Tanlangan texnologik sxema bayoni. Kontsentrlangan nitrat kislotasi olishning suyuq kislota olishdan asosiy farqi nitroza gazlaridan suyuq N2O4 ni ajratib olishdir. Qurilmaga havo korxona maydoni tashqarisidan keladigan tashqi quvur (1) orqali kiradi. Havoni mexanik va kimyoviy qo‘shimchalardan tozalash uchun elakli ko‘pikli yuvgich (2) va karton filtr (3) o‘rnatiladi. Ammiak mexanik qo‘shimchalar va moydan koksli filtr (5) va karton filtr (6) da tozalanadi. Havo, ammiak va qo‘shimcha kislorodni uzatish ammiak-havo ventilyatori (4) yordamida shunday hisobda amalga oshiriladiki, bunda gaz aralashmasi tarkibida 10-12% NH3 bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |