Sanoatda azot kislotasining kuchsiz eritmasini sulfat kislota bilan quyultirish barbotaj tarelkali ustunsimon minoralarda amalga oshirilida. Bu minoraning yuqorisidan chiqayotgan nitrat kislota bug‘lari suvli sovutgichlarida suyultirilib, 98%li nitrat kislotasi olinadi, 68%gacha suyulib qolgan sulfat kislota eritmasi denitratsiya jarayonidan keyin bug‘latilib, 92-93%li sulfat kislota olinadi va u qayta nitrat kislotani quyultirishda yopiq sikl ravishda ishlatiladi va bu jarayonda sulfat kislotani bir ozgina qismi parchalanib, yuqolishi mumkin. Kuchsiz nitsrat kislotani 72%li magniy nitrati bilan quyultirishda sulfat kislota qullashga qaraganda 30-40% kapital chiqimlar, kundalik chiqimlar ham kamayadi va tarkibida sulfat kislota umuman bo’lmagan nitrat kislota olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |