Nitrat kislotani kontsentrlash ikki usul bilan amalga oshiriladi: 1. Suvni tortib oluvchi moddalar yordamida kontsentrlash; 2. Nitrat kislotaning to`g`ri sintezi. Birinchi usulda nitrat kislotani haydash (distillash) yo`li bilan kontsentrasiyasi oshiriladi. Ammo nitrat kislota suv bilan azeotrop aralashma hosil qilganligi sababli bu usulda amalda 65 % dan yuqori kontsentrasiyali kislota olib bo`lmaydi. Shuning uchun ham suvni tortib oluvchi moddalar: kontsentrlangan sulfat kislota yoki magniy nitrat tuzi aralashtirib haydash orqali kontsentrlanadi. Ammo bu usulda1 t. nitrat kislotani kontsentrlash uchun 3-4 t. H2SO4 sarflanadi.