M u n d a r I j a


II-BOB. TURIZM SOHASIGA JALB QILINGAN INVESTITSIYALARNING



Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/31
Sana08.02.2022
Hajmi1,04 Mb.
#436200
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   31
Bog'liq
turizmni rivojlantirishda investision dasturlarni qollash

II-BOB. TURIZM SOHASIGA JALB QILINGAN INVESTITSIYALARNING 
TARKIBI VA MOLIYAVIY MANBALARI 
2.1. Turizm sohasiiga jalb qilingan investitsiyalarning tarkibi 
Inqirozga qarshi choralar dasturini amalga oshirishda investitsiyalarni jalb 
etish, avvalo ichki manbalarni safarbar etish hisobidan iqtisodiyotimizning muhim 
tarmoqlarini jadal modernizatsiya qilish, tehnik va texnalogik qayta jihozlash, 
transport kommunikatsiyalarini yanada rivojlantirish va ishtimoy infratuzilma 
ob‘ektlarini bappo etish hal qiluvchi ustuvor yo‘nalishlarga aylanadi . 
Mamlakat milliy iqtisodiyotida investitsiyalarning texnologik tarkibini 
o‘rganishning ahamiyati shundaki, unda mamlakat miqyosida, korxona, firma va 
boshqa tashkilotlarda qurilish-montaj ishlariga, asbob-uskuna, transport vositalariga 
va boshqa kapital ishlar va xarajatlarga investitsiyalar holati aks ettiriladi va ular 
texnologik tarkibning asosiy bo‘g‘inlari sifatida xizmat qiladi.
Kapital mablag‘lar o‘zining texnologik tarkibiga ko‘ra quyidagi ish turlari va 
xarajatlardan tashkil topadi: 
-
qurilish ishlarining hamma turlari;
-
uskunalarni montaj qilish ishlari;
-
qurilish smetalarida ko‘zda tutilgan uskunalar, ya‘ni montaj talab qiladigan va 
talab qilmaydigan uskunalardir; 
-
qurilish smetasiga kiritilgan asboblar va inventarlar;
-
boshqa kapital ishlar va xarajatlar. 
Mashina, asbob-uskuna, transport vositalariga investitsiyalar deyilganda 
korxona va firmalarda mashinalar, ya‘ni har xil stanok, ishlab chiqaruvchi 
qurilmalarga, asbob-uskuna, ya‘ni mahsulot va xizmatlar yaratishda ishlatiladigan 
asbob-uskunalar va transport vositalari, yuk tashuvchi va odam tashuvchi transport 
vositalariga jalb etilgan investitsiyalar tushuniladi.
Boshqa kapital va xarajatlar tarkibiga kelgusi yillar qurilishi uchun loyiha-
qidiruv ishlar, qurilayotgan korxona va texnik kuzatuv ma‘lumotini ta‘minlash 
xarajatlari, neft, gaz va termal suvlarini ishlatish va chuqur qidiruv ishlari, qurilish 
smetasida ko‘zda tutilgan qurilayotgan korxonalarda ishlaydigan kadrlarni tayyorlash 


23 
xarajatlari, ishchilarni tashkiliy tanlash ishlari bo‘yicha xarajatlar, ilmiy-tadqiqot 
ishlari xarajatlari va boshqalar kiradi
9
.
O‘zbekistonda keyingi yillarda amalga oshirilayotgan keng qamrovli iqtisodiy 
islohotlar investitsiya jarayonlarining faollashuvini taqozo etmoqda. Iqtisodiyotda 
yangi tarmoq va sohalarning yo‘lga qo‘yilishi, mavjud ishlab chiqarish 
quvvatlarining kengaytirilishi, ish o‘rinlarining tashkil etilishi tobora ko‘proq 
mablag‘ va resurslarni jalb qilishni rag‘batlantirmoqda. Jumladan, 2009 yilda 
iqtisodiyotni rivojlantirish uchun barcha moliyaviy manbalar hisobidan 6,4 milliard 
AQSh dollari miqdorida investitsiya jalb etildi. Bu 2008 yil bilan taqqoslaganda, 28,3 
foizga ko‘p bo‘lib, yalpi ichki mahsulotga nisbatan investitsiyalar hajmi 23 foizni 
tashkil etdi
10
.
2.1-jadvalda turizm sohasiga jalb qilingan investitsiyalarning texnologik tarkibi 
to‘g‘risidagi ma‘lumotlar keltirilgan

J
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, agar 2005 yilda 
jami investitsiyalar 46,4 foizi qurilish - mantaj ishlariga, 46,4 % uskuna va jihozlarini 
sotib olishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, 2010 yilda qurilish - mantaj ishlarining salmog‘i 
56,5 % ga qadar oshib, uskuna va jihozlarni sotib olishga yo‘naltirilgan 
mablag‘larning salmog‘i 38,4 % ga qadar pasaydi. Bu esa, jalb etilayotgan 
investitsiyalardan foydalanish samaradorligini o‘sishiga ahamiyatli darajada ta‘sir 
ko‘rsatadi. 
2.1-jadval 
Iqtisodiyotga kiritilgan investitsiyalarning texnologik jihatdan 
tarkibi tuzilishi, % da 
Tarkibiy qismlar
2007 
2008 
2009 
2010 
2011 
2012 
Qurilish mantaj ishlari 
46.4 
45.3 
53.7 
50.4 
62.0 
56.5 
Asbob- uskunalar 
46.4 
49.0 
38.8 
44.0 
33.1 
38.4 
Boshqa xarajatlar 
7.3 
5.7 
7.5 
5.6 
4.9 
5.1 
Jami
100 
100 
100 
100 
100 
100 
Manba: Muallif izlanishlari asosida tuzilgan. 
9
X
.
Shodiev

Moliya
statistikasi
. – 
T
., 2010, 162-
b

10
Karimov
I
.
A

Jahon
moliyaviy
-
iqtisodiy
inqirozi

O’zbekiston
sharoitida
uni
bartaraf
etishning
yo’llari
va
choralari
. – 
T
., 2010, 18-
b



24 
Umuman olganda, o‘zlashtirilgan barcha investitsiyalarning 50% ga yaqini 
ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlashga yo‘naltirildi.
O‘zbekiston Respublikasining ―Turizm to‘g‘risida‖gi konuniga muvofik, ushbu 
soxadagi iktisodiy faoliyat turizmning mavjud moddiy-texnika bazasidan samarali 
foydalanish va yangisini yaratish, davlat byudjetiga valyuta tushumlarini oshirish, 
axolining bandligini taminlashga va uning turli extiyojlarini kondirishdan iborat. 
Shundan kelib chikkan xolda tadbirkorlik faoliyatining xar bir subkti takdim 
etayotgan loyixalarni mablag‘ bilan tamilashning potentsial manbalari va konkret 
extiyojlarini anik belgilab olishi zarur. Bunda ular konkret shart-sharoitlar bilan 
asoslanib berilashi kerak. 
Turizmni rivojlantirish yoki yangi turistik mahsulotlar ishlab chiqishni 
moliyaviy taminlashni rejalashtirayotganda birinchi navbatda quyidagilarga 
ketadigan xarajatlar hisobga olinadi: 
- turistik xizmatlarni rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha konkret firma 
loyihalari va rejalarini texnik - iqtisodiy asoslab berish. TIAni batafsil rejalar va 
loyihalarni tayyorlash bo‘yicha xarajatlarni quyidagilar o‘z zimmasiga olishlari 
mumkin hukumat, viloyat, shaxar va tuman mamuriyati, bevosita firma va turistik 
yo‘nalishdagi muassasa; 
- umummilliy va mintaqaviy miqyoslarda, shuningdek, konkret zonalar va 
rayonlarda turizmni rivojlantish rejalarni amalga oshirish. 
Moliyaviy rejalashtirish tegishli tadbirkorlik loyihasida nazarda tutilayotgan 
xizmatlar va ehtiyojlarning xar xil turlariga xarajatlar amaldan davlat, mintaqaviy va 
mahalliy meyorlari asosida amalga oshiriladi. Shuning uchun loyihada oxir-oqibatda 
foydalilik rejalashtirilayotgan tadbirlarning hajmi, sifati, tuzilishi va grafikasiga 
bog‘liq ekanligini hisobga olgan holda ishlab chiqarish chiqimlarini aniq va 
asoslangan holda hisoblab chiqish kerak. 
Investitsiyalar va ishlab chiqarish chiqimlarning asosiy elementlari moliyaviy 
rejaga kiritiladi. Bu investitsiyalar va xarajatlarning umumiy summasini hisoblab 
chiqish, rejalashtirilgan tadbirlarning moliyaviy va iqtisodiy rentabelligini aniqlashga 
imkon beradi. 


25 
Ehtimol tutilgan investitsiyalar (o‘z investitsiyalari va tashqi investitsiyalar) va 
o‘ylab qo‘yilgan rejalarni amalga oshirishga ketadigan ishlab chiqarish chiqimlarning 
summasini chiqarishda ularni o‘zlashtirish jadvali va muddatlariga alohida etibor 
qaratish lozim, chunki rejani amalga oshirish davrida naqd pullar harakati va 
foydalarning rejalashtirilgan meyoriga katta tasir ko‘rsatadi. Investitsiyalar ishlab 
chiqarish xarajatlarining hajmlarini, qoida tariqasida, naqd pullar harakatini tahlil 
qilish natijalarini hisobga olgan holda yillik asosda rejalashtirish zarur. 
Turizmni rivojlantirish dasturlari va rejalarida tegishli investitsiyalar 
strategiyalari har tomonlama asoslab beriladi. Ular real, niyat qilingan choralari 
amalga oshirishga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak. Turistik faoliyatini investitsiyalash 
jarayonida quydagilarni amalga oshirish zarur: 
- milliy, mintaqaviy, mahalliy va firma dasturlari va rejalarida nazarda tutilgan 
tadbirlarni amalga oshirishga investitsiyalarni yo‘naltirish; 
- xorijiy valyutadagi rejalarni amalga oshirishga ketadigan xarajatlarni iloji 
boricha kamaytirishni nazarda tutish; 
- ichki, hamkorlikdagi va xorijiy investitsiyalarning manbalarini topish; 
- ichki va tashqi turizmni rivojlantirsh dasturlari va rejalarini bajarishda 
huquqiy, soliq va mamuriy tuzilmalar tomonidan ko‘rsatiladigan qo‘llab-
quvvatlashlardan maksimal foydalanish; 
- eng qisqa muddatlarda eng katta daromad olishga imkon beradigan istiqbolli 
loyihalarga investitsiyalar qo‘yish; 
- tadbirkorlik loyihalarning dasturlari, rejalari va tadbirlari bajarilishning 
muddatlari va sifatini nazorat qilish va boshqalar. 
Biror tadbirkorlik loyihasini amalga oshirishga xarajatlarning umumiy 
summasi quyidagi xarajatlarni o‘z ichiga oladi: asosiy va aylanma kapital 
(investitsiyalar) ni shakllantirishga ketadigan sarflar, ishlab chiqarish sarflari va 
mahsulot o‘tkazish sarflari. 
Asosiy kapital – turistik korxona qurish, qayta ta‘mirlash va kengaytirishga, 
shuninigdek unga zarur jihozlar va infrastuktura bilan jihozlashga ketadigan 
mablag‘lardir. 


26 
Asosiy kapital shuningdek ishlab chiqarish, yangi mahsulotlarni tayyorlashga 
ketadigan dastlabki va kapital xarajatlarni xam o‘z ichiga oladi. 
Dastlabki xarajat quyidagilarga ketadigan mablag‘lardir: 
- er uchastkasini va turizm ob‘ektlarini rejalashtirish uchun rejada nazarda 
tutilgan maydonchalarini tayyorlash; 
- zarur binolar va inshoatlarni qurish ( sotib olish ) ga, jumladan ijaraga olingan 
binolar va xonalarni ta‘mirlash yoki qayta qurishga; 
- materiallar va asbob – uskunalarga; 
- asosiy kapitalning ba‘zi sotib olingan qismi ( er uchastkasi, sanoat mulki va 
boshq.). 
Kapital xarajatlar asosiy faoliyatdan oldingi bosqichda shakllanadigan 
xarajatlar bo‘lib, quyidagilarga ketgan sarflarni o‘z ichiga oladi: 
- turistik firma yoki turistik ob‘ektni qayddan o‘tkazish va tuzish, qimmatli 
qog‘ozlar emissiyasi (prospektorlar, reklamalar, ommaviy axborot vositalari orqali 
elonlar, kamission va brokerlik operatsiyalari, aktsiyalar chiqarish va joylashtirish va 
b.q) ga: 
- dastlabki tadqiqotlarga (investitsyadan oldingi, konyukturaviy, muhandislik 
va boshqa tadqiqotlar, loyiha konstruktorlik hujjatlari), maslahatchilariga mukofotlar, 
qurilish - mantaj ishlarini loyihalashtirish va unga rahbarlik qilishga, boshqa dastlabki 
xarajatlar; 
- firmaning faoliyatiga tayorgarlik ko‘rish, oylik va ijtimoiy sug‘urtaga pul 
o‘tkazishlar, borib kelish xarijatlari, vaqtinchalik xonalar ijarisiga va boshqa 
vositalarga, bo‘lajak faoliyatini reklama qilish va mahsulot o‘tkazish tarmog‘ini 
yaratishga, kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash, zayomlari bo‘yicha foizlar 
to‘lashga ketgan sarflar; 
- ob‘ektlarni eksplutatsiyaga topshirishga (ob‘ektni faoliyatga dastlabki 
tayyorgarlaganligi uchun xodimlarga ish haqi, ishlab chiqarish va yordamchi 
materiallarining qiymati, yordamchi va boshqa vositalarga ketgan sarflar). 
Aylanma kapital - turistik soha ob‘ektining o‘z dasturiga muvofiq ravishda 
xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishi uchun zarur bo‘lgan moliyaviy vositalardir. 
Kapitalning ushbu turiga ehtiyojni belgilashda birinchi navbatda, firmaning joriy 


27 
aktivlari va passivlari bilan taminlangan kunlarining minimal miqdori aniqlanadi. 
Keyin quyidagilar hisoblab chiqiladi: turistik mahsulotining yillik tannarxi, 
o‘zgaruvchan ishlab chiqarish sarflari va qaytish koeffitsenti ( bir yildagi kunlar 
sonini minimal taminlash kunlari soniga bo‘lish orqali aniqlanadi). So‘ngra joriy 
aktivlar va passivlarning har bir moddasi bo‘yicha chiqimlar tegishli qaytish 
koeffitsentiga taqsimlanadi. Joriy aktivlar summasidan joriy passivlar summasini 
chiqarib tashlash yo‘li bilan sof aylanma kapital summasi olinadi. U o‘z ichiga 
quyidagilarni oladi: 

begona 
tashkilotlarning 
turistik 
mahsulotini 
ishlab 
chiqarishda 
foydalanilayotgan xizmatlariga (joylashtirish, yashash, oziq-ovqat, transport, tibbiy 
sug‘urta va sh.k.larga) bo‘lgan huquqni sotib olishga ketadigan sarflar; 
- ishlab chiqarish xodimlarining faoliyati bilan bog‘liq sarflar (ish haqi. 
ijtimoiy ehtiyojlarga chekinmalar va boshqa).; 
- ustama xarajatlar. 
TIA bosqichida aylanma mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash juda muhim, 
chunki bu tadbirkorni o‘z faoliyatini mablag‘ bilan ta‘minlashning qo‘shimcha 
vositalari xaqida o‘ylashga majbur qiladi. 
2.2-jadvalda moliyaviy resurslarga bo‘lgan umumiy ehtiyoj jamlangan. 
2.2-jadval 
Investitsiyalarni toifalash bo‘yicha moliyaviy resurslarga bo‘lgan ehtiyoj (2012 
yil) 
Investitsiyalash toifasi 
Jami 
(mln 
so‘m) 
Dastlabki xarajatlar
170 
Firma 
faoliyatiga 
(yangi 
turistik 
mahsulot 
yaratishga) 
tayyorgarlik 
davridagi 
kapital 
xarajatlar. 
59 
Turistik ob‘ektning to‘la faoliyat ko‘rsatishida 
aylanma kapital
200 
Investitsiyalarning umumiy summasi 
429 
Manba: Muallif izlanishlari asosida tuzilgan. 


28 

Download 1,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish