Ikkinchi bosqich.
Bu bosqichda b o 'g 'in la r tuzilishi bo 'y ich a bir-biriga
yaqin, am m o talaffuzi jihatidan bir-biridan uzoq bo 'lgan so 'zlar ustida
ish olib boriladi. M asalan: m aktab-paxta, bayroq-olm a, qoshiq-qovun,
oyna-soat, shaxm at-daftar, kitob-pichoq.
Bu va keyingi bosqichlarda olib boriladigan ish pred m etli rasmlarga,
yozm a ko'rinishlar, ko'chirish, ovoz bilan o'qish, nutqni akustik nazorat
qilishni tarbiyalashga tayangan holda olib boriladi.
271
Uchinchi bosqich.
Bu bosqichda b o ‘g ‘inlar tuzilishi b o'yicha bir-
biriga yaqin, lekin birinchi tovushi bilan farq qiladigan so‘zlar ustida ish
olib boriladi.
Masalan: kuz-tuz, rom -tom , sim -shim , lo m -to m , tish-qish, tush -
qush, b ahor-nahor, nafas-qafas va hokazo. B em orga so‘z tanlash taklif
etiladi. S o‘z tanlash predm etli rasm lar va ularning yozuv ko'rinishiga
tayangan holda olib boriladi.
T o ‘rtinchi bosqich.
Bu bosqichda talaffuz jih atd an bir-biriga yaqin,
shuningdek, bir-biriga qarshi oppozitsion so 'z la r ustida ish olib boriladi.
M asalan: soya-qoya, shahar-hashar, qalq on -talqo n, salom -kalom , zina-
sina, tut-sut, paxta-taxta va hokazo.
Akustiko-gnostik afaziyada tovushlar differensiatsiyasidagi qiyinchilik
nafaqat ularning jarangli va jarangsizlik belgilarida em as, balki boshqa
belgilarda ham kuzatiladi. B em orlar sirg'aluvchi va shovqinli, yum shoq
va qattiq, shuningdek, unlilarni akustik jih atd an bir-biriga yaqin bo'lg an
tovushlarni bir-biriga alm ashtirib yuboradilar.
M ashqlarni m ustahkam lash uchun turli ko'rinishdagi topshiriqlardan
foydalaniladi. Bular: so'zlarda, jum lalarda tushirib qoldirilgan harflarni
kerakli harflar bilan to'ldirish, jum lalarda tushirib qoldirilgan so'zlarni
topish, oppozitsion tovushli so 'zlar (soya-qoya, nafas-qafas, sim -shim )
bilan jum lalarni to'ldirish. Endi bu vazifalarni bajarishda rasm lardan
em as, balki kerakli so'zlardan foydalaniladi. M asalan, m atnni quyidagi
kerakli so'zlar bilan to'ldiring: tush-dush, sim — shim , kuz-tuz, pul-kul
va hokazo.
N ihoyat, tovushlarning belgilariga k o 'ra akustik differensiatsiyani
mustahkam lash, berilgan harflarga so'zlar tanlash orqali amalga oshiriladi.
Bunda bem or aw al m atnlardan kerakli so 'zlarn i tanlab oladi, so'ng
berilgan harfga so'zlarni terib chiqadi.
F o n em atik eshituvni tiklash ikki o ydan, bir, b ir yarim yilgacha
cho'zilishi m um kin.
"Transkortikal" sensor afaziya deb, yuritiladigan kasallikda bem orlar
so 'zlar m a’nosini tushunm agan holda ularni yaxshi takrorlaydilar, bu
nuqsonni tugatish uchun so'zning b o 'g 'in strukturasini maxsus ishlash
talab etiladi.
Ishning boshlang'ich bosqichida didaktik, leksik material tanlashga
alohida e ’tibor beriladi. Ishni bir bo'g'inli so'zlardan boshlash, keyin
k o 'p b o 'g 'in li so'zlarga o'tish zarur, albatta, rasm lar va ular yozuvlarga
tayaniladi. A sta-sekin bem or so'zni global idrok etishga em as, balki
bo'g'in larni his etishga, eshitib idrok etilgan b o 'g 'in n i ko'rsatish, urg'uli
b o 'g 'in n i ajratishga o'rganadi. So'zning b o 'g 'in strukturasi anglashilgach,
bir xil tovushli bo'g'inlari mavjud so'zlarga o 'tish m um kin: surm a, turm a,
qilm a, solma, horm a, va h.k.
Logoped ikkinchi b o 'g 'in umumiyligiga b em o r diqqatini qaratadi va
272
u ularni anch a chastotali sifatida qabul qila boshlaydi. Shu b o ‘g‘inda
kulcha, xum cha, olcha, bolg‘a kabi qofiyadosh aylanm a yo‘l bilan tovush,
fonematik belgilarni ilg‘ab olishga o'rgatiladi. U nda nutqni idrok etishdagi
akustik doimiyligi tiklanadi, so ‘zlar barq aro r m a’no kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |