Qolgan ozroq qismi yuttirish minorasida -10°C gacha sovutilgan 88 %li nitrat kislotasida eritib olinadi (98 %li nitrat kislota NO2 ni o`zida yaxshi eritadi va nitrooleumga aylanadi. So`ngra u 75-80°C gacha qizdirilsa yana NO2 ni ajratib chiqaradi ) yuttirish minorasidan (8) oqib tushgan nitrooleum, avtoklavda hosil bo`lgan nitrooleum birgalikda oqartiruvchi kolonnaga yuboriladi, binobarin u tashqi tomonda bug` bilan qizdirilib turiladi. Unda bug`lanib chiqqan azot (IV) va qo`sh oksidlari sovutgichga (10) borib yana azot qo`sh oksidiga aylanadi. Oqargan 98 % li nitrat kislota esa tayyor maxsulot hisoblanadi. Uning bir qismi 5 va 8 minoralarni sug`orish uchun yuboriladi, qolgan qismi omborga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |