Kamolani onasining nashavandlar haqidagi fikri quyidagicha:
ONA
- Kimga ko‘ngil qo‘yding, kimga, jon qizim?
Kimni etagidan tutmoqchi bo‘lding?
KAMOLA - Onajon o‘tinaman qiynamang ...
Ona
- Nahot g ‘ururingni unutding butkul,
Ojiz nashavandga qo‘ydingmi ko‘ngil?
U yigit tengingmas, Bangi notovon,
Qalbi majruh, tuban pastkash inson...
KAMOLA - Menga hozir achchiq dashnomlar emas,
To‘g ‘ri so‘z, samimiy maslahat kerak.
ONA
- Ogoh bo‘l, yutmasdan laxta-laxta qon,
Bui yo‘ldan qayt qizim, hali bor imkon.
Yosh joningni qilma, behuda xazon
Zor qaqshab bo‘lasan, qattiq pushaymon.
Janri:
Janr bu asarning turi (tusi)dir. Dramatik asarlaming asosi
pyesadir. Pyesa (fr.piese - butun yoki ulush, demakdir)- xilma-xil
sahna asarlarining umumiy nomidir. Janming to‘g ‘ri belgilanishi
sahnalashtiruvchi rejissorlar, tashkilotchilar, ijrochilar vazifasini aniq
belgilab olishlari, tomoshabinning asarning mazmun va mohiyatini
tezda tushunib olishiga yordam beradi.
Asarning kompozitsion tuzilishi.
“Kompozitsiya” haqida yuqorida
alohida mavzu berilgan. Har qanday asarning muvaffaqiyati uning
111
kompozitsion tuzilishining to‘g‘ri belgiianishiga ham bog‘liq boiadi.
“To‘da” asari ham kompozitsion jihatidan mohirona qurilgan asarlar-
dandir, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Prolog asarning kirish qismi bo‘lib, voqeaning nima haqida ekan-
ligiga avans beradi, ya’ni dastlabki tushuntirish beradigan debocha-
sidir.
“To‘da” asarida voqea quyidagicha boshlanadi:
Yalanglik. Tun. Oyning nurida tashlandiq masjidning butun qolgan
mehrobi ko‘rinib turibdi. Mehrob yonida bir yigit, yolg‘iz o ‘tiribdi.
Bangilar guruhining boshqa yigit, qizlarining ahvoli og‘ir, biri
ingraydi, biri alamidankuladi, boshqasi titrab-qaqshab dodlaydi...
Do'stlaringiz bilan baham: |