Kuchsiz nitrat kislotasini quyultirish. Xalq xo’jaligining bir qator saholarida va mudoafaa maqsadlarda nitrat kislotasining yuqori quyuqlikdagi eritmasini ishlatish bilan bog‘liqdir. Kuchsiz nitrat kislotasini suvdagi eritmasini bevosita bug‘latish yuli bilan, uning quyuqligini 60-65% gacha yetkazish mumkindir, amaliyotda undan oshirib bo‘lmaydi, chunki u tarkib 68,4% nitrat kislota va 31,6% suvdan iborat aziatrop tarkibiga juda yaqindir. Shuning uchun , kuchsiz azot kislotasiga 93-95% sulfat kislota eritmasi (kuporos moyi), magniy nitrat tuzining 72% eritmasi va boshqa o’ziga suv yutib oluvchi moddalar qo‘shib nitrat kislotani kuchini oshirish mumkindir, chunki sulfat kislotani qaynash harorati nitrat kislotanikiga qaraganda ancha yuqoridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |