Sanoatda nitrat kislataning quyidagi turlari ishlab chiqariladi. 1.Kuchsiz yoki suyuq holda; 1-nav -56 %li. 2-nav -47 %li. 3-nav -45 %li. 2.Kontsentrlangan. 1-nav -98 %li. 2-nav -97 %li. 3.Melanj (fransuzcha so`z bo`lib aralashma ma`nosini anglatadi) 89 % nitrat kislata.7,5 % sulfat kislatadan iborat. Ammiakdan nitrat kislata ishlab chiqarish yo`li uch bosqichdan iborat; 1.Havo kislarodi bilan ammiakni oksidlash; 2.Azot(2)-oksidini azot (IV)-oksidigacha oksidlash va azot (IV)-oksidini dimerlash; 3. Azot (IV)-oksidi va azot qo`sh oksidini suv bilan absorbtsiyalash bosqichlari. 4NH3+ 5O2= 4NO + 6H2O +904,8 kJ. 2NO + O2= 2NO2+112,96 kj. NO2 →t N2O4(dimeri) . 3NO2+ H2O = 2HNO3+ NO +71,46 kj
Do'stlaringiz bilan baham: |